3.4-rasm. Innovatsiyaning harakatlanish yo‘li.
O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi 20 yil mobaynida innovatsiya sohasida yangi bilimlarni yaratish, yangi tamoyillarni ishlab chiqish, yirik amaliy izlanishlar olib borishda sanoati rivojlangan mamlakatlar dan bir muncha orqada qolayotganini qayd etish bilan birqatorda, oxirgi vaqtlarda fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirish va uni boshqarish, intellektual salohiyatni yanada ko‘tarish, iqtisodiyot taraqqiyotiga zamin yaratuvchi ilmiy ishlanmalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga katta e'tibor qaratmoqda. Olimlarning fikricha, noyob ixtirolar ilmiy tadqiqot uchun qulay shart-sharoit mavjud joydagina yaratildi. Shu jihatdan respublikamizni ixtirolar o‘lkasi, deb atashga to‘la haqlimiz. Innovatsion texnologiyalar, zamonaviy ishlanmalar va ilg‘or g‘oyalarning har yili taqdim etilayotganligi bunga asos bo‘ladi. Shubhasiz, bu Prezidentimiz rahnamoliklarida mamlakatimizda fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga qaratilayotgan alohida e'tibor, ilm ahlig ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yuksak samarasi, albatta.
Respublikamiz innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan eng muhimi sanaladi. Shu bilan birga bugungi moliyaviy inqiroz sharoitida mamlakatda olib borilayotgan innovatsiya siyosatini amalga oshirish strategiyasini qayta ko‘rib chiqish lozim.
Mamlakatni modernizatsiyaqilish, iqtisodiyotni innovatsiya yo‘nalishiga o‘tishi ishlab chiqarishni texnik va texnologik salohiyatini oshirish, yangi zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, yuqori qo‘shimcha qiymat yaratuvchi ilm talab ishlanmalarni yaratish tizimini shakllantirish bilan bog‘liq. Ushbu jarayonlarni samarali amalga oshirishda davlatning tartibga solish siyosatining axamiyati beqiyos, chunki makro darajada amalga oshirilgan innovatsiya faoliyati ishlab chiqarishning texnologik darajasini ko‘tarishga, mahsulot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, mazkur loyixalar, innovatsion tavsifga ega aniq reja va dasturlar, buyurtma va shartnomalar muvofiq ravishda tartibg asolib boriladi. Turli innovatsiya jarayonlarini tartibga solish negizida ilm-fan va ta'lim tizimi, ilmiy-texnik ishlanmalar, innovatsion faoliyat, ishlab chiqarishning texnologik darajasi, ilm talab tarmoqlar, yangi dastur va loyihalar, yangicha g‘oyalarga asoslang an tadbirlarni rivojlantirish kabi birinchi darajali vazifalardan iborat.
Innovatsion jarayonlarni tartibga solish maqsad va vazifalar iilmiy-texnik siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek ijtimoiy-xo‘jalik muhiti xususiyatlariga aniqlik kiritishga bog‘liq ravishda o‘zgarishi ham mumkin.
Innovatsion siyosat deganda, ayniqsa ilmiy-texnik sohalarda, muvofiq yangiliklarni joriy etish orqali aholining turmush darajasini ko‘tarish va ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan me'yoriy-huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, siyosiyva ekologik tavsifga ega tadbirlar tizimi tushuniladi.
Innovatsion siyosat yangi ilmiy, ishlab chiqarish-xo‘jalik, texnologik tuzilmalarni shakllantirishga oid muammolarni hal etishga, mavjud ilmiy-texnik, xom ashyo va mehnat qudratidan samarali foydalanish, ichki bozor ehtiyojlarini qondirishga qaratiladi. Innovatsion siyosatni amalga oshirish chora-tadbirlari samarali institutsional tuzilmalarni yaratish, innovatsiyalarni amalga oshirishga investitsiya jamg‘armalari, tijorat banklari kabi investorlarni jalb etish orqali mamlakat uchun o‘ta muhim ishlab chiqarish tarmoqlarining raqobatbardoshlik salohiyatini oshirish bo‘yicha loyihalardan; innovatsion faoliyatni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish tartibini shakllantirishdan iborat.
Shuningdek, innovatsion siyosat mamlakat iqtisodiy siyosatining bir qismi hisoblanadi va u xo‘jalik yuritishning barcha institutsional shakllarining ilmiy-ishlab chiqarish integratsiyasi uchun maqbul sharoitlarni yaratishga yordam beradi. U ko‘p tomonlama byudjetning daromad qismini shakllantiruvchi, katta miqdordagi mehnat resurslarini ishlab chiqarishga tortish natijasida ijtimoiy barqarorlikni bevosita ta'minlab beruvchi korxonalar muhim o‘rin egallaydigan ishlab chiqarish-xo‘jalik tuzilmasi bilan belgilanadi. Innovatsion faoliyati inovatsion sohaning barcha elementlari harakatlarining uyg‘unligi va muvofiqligini va innovatsion siyosatning o‘tkazilishini, unin galohida elementlarining mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlari bilan o‘zaro aloqasini ta'minlab beradigan muhim tamoyillari orqali amalga oshiriladi.
Modomiki, davlatning innovatsiyalarni tartibga solish vazifasi umuman jamiyatning davlat tomonidan tartibga solinishining tarkibiy qismi ekan, u ta'sir ko‘rsatishning o‘z ob'ekti va sub'ektlariga egabo‘ladi. Davlat tomonidan innovatsion jarayonlarni tartibga solish ob'ektlari qatoriga fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasiga oid muayyan dasturlarni, ilmiy-texnik loyihalarni, tarmoq va hududiy buyurtmalarni, ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatining alohida turlarini amalga oshirilishini kiritish maqsadga muvofiqdir. Sub'ektlar innovatsion jarayonlarning ishtirokchilari, innovatsion dastur va buyurtmalarni bajaruvchilardan iborat. Umuman olganda, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash sohasida davlatning rolini quyidagi jihatlar orqali ifodalash mumkin:
davlat ilm-fanni, shu jumladan amaliy ilm sohasini rivojlantirish va ilmiy va muhandis kadrlarni (innovatsion g‘oyalarning asosiy manbai) tayyorlashga yordam beradi;
juda ko‘p hukumat idoralari doirasida biznesning innovatsion faolligini oshirishga yo‘naltirilgan turli-tuman dasturlar mavjud;
davlat buyurtmalari, ko‘proq ITTKI o‘tkazishga shartnomalar ko‘rinishidagi buyurtmalar, juda ko‘plab yangiliklar uchun dastlabki talabni ta'minlab beradi, shundan so‘ng u mamlakat iqtisodiyotida keng qo‘llaniladi;
davlat tomonidan tatibga solishning fiskal va boshqa elementlari tashqi muhitning rag‘batlantiruvchi ta'sirini yuzaga keltiradi (ular alohida firmalarning innovatsion echimlarining samaradorligi va zaruriyatini ta'minlaydi);
davlat akademik va amaliy ilm-fan o‘rtasida samarali hamkorlikni tashkil etish ishlarida vositachi vazifasini bajaradi, sanoat kompaniyalari va universitetlarning ITTKI sohasidagi kooperatsiyalashuvini jadallashtiradi.
Innovatsion faoliyatni tartibga solish mazkur sohani rivojlantirish va rag‘batlantirishning asosiy mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. V.A.Kolokolovning fikricha, innovatsion mexanizm – bu innovatsion faoliyatni amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy shakli, innovatsion echimlarni izlash, shuningdek ushbu sohani rag‘batlantirish va tartibga solish mexanizmidir.
Innovatsion mexanizmlar uch asosiy darajada mavjud: makrodaraja (mamlakat, davlat, jamiyat), mezodaraja (mintaqa, hududiy tuzilmalar, tarmoqlar), mikrodaraja (korxona, xo‘jalik tuzilmalari, firmalar). Mamlakat darajasida uchta muhim vazifa hal etiladi: davlat innovatsion strategiyasi shakllantiriladi; umuman iqtisodiyot uchun maqbul innovatsion muhit yaratiladi; davlat innovatsion dasturlari amalga oshiriladi.
Mazkur innovatsion mexanizmlar innovatsion strategiyalarni ta'minlash, innovatsion afzalliklarni belgilab olish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Asosiy innovatsion mexanizmlarni ko‘rib chiqamiz:
tashkillashtirish mexanizmi. Innovatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi tuzilmalarni shakllantirish va qayta tuzish;
innovatsion yechimlarni izlash mexanizmi. Yangi g‘oyalar, texnik echimlar, yangi ishlanmalar yaratish;
ishlab chiqish va joriy etish mexanizmi. G‘oyalarni innovatsiya bo‘lish kuchiga ega tugal texnik echimlargacha yetkazish. Intellektual (aqliy), moddiy va moliyaviy resurslar majmui, ularning samarali uyg‘unlashuvi;
moliyalashtirish va rag‘batlantirish mexanizmi. Kreditlash, xususiy kapitalni shakllantirish, ITTKI uchun xarajatlarni, optimal soliq miqdorlarini shakllantirish;
texnologik transfer mexanizmi;
intellektual mulk mexanizmi.
Innovatsiyalar sohasida davlatning ta'sir ko‘rsatish choralarini bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va bilvositaga ajratish mumkin. Ularning nisbati mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va bu bilan bog‘liq ravishda tanlangan davlatning tartibga solish konsepsiyasi – bozorga e'tibor yoki markazlashgan ta'sir bilan belgilanadi. Odatda, iqtisodiy tanazzul davrida davlat iqtisodiy siyosatiga “keyichilarcha” yondashuv ustuvor bo‘lib, bunda davlatning jamiyat iqtisodiy hayotiga haddan ziyod faolaralashuvi nazarda tutiladi; iqtisodiyotning o‘sish davrida konser va tizm falsafasi, ya'ni bozor munosabatlari mexanizmlarini afzal ko‘ruvchi falsafa ustun bo‘ladi.
Davlat innovatsion siyosatida foydalaniladigan bilvosita metodlar, bir tomondan, aynan innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirishga qaratiladigan bo‘lsa, boshqa tarafdan esa – novatorlik faoliyati uchun ijobiy umumxo‘jalik va ijtimoiy-siyosiy muhit yaratishga yo‘naltiriladi. Umuman olganda, bilvosita metodlarning afzalliklarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
xususiy sektorning va uning ishlanma va tadqiqotlar yo‘nalishlari tanlovini, ularni amalga oshirish uchun iqtisodiy mas'uliyatining mustaqilliginit a'minlaydi;
davlat tomonidan sun'iy qo‘llab-quvvatlanadigan, har doim ham samarali bo‘la olmaydigan innovatsiyalar va bilimlar bozorini yaratmaydi;
bilvosita metodlarni amalga oshirish bevosita metodlarga nisbatan innovatsion faoliyatni rivojlantirishning rasmiy to‘siqlari bilan nisbatan kamroq qamralgan;
kompaniyalar tomonidan olinadigan imtiyozlar ularning shaxsiy intilishlari natijasi hisoblanadi;
iqtisodiyotning turli sektorlarida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishga yagona yondashuvni ta'minlab beradi.
Innovatsion jarayonlar yanada ko‘proq foyda olish maqsadida amalga oshiriladi. Umuman tadbirkorlikka, xususan innovatsion tadbirkorlikka moyillik foydaga soliq solish darajasi bilan tartibga solib turiladi. Davlat tomonidan ushbu tartibga solish vositasining muhimligi deyarli barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda tan olinadi va ularning har biri foydani soliqqa tortishning o‘z optimal modelini topishga intiladi13.
O‘zbekiston Respublikasida innovatsion jarayonlarni bilvosita tartibga solish investitsiya oqimlarini, innovatsion faoliyatni, tarmoqlarni rivojlantirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashni, maqbul investitsiya muhitini yaratishni tartibga solib turuvchi qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘zaro bog‘lab turuvchi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Sodiq Kodeksi bo‘lib, unda grant yaratuvchi tashkilotlar daromadini soliqdan ozod qilish ko‘zda tutiladi; korxonalardan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish uchun notijorat korxonalariga mablag‘ o‘tkazish; asosiy vositalar uchun jadallashtirilgan amortizatsiya, ilmiy tashkilotlarni foyda solig‘idan ozod qilish masalalari ko‘rilgan; “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyati to‘g‘risi”gi Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida innovatsion faoliyat infratuzilmasini yaratish va rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutiladi; O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksida davlat innovatsion siyosatini amalga oshirishning moliyaviy mexanizmlari belgilab berilgan; innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadlarida mablag‘lar investitsiyalash uchun maqbul sharoitlarni yaratib beruvchi bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, innovatsion jarayonlarni faollashtirish maqsadlarida respublikada mamlakatda fan va texnikani rivojlantirishga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan fondlar tashkil etilgan. Bunday fondlar qatorida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: Taraqqiyot va rivojlanish fondi, uning maqsadi ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatni saqlash va rivojlantirishni ta'minlab beradigan sharoitlarni yaratishdan iborat (mamlakatning texnologik bazasini takomillashtirishga va muhim ijtimoiy vazifalarning echimini topishga yo‘naltirilgan amaliy ITIni qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi); Ilmiy-texnik sohada faoliyat yurituvchi kichik korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash fondi (fan-texnika sohasidagi kichik korxonalarni rivojlantirishga yordam beradi, fan sig‘imi yuqori kichik firmalarni yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi va moliyaviy yordam ko‘rsatadi va h.k.)
Innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishning bevosita metodlariga ITI sohasidagi sanoat kooperatsiyalarini, ishlab chiqarishga ega universitetlarni rag‘batlantiruvchi tadbirlar taalluqli. Ushbu metod bir tomondan, ilg‘or ilmiy g‘oyalarni ularni tijorat realizatsiyasigacha yetkazishning ob'ektiv zarurligini nazarda tutsa, boshqa tarafdan – sanoat korxonalarining akademik tadqiqotlarni moliyalashtirishdan manfaatdor bo‘lishlari uchun sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadi. Bu jihatdan innovatsiyalar sohasidagi davlat siyosati uning istiqbolli yo‘nalishlarida, birinchi navbatda, sanoat va tijorat vazifalarni hal qilib beruvchi sanoat ishlanmalarining ilmiy yangiligidan manfaatdorligida o‘z ifodasini topadi. Rag‘batlantirishning ushbu turi ayniqsa, katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega yuqori riskli loyihalarni amalga oshirishda ancha samarador. Shu bilan bir qatorda, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashning mazkur turi aniq bir loyihaga qaratilgan bo‘lib, uni joriy etishdan boshlab tijoratlashtirish bosqichigacha yetkazish mo‘ljallanadi va bunda uni amalga oshirishning har bir bosqichidagi bajaruvchilarni tanlash ham e'tiborga olinadi.
Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita metodlari majmuini ikki guruhga ajratish mumkin: ma'muriy-rasmiy va dasturiy-maqsadli. Ma'muriy-rasmiy turdagi metodlar innovatsiyalarni bevosita qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilinadigan maxsus qonunlarga muvofiq amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Masalan, AQShda 1980 yilda “Texnologik yangiliklar to‘g‘risida” Stivenson-Vaydler qonuni qabul qilingan14. Unda sanoat innovatsiyalarini kuchaytirish bo‘yicha bir qator choralar: ularni o‘rganish va jadallashtirish uchun ijrochi hokimiyat apparati doirasida maxsus tashkilotlar tuzish; universitetlar, sanoat va federal laboratoriyalar o‘rtasida ilmiy va texnik xodimlarning almashinuviga yordam ko‘rsatish; fan va texnika rivojiga katta hissa qo‘shayotgan jismoniy shaxslar va korporatsiyalarni rag‘batlantirish ko‘zda tutiladi.
Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning dasturiy-maqsadli uslubida innovatsion jarayonlarni yangiliklarni qo‘llab-quvvatlashning maqsadli dasturlari orqali aniq moliyalashtirish nazarda tutiladi, shu jumladan fan sig‘imi yuqori kichik firmalarda ham; u yoki bu tovar va xizmatlarni sotib olish uchun davlat shartnomalari tizimi yaratiladi, firmalarga yangiliklarni amalga oshirish uchun kredit imtiyozlari taqdim etiladi va h.k. Jahon amaliyotida dasturlarni boshqarish mexanizmlarini shakllantirishga turlicha yondashuvlar ma'lum.
Davlat innovatsion siyosatining asosiy yo‘nalishlari:
innovatsion faoliyat, uni jadallashtirish mexanizmlari, institutsional o‘zgarishlar tizimlari, innovatsion sohadagi intellektual mulkni himoya qilish va uni xo‘jalik aylanmasiga joriy etishning me'yoriy-huquqiy siyosatini ishlab chiqish va mukammallashtirish;
innovatsion faoliyatni kompleks qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;
fan sig‘imi yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, raqobatbardoshligini va eksportini oshirish;
axborot ta'minoti tizimi, ekspertiza tizimi, moliyaviy-iqtisodiy tizim, ishlab chiqarish-texnologik yordam, sertifikatsiya va ishlanmalarni harakatlantirish tizimi, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi bilan birgalikda innovatsion jarayonlar infratuzilmasini rivojlantirish;
yuqori texnologik kichik tashkilotlar tuzish va ularning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun ijobiy sharoitlar yaratish va faoliyatining davstlabki bosqichlarida davlat tomonidan yordam ko‘rsatish yo‘li bilan kichik innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish;
innovatsion loyiha va dasturlarni konkurs tizimi asosit anlab olishni yanada mukammallashtirish. Iqtisodiyot tarmoqlarida nisbatan katta bo‘lmagan va o‘zini tez qoplaydigan innovatsion loyihalarni amalga oshirish va buning uchun xususiy investorlarni jalb etish va davlat
tomonidan yordam ko‘rsatish nisbatan istiqbolli ishlab chiqarish va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga xususiy investitsiyalarning kelishini kuchaytirishga yordamberadi;
muhim tarmoqlar va ishlab chiqarishlarda davlat innovatsion siyosati jahon ahamiyatiga ega mahalliy va xorijiy ilmiy-texnik va texnologik yutuqlarni o‘zlashtirishni jadallashtirish, tabiiy resurslar takror ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Davlatning innovatsiya faoliyatini tartibga solishdagi maqsadi-mamlakatning innovatsiya-texnologik salohiyati-strategiyasini ishlab chiqish, ITDni faollashtirish imkoniyatini beradigan shart-sharoitlarni yaratishdan, tashkilotni rag‘batlantirishdan iborat. Ishlab chiqarishning maqsadi va uning fondlardan foydalanish yo‘nalishlarini aniqlash bevosita tashkilotning innovatsiya siyosatiga, innovatsiya loyihalarining paketiga, mamlakat tadbirkorlarini muntazam xolda xalqaro mexnat taksimotida katnashishi va undan oladigan foydasiga bog‘liq. Innovatsiya faoliyati turli bosqichlarda davlat va mintaqa miqyosida boshqariladi.
Innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan boshqarilishi yuqori darajadagi tijorat natijasiga ega bo‘ladigan loyihalarni qo‘llash shaklida namoyon bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasiga ko‘ra, jamiyatni yuksaltirishning asosi iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga bog‘liqdir. Modernizatsiya jarayoni natijasida mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish barqaror o‘sish ta'minlanadi. Mamlakatimiz sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash yaqin yillarda va kelgusida respublikamizda hal qilinadigan eng ustuvor vazifalardan biridir. Ushbu ustuvor vazifani ado etish sanoat korxonalari oldiga ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, bozor raqobatlariga bardosh berish, o‘z mijozlarini ko‘paytirish, shu asosda pirovard natijada olinadigan foydani yanada ko‘paytirishga imkon beruvchi innovatsion salohiyatni yuksaltirish hamda u bilan shug‘ullanishni zarurat qilib qo‘ymoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda korxonalarning innovatsion salohiyatini boshqarish va keskin raqobat sharoitida har bir korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, jamoasi, xodimlarning malakasi, bilimi, tajribasi hamda tashabbuskorligiga bog‘liq. Korxonalarning innovatsion salohiyatini boshqarish bu va boshqa sifatlarni qaror toptirish hamda rivojlantirishga boshqaruvni takomillashtirish hisobiga erishiladi.
Innovatsion faoliyat va uning muhitini rivojlantirish, hozirgi kunda mamlakatning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi hamda sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlab berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma'noda, O‘zbekiston Respublikasida innovatsion muhitni rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalarida bozor o‘zgarishlarini hisobga olgan holda ushbu faoliyatni tashkil etish masalalariga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Chunki hozirgi globallashuv jarayonida mamlakatda mavjud yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyatining uzviyligini ta'minlash, ularda innovatsion faoliyatini rivojlantirish va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan mahsulot raqobatbardoshligini ta'minlash talab etiladi. Kichik biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyati eng avvalo, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularning iste'mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borishni talab etadi. Kichik biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish ko‘p jihatdan uning boshqaruv tizimi samaradorligiga bog‘liq. Kichik biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish asosida soha raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va uning boshqaruv samaradorligini oshirish quyidagi omillar hisobiga ta'minlanishi lozim:
birinchidan, kichik biznesning bozor kon'yunkturasi o‘zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olish xususiyatlariga ega ekanligi innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yirik korxonalarga nisbatan yuqori tavakkalchilikning pastligi jihatidan yaxshi samara beradi;
ikkinchidan, kichik biznes sub'ektlari faoliyatiga innovatsion texnologiyalar joriy etilishi ularning yuqori transaksion harajatlarini kamaytirib, rentabellik ko‘rsatkichlarini oshiradi;
uchinchidan, kichik biznes sub'ektlarining yangiliklarni tezkorlik bilan o‘zlashtira olish salohiyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad olish imkoniyatini beradi;
to‘rtinchidan, kichik biznes sub'ektlari faoliyatiga boshqaruvning innovatsion texnologiyalari joriy etilishi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarhini kamaytirish, tovar va xizmatlar nomenklaturasini oshirish, yangi tovarlar turlarining sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o‘zlashtirish hisobiga ularning eksport salohiyati va raqobatbardoshligini oshiradi.
Kichik biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini boshqarish mexanizmi innovatsiya faoliyatini amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy shakllari bo‘lib, innovatsion qarorlar qabul qilish va mazkur faoliyatni rag‘batlantirish va tartibga solishni o‘z ichiga oladi.
Kichik biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini boshqarish mexanizmlarini quyidagi funksional guruhlarga ajratish mumkin:
innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishni tashkil etish (yangi g‘oyani asoslash, mavjud innovatsion ishlanmalarni modifikatsiya qilish);
innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish jarayonini boshqarish (moliyalashtirishning yangi usullarini qo‘llash, modernizatsiya va venchur fondlaridan samarali foydalanish, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda hissador tashkilotlar mablag‘larini jalb qilish);
innovatsiya faoliyatini amalga oshirishda motivatsiya va rag‘batlantirish (innovatsiya faoliyatini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratib berish: soliq imtiyozlarini kiritish, kreditlar foizlarini subsidiyalash, xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini takomillashtirish; innovator kadrlarni tanlash, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, xodimlarning tashabbuskor yangi g‘oyalarini moddiy rag‘batlantirish);
texnologiyalar transferi va intellektual mulkni boshqarishni tashkil etish (ilmiy hajmdor yuqori texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-texnik yangiliklar bilan bog‘liq ma'lumotlarni jamlash, yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun maxsus patent va litsenziyalarni joriy etish);
innovatsiya jarayonini amalga oshirishni rejalashtirish va nazorat qilish, innovatsiyalarni tijoratlashtirish (innovatsiya jarayonini amalga oshirishda kam harajatlilik va yuqori samaradorlikka erishish, innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayoniga boshqaruv va marketingning innovatsion texnologiyalarini joriy etish).Kichik biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini samarali boshqarishni tashkil etish modeli taklifiga ko‘ra, boshqaruv samaradorligiga erishish uchun kichik biznes sub'ekti innovatsion faoliyatini rivojlantirishning aniq maqsad va strategiyasini ishlab chiqish lozim. Bunda kichik biznes sub'ektining iqtisodiy-innovatsion rivojlanishining integral ko‘rsatkichlarini aniqlash va istiqbol ko‘rsatkichlarini belgilab olish maqsadga muvofiq. Keyingi bosqichlarda rejalashtirish, tashkillashtirish, motivatsiya, intellektual mulk ob'ektlari (patent, litsenziya, nau-xau)dan foydalanish, innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayonlari tashkil etiladi. Bu jarayon innovatsion g‘oyani ishlab chiqish va uning marketing dasturini ishlab chiqish, innovatsion loyihani ishlab chiqarishga joriy etish (mahsulot brendini yaratish, innovatsion mahsulotni tijoratlashtirish)ni qamrab oladi.
Kichik biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyati boshqaruv jarayoniga ularning tez rivojlanayotgan bozor jarayonlarida raqobatlasha olish imkonini beruvchi innovatsion menejmentning yangi texnologiyalari, ya'ni, innovatsion marketing, innovatsiyalar injiniringi (innovatsiyalarni yaratish, amalga oshirish va joriy etishni o‘z ichiga oluvchi innovatsion loyihani ishlab chiqish tadbirlari majmui), reinjiniring (korxona biznes jarayonlarini qayta loyihalashtirish maqsadida yangi mahsulot va jarayonlarni joriy etish), brend-strategiya, bench marking (korxonaning innovatsion siyosatini ishlab chiqish maqsadida raqobatchi korxonalar biznes faoliyatini o‘rganish va baholash)ning joriy etilishi innovatsion faoliyat boshqaruv samaradorligini ta'minlaydi va kelgusida kichik biznes sub'ektlari innovatsion loyihalarini tijoratlashtirish muammosini hal etish imkonini beradi.
Kichik biznes sohasidagi axborot-maslahat ta'minoti tizimini tubdan isloh qilish, ularga tizimli asosda uzluksiz va tartibli ravishda xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma shaklidagi zarur sharoitlar yaratish lozim. Ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni hal etish maqsadga muvofiqdir:
kichik biznes sub'ektlarini yangi innovatsiyalar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta'minlovchi milliy ma'lumotlar bazasini yaratish;
xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish;
kichik biznes innovatsion faoliyatini rivojlantirish uchun tashkil qilingan bozor infratuzilma tashkilotlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirish;
kichik biznes sub'ektlariga uzluksiz va tartibli ravishda xizmat ko‘rsatuvchi innovatsion biznes markazlarini tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |