6.5. Meva va sabzavotlarni gaz muhitini boshqarib saqlash. Hozirda meva va sabzavotlarni gaz muhitini boshqarib saqlash usuli ham keng foydalanilmoqda. Gaz muhitini boshqarib saqlash usulini gazning tarkibiga koʻra ikki asosiy guruhta boʻlinadi:
Oddiy gaz muhitida saqlash (OGM) - havo muhitida:
Modifikatsiyalangan gaz muhitida saqlash (MGM) - tarkibi havo tarkibidan farq qilgan muhitda.
Mahsulotlarni oddiy gaz muhitida saqlashda germetik yopilmaydigan omborxonalardan foydalanish mumkin. Bunda havo oddiy (tabiiy) va sunʼiy (ventilyatorlar yordamida) almashilib turiladi. Bu usulda saqlash jarayonida havoning jadal oʻzgarishi mahsulotlarning fiziologik faolligini oshiradi va turli xil mikroorganzmlarni oʻziga tez jalb qiladi. Shu sababli bu usulda mahsulotni uzoq vaqt saqlab boʻlmaydi.
Modifikatsiyalangan gaz muhitida saqlashiing mohiyati shundaki, bunda havo atmosferasi oʻzgartiriladi va nazorat qilib turiladi.
Umuman olganda, meva va sabzavotlarning hujayrasi ichidagi gaz tarkibida atrofdagi havoga qaraganda S02 ning miqdori O2 ga qaraganda ancha koʻp.
Modifikatsiyalangan gaz muhitida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash fikri bundan 150-yil muqaddam paydo boʻlgan. 1821-yili fransuz Berar kislorodsiz atmosferada mevalarning pishishi oddiy sharoitdagiga qaraganda susayganligini koʻrsatib bergan.
Meva va sabzavotlarni modifikatsiyalangan gaz muhitida saqlash usuli Angliya, Fransiya, Gollandiya, Avstraliya, Italiya, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda keng qoʻllanilmoqda. Bizning mamlakatimizda ushbu usulda mahsulotlarni saqlash keng joriy etilmagan.
Modifikatsiyalangan gaz muhitida meva va sabzavotlarni saqlash muhitni ishlatish tipiga, boshqarish usuliga va muhitni yaratish usullariga koʻra klassifikatsiya qilinadi.
MGM ishlatish tipiga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi: normal MGM usulida saqlash (bunda 02 va SO2 konsentratsiyasining yigʻindisi oddiy havonikiga teng, azot miqdori oʻzgarmaydi);
Subnormal MGM usulida saqlash (02 va S02 konsentratsiyasining yigʻindisi oddiy havonikidan kichik, azot miqdori yuqori boʻladi).
Subnormal MGM uch komponentli, yaʼni 02+S02+M2 va ikki komponentli 02+N2 (S02 ning miqdori texnik qurollar yordamida minimumga keltiriladi) boʻladi.
MGM boshqariladigan va boshqarilmaydigan boʻlishi mumkin. Birinchi holatda gaz muhiti saqlash mobaynida oʻzgarmaydi, yaʼni boshqarilib turiladi. Ikkinchi holatda esa MGM oʻzgaruvchan boʻladi.
MGM havo tarkibi aniqlangan maxsus bulmalardan yuborilib, kislorodni kuydirib (bunda S02 qisman yoki butunlay yutiladi) va kislorodni kimyoviy usulda singdirib hosil qilinadi. Bundan tashqari MGM meva va sabzavotlarni germetik usulda saqlashda fiziologik nafas olish mobaynida ham hosil boʻladi.
Hozirgi vaqtda gaz muhitining faol komponentlarini turli xil nisbatda ishlatiladi.
Normal MGM uchun: 02- 16%, S02-5%, N2-79% va 02-12%, S02-9%, N2-79%. Bunda S02ning miqdori 10% dan oshmasligi lozim, aks holda fiziologik kasalliklar paydo boʻlishi mumkin.
Subnormal MGM uchun: 02-3%, S02- 5%, N2-92% ya 02-3%, S02-3-4%, N2 93-94%. Subnormal gaz muhitida mevalar pishishining toʻxtashi kislorod miqdorining kamayishi va karbonat angidridning koʻpayishi bilan tushuntiriladi.
MGM sharoitida mahsulotlarni saqlash muddatini uzaytirish maqsadida sovitish qoʻllaniladi. MGM sharoitida havo harorati-1°S dan 10°S gacha boʻlishi mumkin. Atmosferasi boshqarilib turadigan usulda saqlanishni faqat germetik idishlarda yoki omborxonalarda amalga oshiriladi. Germetizatsiya darajasi talab qilingan atmosfera gaz muhitining tarkibiga bogʻliq. Agar atmosfera tarkibida kislorod miqdori kam harorat past va boʻlmalar mevalar bilan uncha toʻlmagan boʻlsa, germetizatsiya shuncha mustahkam boʻlishi kerak.
MGM boʻlmalari oddiy sovutgichlardan kichik oʻlchamda boʻlib, atmosfera gaz muhitini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Boʻlmaning sigʻimi 200-250t boʻlib, balandligi 5-6 m dan oshmasligi lozim. Boʻlmaning eshiklari germetik boʻlib, unda boʻlma ichiga kiradigan tuynuk boʻladi. Tuynuk ham germetik berkiladigan boʻladi. Boʻlmalarning haroratini nazorat qilish uchun germetik oynalar qoʻyiladi.
MGM boʻlmalaridagi sovutgichlar oddiy sovutgich qurilmalaridan farq qilmaydi.
Havo harorati va namligini barqaror ushlab turish uchun boʻlmadagi gaz aralashmasi va sovuq havodagi sovitish manbai oʻrtasidagi haroratning farqi mevalarni sovitish davrida 6-8 va saqlash davrida esa 3-4°S dan oshmasligi lozim. Boʻlmalardagi atmosferaning harorati, namligi va tarkibi muntazam ravishda aniqlanib turiladi. Bunda boʻlmalarga oʻrnatilgan termometr va psixrometrdan foydalaniladi. Atmosferaning tarkibi esa avtomatik gazoanalizatorlar yordamida yoki GXM-ZM, GXP-100 markali kimyoviy gazoanalizatorlar yordamida aniqlanadi.
Boʻlmaning germetikligini tekshirish uchun boʻlma SO2 gazi bilan toʻldiriladi (10% konsentratsiyagacha) va gaz ventilyator yordamida aralashtirilgan SO2 ning konsentratsiyasi birinchi marta aniqlanadi keyin 3 - 4 kun mobaynida gaz muhiti oʻlchab turiladi.
Germetiklik darajasi quyidagi formula yordami aiiqlanadi:
Sm bunda: Ye - germetik yopish samaradorligi;
Ds - boʻlmada 24 soat mobaynida SO2 konsentratsiyasining oʻzgarishi, %;
St - boʻlmada 24 soat mobaynida SO2 konsentratsiyasining oʻrtacha miqdori, %. Bu texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, mahsulotlar nafas olishi jarayonida polietilen plyonkalar ichida karbonat angidrid, gazining konsentratsiyasi oshadi hamda kislorod miqdori kamayib ketadi, gazlarning tarkibi membranalar vositasida boshqarilib turiladi. Sunʼiy sovuq bilan uygʻunlashtirilgan gazli muhit mahsulotlarni uzoq muddat nobudgarchiliksiz ularning tovarbopligi va oziqlik sifatlarining yaxshi saqlanishiga yordam beradi.