2. Muvaqqat omborlar. Oʻzbekistonda muvaqqat omborlar-uyum va handaqlarda kartoshka va ildizmevalar (sabzi, sholgʻom, turp va boshqalar) saqlanadi. Bunday omborlarda sabzavotlarni saqlash eng arzon, oddiy va hammabop usul boʻlib, qurilish jihozlari hamda materiallari talab qilmaydi. Shu bilan birga, muvaqqat omborlarda sabzavotlarni saqlashning bir qator kamchiliklari ham bor. Bunda barcha ishlarni amalga oshirish ob-havo sharoitiga bogʻliq boʻlib, saqlanadigan mahsulotni nazorat qilish ancha qiyinlashadi. Shu sababli mahsulotlarning ancha koʻp qismi nobud boʻladi.
Handaq va uyumlar saqlanadigan mahsulotni ishlatish maqsadiga koʻra, yaʼni oziq-ovqatga ishlatiladigan mahsulotlar aholi punktiga, urugʻliklar esa ekiladigan dalaga, yem-xashak maqsadida foydalaniladiganlari esa fermaga yaqin joyga joylashtiriladi. Ularni joylashtirishda uchastkaniig relyefi, shamolning yoʻnalishi, yer osti suvlarining chuqurligi va tuproqning mexanik holati hisobga olinadi.
Uyum va handaqlar uchun quruq, balandroq tekis boʻlgan joy tanlanadi. Bunda yer osti suvlari uyum va handaq tagidan 1 metr dan ziyod chuqurlikda boʻlishi lozim. Tuproqning mexanik tarkibi qumoq boʻlgani maʼqul. Uyum va handaq tayyorlaydigan joyning yuza qismida oʻsimlik qoldiqlari va boshqa organik qoldiqlar boʻlmasligi lozim. Agar oʻtgan yilgi uyum va handaqlar joylashgan joylarda yana mahsulot saqlashga toʻgʻri kelsa, u joylar tekislanib 1 m2 maydonga 500 g hisobidan soʻndirilmagan ohak bilan zararsizlantiriladi. Soʻngra yer 30-35 sm chuqurlikda haydalib, donli ekinlar ekiladi. Ekin
Uyum va handaqlar kuz va bahor vaqtlarida quyosh nuri va qish vaqtida sovuq shamoldan kam taʼsirlanishi uchun iloji boricha uzunasiga sharqdan gʻarbga qarab joylashtiriladi.
Mahsulotning turi va tabiiy sharoitga qarab uyum va handaqning oʻlchamlari turli xil boʻladi. Ayniqsa, ularning koʻndalang kesimi muhim ahamiyatga ega. Uyum va handaqlarning koʻndalang jesimi ularniig sigʻimini va mahsulot ajratib chiqargan issiqlikni tarqatish chegarasini belgilaydi.
Bizning mintaqamizda handaq va uyumlarning oʻlchamlari gʻarbiy va oʻrta mintaqalarga qaraganda kichikroq boʻladi.
Mahsulotni joylash oldidan albatta saralanadi, har bir uyum va handaqga mahsulotni bir kunda joylash kerak. Ayrim ildizmevalar sigʻimi 20-25 kg li yashiklarga joylanib ham uyum sha handaqlarga joylashtiriladi.
Ventilyatsiyani yaxshilash maqsadida uyum va handaq boʻylab oʻrtasidan 30x30 sm oʻlchamda koʻndalang ariqcha qazib, unga taxta panjaralar oʻrnatiladi. Har 50-60 sm oralatib havo soʻrish naylari oʻrnatiladi.
Handaq va uyumlardagi mahsulotlar muzlamasligi uchun usti berkitiladi. Qishki sovuq zonalarda ularning usti qalinroq qilib yopiladi. Yomgʻir va qor suvlarini atrofga oqizish uchun handaq va uyumlarning atrofida sayoz ariqchalar qaziladi. Saqlash davrida uyum va handaqlar muntazam ravishda kuzatilib boriladi. Choʻkkanda va yoriqlar paydo boʻlganida darhol ochib nazorat ostiga olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |