Nazorat uchun savollar
1.Fermer xo‘jaligi faoliyatini diversifikatsiyalashda innovatsiyalarning o‘rni?
2.Innovavatsion faoliyat turlari?
3.Innovavatsion faoliyat turlarini rivojlantirish yo‘llari?
4.Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoqlarni shakllantirish imkoniyatlari?
5.Innovatsion texnologiyalar asosida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish yo‘llari?
6.Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari?
7-MAVZU. QISHLOQ XO‘JLIK KORXONALARI FAOLIYATINI DIVERSIFIKATSIYALASH VA TEXNOPARKLAR
1.Qishloq xo‘jlik korxonalari faoliyatini diversifikatsiyalash va uni texnoparklarning o‘rni.
2.Texnoparklar va ularning vazifalari.
3.Texnoparklar tuzilmasi.
4.Agrosanoat majmiuida agrotexnoparklarni rivojlantirish zaruriyati.
Kalitli so‘zlar: venchurli sarmoyadorlar, xatarli sarmoyalar, har tomonlama rivojlanish strategiyasi, innovatsion firmalar, sanoat kompaniyalari assotsiatsiyasi, sanoat kompaniyalari, metatuzilma, konglomerat turidagi makrotuzilma, texnoparkning tuzilishi.
Diversifikatsiya - lotincha Diversification – o‘zgarish, xilma-xil taraqqiyot ma'nosini bildirib, u korxonalarning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishini anglatadi.
Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohaga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarning (sanoat, qishloq xo‘jaligi, taransport, moliya va hokazo) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xo‘jalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi.
Diversifikatsiya - lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zgarish va turli tumanlik ma'nosini ifodalaydi. Bu xo‘jalik faoliyatining (ishlab chiqariluvchi mahsulot va xizmat turlarini shuningdek, faoliyatning jo‘g‘rofiy maydonini kengaytirish) yangi soxalarini o‘zlashtirishdir. Tor ma'noda diversifikatsiya atamasi yordamida korxonani to‘g‘ridan to‘g‘ri xech qanday ishlab chiqarishga va asosiy faoliyatiga xos funksional boqliqlikka ega bo‘lmagan soxalarga kirishi tushuniladi. Diversifikatsiya natijasida korxona murakkab ko‘p tarmoqli kompleks yoki konglomerat xoliga aylanadi.
B. Karlofning ta'rificha, diversifikatsiya g‘oyasi ko‘p yillik tarixga ega. 1960 – va 1970 – yillar orasida ushbu atama mashxurlik darajasigacha ko‘tarildi, so‘ngra uning o‘rniga biznesning asosiy soxalarida o‘ta konsentratsiyalanish zaruriyati kabi qarashlar yuzaga keldi. Bunga ishlab chiqarish ko‘lamida iqtisodning samarasi bilan bog‘liq ishlab chiqarish va boshqa soxalardagi globallashuv jarayonlari sabab bo‘ldi.
Mavjud adabiyotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ko‘pchilik mualliflar diversifikatsiya so‘zini o‘zlariga xos, turlicha talqin qilishgan. Masalan, V.Konoplitskiy va A.Filinalar "Diversifikatsiya - bu firmaning asosiy faoliyatidan tashqari yangi faoliyat turini o‘zlashtirish borasida olib boradigan yangi marketing strategiyasidir", deb ta'rif berishgan. Ularning bergan ta'rifi firmalar faoliyatini boshqarishda ularning bozordagi o‘zgarishlarga: kon'yunktura o‘zgarishi, yangi texnika va texnologiya, fan yutuqlarini joriy qilish jarayonlarini inobatga olgan holda, faoliyat yuritishi lozimligi ta'kidlanadi.
Amerikalik iqtisodchi F.S.Mishkin esa, "Diversifikatsiya - bu birdan ortiq aktivga ega bo‘lishdir" deb, qisqacha ta'rif bergan. Bu ta'rif, asl mohiyati jihatidan boshqa mualliflarning fikrlariga nisbatan ortiqroq bo‘lsada, uning mazmunmohiyatini cheklagan holda, bir tomonlama ifodalaydi. Maxsus adabiyotlarda diversifikatsiya so‘zi xatarni kamaytirish maqsadida olib borilayotgan faoliyatni bosqichmabosqich, mayda bo‘laklarga bo‘lib olib borish, tahlil qilish degan ma'noni bildiradi, kabi xulosalarni uchratish mumkin. Shu jihatdan professor L.Lopatnikov tomonidan berilgan ta'rif diversifikatsiya tushunchasini kengroq ochib berishga qaratilgan deyish mumkin. Uning fikricha, diversifikatsiya - bu investitsiya va boshqa resurslarni turli xil tovarlar ishlab chiqarish va har xil xizmatlar ko‘rsatuvchi yo‘nalishlarga taqsimlash orqali korxonaning xatarini kamaytirish strategiyasidir.
Diversifikatsiya – (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq, bajarmoq) – ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish.
Diversifikatsiyaning mohiyatini ochib berishda iqtisodchi M.V.Mishkevich tomonidan keltirilgan ta'rif L.Lopatnikovning fikriga moe kelmasligi bilan ajralib turadi. Uning fikricha, diversifikatsiya - bu korxonani qayta ixtisoslashtirish, ishlab chiqarishga moslashtirishdan iborat, deb ta'riflanadi.
Diversifikatsiya so‘zini faqat korxona, firmalar faoliyati bilan bog‘liq deb tasavvur qilish va ifodalash bu so‘zning mohiyatini ochishda ma'lum bir chegaralanishlar mavjudligini ko‘rsatmokda, -deb ta'kidlaydi iqtisodchi olimlarimiz. Respublikamiz iqtisodchi olimlarining fikricha, diversifikatsiya usuli nafaqat firmalar faoliyatida, balki iqtisodietning barcha sohalarida, barcha huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati davomida, ular faoliyatida mavjud xatarlarni kamaytirib, ma'lum samaradorlik va yuqori daromad olishni ta'minlash usuli sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Diversifikatsiyaga so‘nggi paytlarda yana katta axamiyat berila boshlandi. Biznesning asosiy soxalarida to‘plangan katta miqdordagi kapitalga ega, kelgusidagi ekspansiya imkoniyatlari juda chegaralangan firmaning faoliyatida, diversifikatsiya kapitallar investitsiyasi va xavf darajasining pasayishi uchun zarur sharoit yaratadi. Korxona uchun avvalo aniq yo‘nalishni tanlab olishi va o‘z kamchiliklarini asta sekin bartaraf etish sharoitida diversifikatsiyaning ratsional xarakterdagi zaruriyati yaqqol seziladi. To‘liq mahsulotlar majmuasi va xizmatlarni taklif etuvchi korxona diversifikatsiya xisobiga extimoldan yiroq bo‘lmagan xavfni kamaytirishi va raqobatbardoshliligini oshirishi mumkin. Bunday holatlar korxona tarafidan boshqa firmalarni o‘zlashtirish va biznesning yangi turlarini yo‘lga qo‘yishi natijasida faoliyat ko‘lamini kengaytirishiga turtki bo‘ladi. Bank, birja va dallolik xizmatlari yagona moliyaviy xizmatlar majmuasida mujassamlashadi. Turli xil xizmatlarni sayyoxlik biznesi doirasida birlashtirish amalga oshiriladi. Yuk tashish bilan shuqullanuvchi firmalar hayot va mulkni sug‘urtalash, korrespondensiyani manzilga eltib berish, sayyoxlik kabi xizmat turlarini tavsiya etishni boshlaydilar. Ishlab chiqarish soxasidagi korxonalar mahsulotning iste'mol kanallarini, xom ashyo manbalarini nazorat qilishga va reklama biznesiga vositalarni jalb etish xamda moliyaviy bozorda faoliyat olib borishga xarakat qiladilar.
Korporativ sharoitda o‘sishning ikkita asosiy strategiyasi mavjud: bitta soxada konsentratsiyalanish, boshqa soxalarga diversifikatsiya qilish. Diversifikatsiya yirik korxonalarning “turli xillik samarasi” kabi afzalligi bilan bog‘liq va xozirgi zamonaviy sharoitlarda bir turdagi mahsulotni ko‘plab miqdorda ishlab chiqarishni ikkinchi o‘ringa qo‘yadi. Katta bo‘lmagan, maxsuslashtirilgan korxonalarda ayni turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ko‘ra bitta yirik korxona qoshida ko‘plab turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish birmuncha samaraliroqdir. Ammo ushbu qonuniyat universal xarakterga ega emasdir. Shuni aytish kerakki, korxonaning diversifikatsiyalashgan faoliyati korporativ strategiyani amaliyotga tadbiq etish shakli xisoblanadi. Diversifikatsiyaning asosiy tijorat maqsadi bozor imkoniyatlaridan foydalanish xisobiga daromadlarni orttirish xamda raqobat afzalliklarini shakllantirishdir.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini ko‘p maqsadli xamkorlikda ishlatish katta miqdordagi tejamkorlikka sabab bo‘lishi mumkin. Mahsulot iste'mol tizimining faollashuvi, xarajat miqdorini pasaytiradi (Mahsulot va xizmatlar yagona tizim orqali sotiladi). Iqtisodning mavjud bo‘lgan boshqa rezervi, firma ichidagi axborotlar, bilimlar transferti, ishlab chiqarishdagi texnik va boshqaruv malakasini o‘z ichiga oladi. Ishchilarni xar taraflama tayyorlash va ular tomonidan qo‘lga kiritilgan ma'lumotlarning turli xilligi asosida erishilgan samara xam bunga qo‘shiladi. Diversifikatsiya, shu jumladan sinergizm xisobiga korxonaning moddiy va nomoddiy resurslarini to‘liq ishlatilish xoliga olib kelishi shart deb xisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida bir tarafdan korxonaning ma'lum turdagi mahsulot yoki bozorga bog‘liqligini bartaraf etishi xisobiga xavfni kamaytiradi va boshqa tarafdan aynan diversifikatsiyaga bog‘liq xavfning ortishi kuzatiladi.
O‘z turkumlanishi bo‘yicha diversifikatsiyaning bog‘langan (vertikal) va bog‘lanmagan (gorizontal, konglomeratli) turlari farqlanadi. Ba'zida uni lateral (lot. lateralis - yonlama) diversifikatsiya deb atashadi. O‘z navbatida, bog‘langan diversifikatsiya vertikal yoki gorizontal bo‘lishi mumkin.
Bozor
Mahsulot
|
Mavjud bozor
|
O‘xshash bozor
|
Yangi bozor
|
Mavjud mahsulot
|
|
|
Gorizontal diversifikatsiya
|
O‘xshash mahsulot
|
|
|
|
Yangi mahsulot
|
Vetikal diversifikatsiya
|
|
Lateral
diversifikatsiya
|
Do'stlaringiz bilan baham: |