3.3-rasm. Innovatsion jarayonlarning umumlashgan modeli.
Innovatsion jarayonni alohida bosqichini takomillashtirish umumiy jarayon natijasini oshishini ta'minlashi majburiy emas. Agar qimmatli fundamental g‘oyalar yangi texnologik jarayonlar uchun ishlatilmas ekan, yangi texnologiyalar esa jamiyat talabini qondiruvchi tovarga aylanmas ekan yoki mahalliy sohalarda o‘zining tor doirasida tadbiq etilsa, bu ilmiy-texnika taraqqiyot salohiyati iste'molchi talabi uchun amalda tadbiqi bo‘lmaydi. Alohida bosqichda olingan natijalar o‘zining qimmatini boshqa bosqichlarda yo‘qotadi va umumiy jamiyat ishlab chiqarish rivojiga kam ta'sir ko‘rsatadi12.
Keyingi ikkinchi bosqichni-o‘zlashtirish bosqichi deb atash mumkin. Unda yangi mahsulotlar tanlanadi, sinaladi va tajriba tarzida o‘zlashtiriladi. Korporatsiyalarning tasdiqlashicha bu ishlarning tijorat qiymati juda noaniq, shuning uchun vaqt va mablag‘lar sarfi o‘ta tavakkallidir. Yirik korporatsiyaning bu davrida innovatsiyani qabul qilishi juda noaniq va past. AQSh firmalarining kuzatishlariga asoslanib, bu g‘oyalar bo‘yicha tuzilgan loyihalarning taxminan 80% bekor qilinadi. Qolgan 20% yangiliklarning tijorat qimmati va amalga oshish ehtimoli ortadi. Tajribaviy o‘zlashtirish va tekshirishlar davomida yangilikni amalga oshirishni texnik qiyinchiligi va kerakli moliyaviy mablag‘ etishmasligi sababli ajratib olingan 20% loyihaning har oltinchisini tadqiqoti to‘xtatiladi.
Uchinchi bosqich – yangilikni tarqatish bosqichi – bu xaridorni qidirish va bozordan o‘z o‘rnini topish bosqichi. U innovatsion firmalar sonini tez ortishi bilan xarakterlanadi v axali kengayayotgan hamda to‘yinmagan bozorga liderlik qilishga intiladi. Bu bosqichning muhim xususiyati «bozor – tadqiqot va tadbiq qilish» qayta aloqasini shakllantirish va kuchaytirish bo‘lib, u bozorni innovatsion jarayonlarining kuchli katalizatori rolini ijro etishga majbur qiladi.
ITTKI (Ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari) natijalari iste'molchilar-ga taqdim etish mumkin bo‘lgan yangi mahsulotning modifikatsiyalarini bozorda paydo bo‘lishiga olib keladi.
To‘rtinchi bosqich-yangilik kiritishning etilgan bosqichi-bozor talabi etarlicha aniqlanadi, ishlab chiqarish ommaviy bo‘lib, innovatsion mahsulotning prinsipial modifikatsiyalarining imkoniyatlari keskin cheklanadi. Bu bosqichda mayda firmalar strategiyasi hukmron bo‘lib, innovatsiyani yaxshilaydi. Bu innovatsiya realizatsiyasi natijasida mahsulot prinsipial bo‘lmagan o‘zgarishlarga duchor bo‘lib, asosiy xususiyatlari o‘zgarmaydi. ITTKIning asosiy maqsadi, bu bosqichda olib borgan ishlab chiqarishni ratsionallashtirish va chiqimlarni kamaytirish, hamda mahsulotni individual iste'molchilar talabini qondirish uchun differensiallashdir. Shunday qilib, innovatsion jarayon aniq namoyon bo‘lgan tor doiradagi marketing harakatini o‘zlashtiradi. O‘z navbatida texnoparkni tuzishdan maqsad nafaqat chuqur ilm talab qiladigan yangi kichik korxonalar hosil qilish, balki eng asosiysi, bu korxonalarga shunday sharoit yaratiladiki, ular bu jarayonlar orqali ITTKI o‘tkazishdan tortib to bozorga mahsulotni olib chiqqungacha o‘z faoliyatlarida innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun xamma bosqichlardan oz mablag‘ sarfi va qisqa vaqt ichida bosib o‘tadi (3.4-rasm).
3.4-rasmda butun innovatsion harakat-ilmiy g‘oya bosqichidan bozorgacha bo‘lgan yo‘li ko‘rsatilgan. texnologiyani tijoratlash nafaqat infratuzilmaning har bir qismining mos funksiyalarini maromida bajarish, balki ularning koordinatsiyalari, ya'ni o‘zaro aloqalarini ham yuqori saviyada bajarishi kerak.
Ta'kidlash joizki, innovatsiyalar fan-texnika taraqqiyoti (FTT) va uning natijasi bilan uzviy bog‘langan. FTT – fan tomonidan hodisalarning yangi qonuniyatlari va atrof muhitning yangi xususiyatlari ochilishi asosida ishlab chiqarish vositalari va texnologiyalarni takomillashtirish hisobidan mehnat unumdorligining oshishini ta'minlovchi mahsulot ishlab chiqarishnin gmuhim omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |