Agrobiznesda innovatsion faoliyat


-rasm. Agrobiznesning asosiy turlari (yo'nalishlari)



Download 34,72 Mb.
bet18/141
Sana21.06.2022
Hajmi34,72 Mb.
#689037
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141
Bog'liq
агробиз иннов фаолият мажмуа-2020

6.1-rasm. Agrobiznesning asosiy turlari (yo'nalishlari)


Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil natijalari mamlakatda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga to‘sqinlik qiluvchi, jumladan, quyidagi qator tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi: 
birinchidan, hududlarning mavjud resurs bazasi va salohiyatini hisobga olgan holda ilg‘or va zamonaviy innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar va innovatsiyalar bozorini tizimli tahlil qilish yo‘lga qo‘yilmagan; 
ikkinchidan, innovatsion loyihalar-startaplarga investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasiga innovatsiyalarni faol joriy qiluvchi iqtidorli tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish va muvofiqlashtirish ishlari lozim darajada amalga oshirilmayapti; 
uchinchidan, innovatsion rivojlanish sohasida, ayniqsa, joylarda ishbilarmonlik muhiti past darajada, shuningdek, innovatsion va muvaffaqiyatli texnologik loyihalar-startaplarni ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega tadbirkorlarning yetishmovchiligi saqlanib qolmoqda; 
to‘rtinchidan, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning ma'lumotlar bazasi mavjud emas, yangi resurslarni yaratish va tajribani biznes-tuzilmalarga o‘tkazish amaliyoti rivojlanmasdan qolmoqda; 
beshinchidan, innovatsion ishlanmalar bozorini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari sust darajada ishlab chiqilgan, innovatsion g‘oyalardan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yilmagan, innovatsion ishlanmalarning sifati esa bozor talablariga javob bermaydi; 
oltinchidan, innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar sohasiga texnika oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari va iqtidorli yoshlarni jalb etishga, shuningdek, biznes-inkubatorlarni yaratishga lozim darajada e'tibor qaratilmayapti; 
yettinchidan, aholi o‘rtasida innovatsion tadbirkorlikni ommalashtirish ishlari samarali olib borilmayapti, innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga va ilgari surishga jalb qilishda texnik va psixologik to‘siqlar saqlanib qolmoqda. 
Mavjud muammolarni bartaraf etish hamda faol tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsiyalar bozorining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, mahalliy va xorijiy innovatsion ishlanmalarni iqtisodiyotning real sektoriga ilgari surish uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining davlat-xususiy sheriklik shartlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlarini(keyingi o‘rinlarda markazlar deb yuritiladi) tashkil etilmoqda. Markazlar o‘z faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va tashkil etilgan paytdan boshlab besh yil muddatga barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib:

  • ishlab chiqarish va xizmatlarning yangi va zamonaviy turlarini yaratish maqsadida hududlarning salohiyati va resurs bazalarini chuqur tadqiq qilish; 

  • innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsion menejmentni rivojlantirish

  • yangi va talab yuqori bo‘lgan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish bo‘yicha innovatsion loyihalar-startaplarni, jumladan, xorijda qo‘llaniladigan ilg‘or uslub va texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish; 

  • innovatsiyalar bozorining marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar bozorlarini shakllantirish, ularning bozor talablariga yo‘naltirilishi va moslashishi uchun tavsiyalar ishlab chiqish; 

  • investorlar va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar iste'molchilarini qidirib topish ishlarini, jumladan, innovatsion infratuzilma sub'ektlari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish orqali tashkil etish; 

  • innovatsion faoliyatni amalga oshirish masalalari bo‘yicha manfaatdor shaxslarning keng doirasiga maslahat berish, aholi va tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ommalashtirishga qaratilgan reklama va ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish; 

  • qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari, startaplar hamda sanoat va qishloq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridagi boshqa sheriklar bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirish; 

  • innovatsion faoliyatning ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan natijalarini ilgari surish va tijoratlashtirish. 

    Markazlarni tashkil etishda quyidagilar davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari: 

  • markazlarni tashkil etish va ularga tegishli infratuzilmani (transport bog‘lamalari, avtostansiyalar, avtobekatlar mavjudligi va h.k.) qurish uchun zarur yer uchastkalari, bo‘sh binolar xususiy sheriklarga haq undirilmasdan, istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida ajratiladi; 

  • markaz binolarini qurish uchun yer uchastkalarini tanlash belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi; 

  • davlat va xususiy sheriklar tenglik asosida markazlarning ta'sischilari sifatida ishtirok etadi; 

  • davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv markazlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab yigirma yil muddatgacha tuziladi; 

  • markazlar faoliyatining yo‘nalishi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv amal qilishining butun muddati davomida saqlanib qoladi; 

  • markazlarning intellektual mulk ob'ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga qilingan xarajatlarini qoplash Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; 

  • davlat sherigi iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish majburiyatini oladi; 

  • davlat va xususiy sheriklarning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning boshqa shartlari davlat va xususiy sheriklar o‘rtasida Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kuzatuv kengashining roziligi bilan tuziladigan kelishuvlarda belgilanadi. 

Hozirgi kunda respublikamizda agrobiznesda innovatsion faoliyatga klasterlarni misol qilsak bo‘ladi.
Klasterlarni shakllantirishdan maqsad — shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo‘lgan ta'lim, ilmiy, injenering, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uyg‘unlashtirish — innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir. Bunda aholini ish bilan ta'minlashdek muhim jihat ham o‘zini namoyon etadi.
«Klaster» atamasi fransuzcha so‘z bo‘lib, o‘zbekcha tarjimasi «bog‘lam», «guruh», «to‘planish» ma'nolarini beradi. «Klaster» naza­riya­sining asosi bo‘lib, Al'fred Marshallning XIX asr oxirida yozilgan «Iqtisodiyot prinsiplari» nomli asarida (1890) ixtisoslashgan tarmoq-sohalarning alohida hududlarda uyg‘unlashishi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari hisoblanadi.
«Klaster» nazariyasini o‘rganish jahon jamiyatida tez sur'atlarda o‘sib bormoqda va uni amaliyotda qo‘llash esa milliy va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishiga aylanmoqda.1980 yillardan keyin «Klaster nazariyasi» ning rivojlanishida 3 ta muhim (Amerika, Britaniya va Skandinaviya va boshqa) ilmiy maktablar yutuqlarini ko‘rishimiz mumkin.
Amerika olimlari — M.Porter ­«Raqobat ustunligi nazariyasi», ­M.Enrayt, S.Rezenfel'd, P.Maskell va M.Lorensenlar «Mintaqaviy klasterlar konsepsiyasi», A.Marshall «Sanoat hududlari nazariyasi», P.Bekatin «Italyan sanoat okruglari nazariyalari», M.Storper «Ideal hududiy klaster» nazariyalarini yaratgan. Qo‘shimcha qiymat va klasterlar zanjiri uyg‘unligi, mintaqalarni o‘qitish konsepsiya­lari ham shu guruhdan o‘rin olgan.
Aynan shu olimlar nazariyalarida klasterlar — ishlab chiqaruvchilar raqobat ustunligini oshirishda yuqori samarali bo‘lib, ularning hududdagi ta'lim, fan, texnalogik, iqtisodiy va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi sub'ektlar faoliyati bilan uyg‘unlashgan tizimi ekanligi ta'kidlanadi.
Britaniya nazariyotchilarining (J.Danning, K.Brimen,Shmit, J.Xamfrilar) fikricha, klaster — o‘zaro hamkorlikdagi institutlar tizimi sifatida iqtisodiyotning asosini belgilovchi institutsional nazariyalardir.
Skandinaviya olimlari (B.O.Lundval', B.Yonson, B.Asxaym, A.Izakson) — klasterning evolyusion rivoji bir qator bosqichlardan o‘tishini aytishadi, ya'ni tug‘ilishidan tugagunicha.
Klasterlar nazariyasi rus olimlari Yu.S.Artamonova, B.B.Xurustaliev va boshqalar tomonidan ham o‘rganilib, amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda. Yuqoridagi nazariyalarni yaratilishi va ularning amaliy ahamiyati mamlakatlar, tarmoqlar va korxonalar iqtisodiyoti raqobatdoshligini oshirish va yuqori samaradorlikka erishishni nazarda tutadi.
Biologiya fanida «genlar klasteri», «bakteriyalar klasteri», «viruslar klasteri» kabi tushunchalar ham mavjud.«Ta'lim tizimi klasteri» kabi tushunchalar ham mavjud. Ta'lim tizimidagi klaster esa, bog‘cha, maktab, litsey, kollej, oliy o‘quv yurti, aspirantura, doktorantura, malaka oshirish kabi jarayonlarni qamrab oluvchi butun umr davomidagi ta'lim zanjirini bir-biriga uzviy bog‘lashdir...
Iqtisodiyotni innovatsion taraqqiy ettirishda, ayniqsa, iqtisodiy rivojlanishning an'anaviy usullari yetarli darajada foyda bera olmayotgan hozirgi davrda, Klaster nazariyasini amaliyotga tatbiq etish eng maqbul yo‘l hisoblanadi. Klasterlashtirishni korxonalar innovatsion faoliyatini tezlashtirish asosida raqobatbardoshligini oshirish va ularning global raqobatning kuchli ta'siriga qarshi turishdagi milliy va mintaqaviy rivojlanish talablariga to‘la javob beradigan yangi iqtisodiy tizim deb ham qarash mumkin.
Klasterning shakllanishida davlatning roli muhim o‘rin tutadi. Agar dastlab klasterlar faqat bozorning ko‘rinmas qo‘li (raqobat) tufayli, avvalo, transmilliy kompaniyalarni zamonaviylashtirishda tashkil etilgan bo‘lsa, keyingi vaqtda ko‘pgina mamlakatlarning hukumatlari bu jarayonga sezilarli darajada ta'sir etgani holda ularga yordam bermoqdalar. Klas­ter strategiyasi jozibadorligi, yo‘nalishlarning turli-tumanligi bois ham, innavatsion klasterlarni davlatning o‘zi shakllatirishini taqozo etmoqda.
Klaster ishtirokchilari deganda — klasterda faoliyat yurutuvchi bozor sub'ektlari tushiniladi.
Rivojlangan davlatlarning tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bar­qaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda, investitsion faollikni oshirishda, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishda klas­terlarning, xalqaro logistik markazlarining, erkin iqtisodiy zonalarining o‘rni va axmiyati juda yuqori.
Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion iqtisodiyotni shakllantish va boshqarishda klasterlardan foydalanish bo‘yicha ma'lum tajriba to‘plangan.
yevropa mamlakatlari va AQShda bu strategiya keng qo‘llanilmoqda. Klaster Buyuk Britaniya, Gollandiya, Germaniya, AQSh, Daniya, Fransiya, Italiya, Finlyandiya, Hindistonda yaxshi rivojlangan. Daniya, Finlyandiya, Shvetsiya sanoatini klasterlar to‘la egallagan.
Klaster tuzilmalari Shveytsariya, Avstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy va Turkiya davlatlari yengil sanoatida, Germaniyada kimyo va mashinasozlik, Fransiyada oziq-ovqatlar va kosmetika sanoatlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda.
Klasterlarni shakllantirish jarayoni Janubiy — sharqiy Osiyo, Xitoy, Singapur, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda.
Masalan, Germaniyada yaqin vaqtgacha mintaqaviy klasterlar rivojlanishi davlat aralashuvisiz kechar edi. Biroq 2003 yilda hukumat klaster tashabbuslariga jiddiy e'tibor qaratdi. Bu, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali sohalarni lo­yihalashda amalga oshirildi. Davlat nafaqat mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoat va ilmiy markazlar kuch-g‘ayratini birlashtirishni ko‘zda tutmoqda.
Klaster «Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar» shaklida tashkil etilmoqda. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat bo‘lib, u yerda ilmiy-ishlab chiqarish va o‘quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot o‘rnatiladi. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari — texnopolislar shaklida tashkil etiladi.
Texnoparklar ikkita asosiy komponentlar: ishlab chiqarish sanoatning ilg‘or sohasidagi korxonalar va mutaxassislar (universitet, ins­titut, ilmiy-tadqiqot instituti, laboratoriyalarning kuchli guruhlari) dan tarkib topadi va ularning faoliyati raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
Xalqaro amaliyotda sinalgan Klas­ter nazariyasiga asoslangan tajribadan foydalanish, jumladan, iqtisodiyotimizning to‘qimachilik va yengil sanoat istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday mamlakat, hudud yoki viloyat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi, eng avvalo, ishlab chiqarayotgan tovarlarni mahalliy va jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, ya'ni xaridorgirligi orqali aniqlanadi. Mamlakatning ta'lim tizimidagi islohotlar va barcha ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlanishlarning yakuniy ko‘rsatkichi ham tovarlar va xizmatlarimizning zamonaviy bozorlarda raqobatbardoshligining ta'minlanishi bilan baholanadi.
Shunday qilib, xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tahlillarida «klaster» tushunchasiga quyidagi ta'riflar berilgan:
— klaster — bitta sohaga birlashgan va bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan korxonalar guruxi.
— klaster — bitta geografik hududda joylashgan va bitta tarmoqni tashkil qiladigan korxonalar guruhi.
— klaster — maxsus sohalar bo‘yicha bitta geografik hududda faoliyat yuritayotgan, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan va bir-birini to‘ldiruvchi kompaniyalar, institutlar guruhi.
— klaster — gorizontal va vertikal ravishda funksional bog‘liq bo‘lgan korxonalar guruhi.
— klaster — jamoaviy, xususiy va yarim jamoaviy ko‘rinishda bir-biri bilan bog‘liq va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi korxonalar, tadqiqot va rivojlanish institutlari guruhi.
— klaster — tijorat va notijorat tashkilotlari guruhi bo‘lib, u guruhda faoliyat yuritayotgan har bir korxonaning raqobatbardoshligini ta'minlashga xizmat qiladi.
— klaster — xududiy konsentratsiyalashuviga asoslangan va texnologik zanjirga bog‘langan tovar va xom ashyo yetkazib beruvchilar, asosiy ishlab chiqaruvchilarni birlashtirgan industirlashgan majmua.
Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunda dunyodagi ilg‘or davlatlar iqtisodiyotining qariyb 50 foizi klaster usuliga o‘tgan. Masalan, yevropa Ittifoqida 2 mingdan ziyod klasterlar mavjud bo‘lib, ularda ishchi kuchining 38 foizi qamrab olingan.
Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya sanoatida to‘liq klaster usuli tatbiq qilingan. AQShda esa mamlakatdagi mavjud korxonalarning yarmidan ziyodi shu tizimda ishlab, ular tomonidan tayyorlanayotgan tovarlar yalpi ichki mahsulotning 60 foizini tashkil qiladi.
Ularning eng mashhuri sizu bizga tanish bo‘lgan “Silikon vodiysi”dir. 87 mingta kompaniya, 40 ta tadqiqot markazi va o‘nlab universitetlar faoliyat yuritadigan mazkur innovatsion klaster infratuzilmasiga 180 ta venchur firmasi, 47 ta investitsiya va 700 ta tijorat banki xizmat ko‘rsatib keladi. Xo‘sh, nima uchun jahonning eng ilg‘or iqtisodiyotlari aynan klasterlashtirish yo‘lidan bormoqda?
Germaniyalik mutaxassislar fikricha, aynan klaster kelajakdagi kuchli, murosasiz raqobat muhitida yutib chiqishning eng oqilona yo‘lidir. Zero, bunday mexanizm har qanday sharoitga moslasha oladi, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy muammolarni izchillik bilan samarali yechib beradi, nafaqat muayyan hudud, balki davlatning xalqaro maydondagi raqobatdoshligini mustahkamlaydi, nufuzini oshiradi. Qolaversa, innovatsion iqtisodiyotga o‘tishning muhim bosqichi hisoblangan ushbu tizim ilm-fan, ta'lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda ham mamlakat va jamiyatning mukammal innovatsion qiyofasini yaratishda klaster usulidan foydalanishga katta e'tibor qaratilyapti. Bunga agrar sohadagi sa'y-harakatlar yaqqol misol bo‘la oladi. Ayni paytda paxta-to‘qimachilik klasterlari soni ko‘payib borayotgani, kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 tumandan 70 tasi to‘liq klaster tizimiga o‘tishi, yangi tuzilayotgan klasterlar tomonidan 41 korxona tashkil etilib, 25 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilayotgani diqqatga sazovor.

Download 34,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish