Nazorat uchun savollar
1. Qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning xorij tajribalari?
2.Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyat va ularning samaradorligi?
3.Yetakchi mamlakatlarda agrobiznesda innovatsion faoliyat?
4.Innovatsion boshqaruvning xorijiy tajribalari?
5. Qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning xorij tajribalari respublikmizda joriy etish yo‘llari?
6. Yetakchi mamlakatlarda qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar?
6-MAVZU. AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYATNING XUSUSIYATLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI
1.Agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish.
2.Agrobiznesda innovatsion faoliyat turlari.
3.Agrobiznesda innovatsion faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari.
4.Agrobiznesda innovatsion faoliyat rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar.
5.Innovatsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari.
Tayanch so‘zlar: taraqqiyot, ko‘p tarmoq, qo‘shimcha tarmoq, diversifikatsiya, imkoniyat, tranzit, serviz, investitsiya, ishchi faraz.
Agrobiznes agrosanoat majmuasining tarkibida bo'lib, u nafaqat qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonini, balki uni qayta ishlash, saqlash va tashish, qishloq xo'jaligiga texnika va o'g'itlar ishlab chiqarishni ham o'z ichiga oladi.
Agrobiznes har qanday mamlakat iqtisodiy tizimining muhim elementidir. Ma'lumki, aholining turmush darajasi bevosita qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning samaradorligiga bog'liq. Shu sababli qishloq xo'jaligi komplekslarining maksimal mahsuldorligiga erishish uchun innovatsion faoliyatni tashkil etish juda muhimdir19.
Agrar siyosat - bu nafaqat qishloq xo'jaligini, balki agrobiznes sohasidagi barcha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Katta qishloq xo'jaligi komplekslari va qishloq xo'jaligi korxonalarini moddiy-texnik ta'minotini yaxshilash, qishloqni ijtimoiy rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni joriy etish, qishloq aholisi faoliyatini rivojlantirish agrar siyosatning ustuvor yo'nalishlari bo'lishi kerak.
Agrobiznes agrosanoat majmualari tizimidagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishga yo'naltirilgan iqtisodiy tadbirkorlik faoliyati sifatida ta'riflanishi mumkin. Bunday biznesning asosini yagona bozor tashkil etadi. Agrobiznesning maqsadi qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabni to'liq qondirish orqali daromadlarni ko'paytirishdir.
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda mahalliy agrobiznes ichki va tashqi bozorda yaxshi raqobatlasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur.
Agrobiznes – bu qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi tadbirkorlik faoliyat sohasi bo'lib, unda boshqa tarmoqdagi kabi innovatsiyalarni qo'llash jadal sur'atlar bilan amalga oshirish onson emas. Chunki agrar tarmoqni rivojlantirish bir qator omillar ta'sir etadi. Xususan, ko'plab innovatsion loyihalarning yuqori darajadagi talabga javobliligi, shuningdek moliyalashtirishning etarli emasligi bilan ham bog'liq.
Agrobiznesni tashkil etishning o'ziga xos xususiyati ishlab chiqarish va qayta ishlash sanoatining sub'ektlari o'rtasidagi yaqin hamkorlik va o'zaro munosabatdir20.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotishdan foyda ko'radigan xususiy tadbirkorlar va firmalarham agrobiznesning bir shakllaridan biridir. Agrobiznesni rivojlantirishda qishloq xo'jaligini samarali rivojlantirish uchun zarur bo'lgan zamonaviy texnika va uskunalar ishlab chiqaruvchilar bilan yaqin hamkorlik ham katta ahamiyatga ega.
Rasmda agrobiznesning asosiy turlari (yo'nalishlari) ko'rsatilgan. Ko'rinib turibdiki, agrobiznesning shakllari va turlari juda xilma-xil bo'lib, professionallik, bilim va ko'nikmalarni talab qiladi:
1.Ishlab chiqarish bo‘yicha:
-mahsulot, tova ishlab chiqaruvchi;
-xizmat ko‘rsatuvchi;
-innovatsion;
-ilmiy texnik;
-axbarot.
2.Tijorat bo‘yicha:
-savdo-sotiq;
-oldi-sotdi (barter);
-birja.
3.Moliya bo‘yicha:
-bank;
-sug‘urta;
-auditor;
-lizing;
-fond birjalar.
4. Konsalting bo‘yicha:
-iqtsodiy;
-texnologik;
-texnik;
-yuridik;
-ixtisoslik.
Mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o‘sishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ishlab chiqarish bo‘yicha:
-mahsulot, tova ishlab chiqaruvchi;
-xizmat ko‘rsatuvchi;
-innovatsion;
-ilmiy texnik;
-axbarot.
-savdo-sotiq;
-oldi-sotdi (barter);
-birja.
Tijorat bo‘yicha:
-bank;
-sug‘urta;
-auditor;
-lizing;
-fond birjalar.
Moliya bo‘yicha:
-iqtsodiy;
-texnologik;
-texnik;
-yuridik;
-ixtisoslik.
Konsalting bo‘yicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |