33
so‗rdilar, dedi: sababdin malol. Shaqiq Balxiydin so‗rdilar, dedi: ajzda g‗arqi
diydor. SHibliydin so‗rdilar, dedi: ko‗ngul diydorida barcha elni unutmoq.
Abu Ya‟qub Maydoniy q. t. s.
Nusaybin mashoyixlaridindur. Shibliy Bag‗doddin. Misrga borur erdi,
halollik tilagalikim, shug‗li chog‗ida birovning yerig‗a ot qo‗yg‗on eqandur.
Ya‘qub Maydoniyg‗a yo‗luqti. Va ul hanuz bu ishka yangi kirib erdi va
irodatining avvali erdi. Shibliy iligin aning boshita surtub indurdi va dedi:
[Alloh sening kamchiliklaringni to‗g‗rilasin]1. Abu Ya‘qub aytti: omnn!
Andin so‗ngra Abu Ya‘qubg‗a yetti, ulcha yetti. SHibliy debdurkim, chun ilig
aning boshig‗a surtub [Alloh kamchiliklaringni to‗g‗rilasin]2 dedim, aning
a‘zosida hech tuk yo‗q erdiki, omin demadi.
Abo Ya‟qub Xarrot Asqaloniy q. s.
U debdurki, Abulhusayn Nuriy xizmatig‗a
yettim va mening bila
mihbarayi erdi. Manga dedi: .Ey o‗g‗ul, tilarsenki, nnma bitigaysen? Dedim,
bali! Necha bayt badihada imlo qildi va dedikim, biti! Bitidim. Abyotning
hosili ma‘nosi bu erdikim, har ne siz bu avroqda isbot qilursiz va bitirsiz, biz
alarni mahv qilibbiz. Lojaram siz ul isbot sababidin ulcha maqsuddur, aning
idroku fahmidin mahjub bo‗ldungiz. Va bizga
ul mahv sababidin maqsud
idroku fahmining abvobi beintiho va inqito‗ ochildi. Va bizga, : bu mav‘izat
boisi sizning nekxohligingizdur. Necha ko‗rgaybizki, siz avroqqa nima
bitigaysiz va o‗zunguzni bu jihatdin ulcha maqsuddur, andin mahjub
qilg‗aysiz
Abu Ya‟qub Kuratiy q. t. s.
Shayx ul-nslom debdur, men ani ko‗rubmen. Ro‗shan
piri erdi, sohibi
vaqtu karomot. Abu Mu‘ammar Molikiy debdurki, bir kun ul o‗tar erdi.
Jamoati mashg‗ullar o‗lturub erdilar. Alarga o‗qudikim, [ularni bir deb
hisoblaysiz dillari xilma-xildir] va o‗tti… (132).
Asarda zikr etilgan Shayxu-l-islomlar ta‘rifiga e‘tibor beradigan bo‗lsak,
unda ikki xil yo‗nalish ko‗zga tashlanadi:
1. Sof tazkira tipidagi ta‘riflar;
34
2. Tazkira va rivoyatlarning uyg‗unlashuvidan iborat ta‘riflar;
Birinchi turga oid asarlar tazkirachilik deb atalgan alohida yo‗nalishni
aniqlab bergan bo‗lsa, ikkinchi turga kiruvchi asarlar agiografik yo‗nalishdagi
asarlarning shakllanishiga asos bo‗lgan. Navoiyning ―Holoti Said Hasan
Ardasher‖ va ―Holoti Pahlavon Muhammad‖ asarlari dastlabki guruhga
mansub bo‗lsa, ―Tarixi anbiyo va hukamo‖ asari keyingi yo‗nalishni
shakllantirdi.
Navoiyning bu asari agiografik asarlar yo‘nalishini
belgilab bergani
shubhasiz. Unda keltirilgan rivoyatlar mavzuida quyidagi yo‘nalishlar
ta‘kidlanadi:
Avliyolarning ulug‘laridan sanalgan
abdol
(
budalo
) sifatida zikr etish.
Ularning to‘rt zohiriy va to‘rt botiniy xislatlari borki, avliyo zikr etilganda
ularni soqit qilib bo‘lmaydi. Binobarin, to‘rt zohiriy xislat: kam gapirib, ko‘p
fikrlamoq; erta turmoq va kam uxlab, kechaning ko‘p qismini riyozatda
o‘tkazmoq; oz yeb,
ochlikka sabr qilmoq; uzlat, Haqqa yaqin bo‘lmoq
kabilardan iborat. Botiniy xislatlarni esa tajarrud – Haqqa tamoman
bog‘lanmoq; tafrid – vahdat siriga erishmoq; jam‘ – Haqni Haqda topmoq;
tavhid – tavhid siriga voqiflik kabilan tashkil qiladi.
Turgan joyida jasad va suratni qoldirib safarga chiqmoq, bir vaqtning
o‘zida turli joylarda ko‘rinmoq abdolning xislatlaridandir. Bularning maqomi
Ibrohim a.s.ning
qalbi ustida, degan aqida bor. Lekin Navoiy bu xislatlar
ustida ko‘p to‘xtalmaydi, balki zohiriy xislatlarda sanalgan xususiyatlarni
ko‘proq diqqatmarkazida tutadi.
Avliyoni
avtod
sifatida zikr etish. Ularning ham to‘rt zohiriy va to‘rt
botiniy xislatlari bor. Zohiriy xislatlari: ko‘proq ro‘zador bo‘lmoq; tunlarni
ko‘proq ibodat bilan o‘tkazmoq; ilohiy amrlarga mustahkam bog‘lanmoq;
ko‘proq munojot qilmoq. Botiniy xislatlar: tavakkul sohibi – iymonda
mustahkam bo‘lmoq; barcha ishlarini Ollohga taslim qilmoq;
har bir ishda
sadoqatli, xiyonatni bilmaslik; salomlashishga ahamiyat bermoq. Bular shu
35
fazilatlari bilan koinotni tutib turadilar, degan aqida bor. Ular dunyoda ko‘p
emas, bor-yo‘g‘i to‘rtta bo‘lib, dunyoning to‘rt tomonida turadi
26
.
Asarda Navoiy insonning ulug‘ligini yuqorida qayd etilgan botiniy
xislatlar bilan birga uning ―a‘molu af‘oli, muomilotu riyoziyoti‖, ya‘ni halol
kasbi koru axloqiy fazilatlar belgilashini ta‘kidlaydi.
Jumladan, Shayx Abu
Said Harroz, Abdulloh Ansoriy kabilarning etikdo‘z, Shayx Muhammad
Sakkok – pichoqchi, Abu Hafiz Haddod – temirchi, Abu Said Abulxayr –
qassob, Shayx Abulhasan – najjor va hokazo kasb qilganlariga urg‗u beradi.
Avliyolar shariat amallarida mustahkam va tariqat odobida sobit insonlar
sifatida talqin qilinadi. Ular har bir ulug‘ va kichik insondan o‘zlarini kamroq,
faqirroq hisoblaydilar.
Navoiy o‗zidan oldin tuzilgan tazkiralarda tilga olinmagan ko‗p shayxlar
haqida ham ma‘lumotlar beradi. Bunda u ularning,
yuqorida aytilganlardan
tashqari, hilm, rizo, sabr, sidq, azim riyozat kabi xislatlarga egaligini inobatga
oladi.
Umuman olganda, asarda juda ko‗plab anbiyolar haqida fikr yuritiladi,
ularning shaxsiga oid ma‘lumotlar Navoiygacha yaratilgan agiografik
asarlarga nisbatan ancha aniqlikka asoslangani va keyingi davrdagi ulug‗
zotlar zikri keltirilganligi bilan ham xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: