29
ko‗rsatgandan keyin ishonuvchilarni g‗ofillar deb sanagan avliyolar, deydi.
24
Ushbu asarda jami 770 ta avliyo, Shayx va valiylar xususida to‗xtalib o‗tilgan.
Asarda keltirilgan 1-qissa mashhur shaxs Uvays Qoraniy haqida bo‗lib,
bir rivoyat keltiriladi. Unda aytilishicha, bu zot Muhammad (a.s.v.)
payg‗ambarimizga botiniy kuchli mehr qo‗yadi. Payg‗ambarimiz janglardan
birida muborak tishlarini
sindirib olganlarida, bu avliyo zot barcha tishlarini
sindiradi. Yana bir naqlda keltirilishicha, payg‗ambarimiz ummatlariga Uvays
Qoraniydan duo olishlarini buyurganlarida, ummatlari bu karomatpesha zotni
Yaman elidan topganliklari rivoyat qilinadi. Navoiy bu zot haqida batafsil
yozilsa, rivoyatlar bir kitob bo‗lishini, o‗qiguvchilar esa ―Tazkiratu-l-
avliyo‖ni qiroat qilishlari mumkinligini aytib o‗tadi.
Shundan keyin Habib A‘jamiy q.r., Makkiy, Ataba b. G‗ulom, Molik
Dinor, Muhammad Vosi‘, Abdulloh Muborak, Abuhoshim So‗fiy kabi yirik
Shayxlar haqida ta‘rif va rivoyatlar keltiradi. E‘tiborli jihati shundaki, bu zoti
shariflarning nomi hadislarda ham uchraydi.
Zunnun Misriy, Imom A‘zam,
Imom Shofe‘iy, Imom Ahmad Hanbal, Boyazid Bistomiy singari tasavvufni
te‘ran anglagan va islom dinining taraqqiyotiga ham katta hissa qo‗shgan yirik
Shayxlar tavsifi ham keltiriladi. Masalan, islom dining imomi Imom A‘zam
haqida bir nechta rivoyatlar keltiriladi. Shulardan birida bu ulug‗ zotning
sahih va saqimni ajratishi haqidagi bashorat tushi vositasida yon qilingani
aytiladi.
Yoki 300.000 hadisni yod bilgan, 15
yoshidan fatvo bergan bu
karomatpesha zot haqida fikr yuritar ekan, keltirilayotgan rivoyat aynan
Shofe‘iy tilidan keltiriladi. Bu esa Navoiydek mutasavvuf shoirning kuchli
ehtiromi va ishonchi natijasi edi.
E‘tibor qiladigan bo‗lsak, keltirilayotgan rivoyatlarning muallifi yoki
aytilmaydi (bunday rivoyatlar xalq orasida mashhur bo‗lgan va kim
24
Алишер Навоий. Насойим ул-муҳаббат. Тўла асарлар тўплами, 10- жилд.Т: Ғафур
Ғулом номидаги нашриѐт-матбаа
ижодий уйи, 2011. – 98-б. – Keyingi o‗rinlarda bu
asardan olingan parchalar yoki havolalar qavs ichida korsatiladi.
30
tomonidan keltirilgani unutilgan yoinki noma‘lum bo‗lgan) yoki biror
zamondoshlari (ko‗pincha, sahobalar) tomonidan keltiriladi. Yoki Abdulloh
Muborak q. s. degan kishi haqida shunday rivoyat keladi:
―…Ani ulamoning shahanshohi der ermishlar va judu shijoatda
zamonining yagonasi ermish. Va tariqat ashobining muhtashami. Va bu
qavmning mashoyixining ko‗pining suhbatig‗a musharraf bo‗lubdur. Va
mashhur tasonifi bor:
Bir kun ul kelur erdi va Sufyon Savriy va Fuzayl Ayoz q. s. hozir erdilar.
Sufyon dedi: kel ey mashriq ahlida er! Fuzayl dedi: va mag‗rib ahlida va
ikkisining orasida.
Aning
tavbasining ibtidosi bu erdiki, bir kanizak
ishqig‗a giriftor bo‗ldi. Bir qish kecha tong otquncha ma‘shuq devori tubida
turub erdi va ustiga qor yog‗adur erdi va ul xabarsiz. Sahar namozin ayturda
ul xuftan sog‗indi. Kunduz bo‗lg‗ondin so‗ngra ul holg‗a voqif bo‗ldi, o‗ziga
dediki, ey Muborakning nomuborak o‗g‗li, uyot sanga bu avqotingdinki, agar
imom namozda bir surani uzunroq qiroat qilsa, toriqib, telbararsen va
munungdek kecha nafsing havosig‗a tong otquncha mundoq azob tortarsanki,
suubatidin xabaring yo‗qtur. Ko‗ngli bu darddin buzuldi va bori ishdin tavba
qildi va sulukka mashg‗ul bo‗ldi. Ishi ul yerga yettiki, Makkadin Madinag‗a
degincha mahofasin ashrof eginlarig‗a ko‗tarib elturlar erdi. Naz‘ holatida har
ne boru yo‗qin darveshlarga ulashib erdi. Muridlaridin biri dediki, ey Shayx,
uch qizing qoldilar va hech nima qolmadi, alar fikrini ne qilding? Dediki, men
alar hadisin debmen: u solih bandalarga yor bo‗lur. Saloh ahli korsozi uldur.
Har kimki, aning korsozi ul bo‗lsa, yaxshiroqki, Abdulloh Muborak bo‗lg‗ay.
Va borur zamonda ko‗z ochib, kulub aytur erdi: ―amal
qiluvchilar mana
shunday (mangu baxt-saodat uchun) amal qilsinlar‖. va dunyodin o‗tdi. Aning
manoqibi zikrin tilagan kishi Hazrat Shayx Fariduddin Attor q. s.ning
«Tazkirat ul-avliyo»sida tilasunki, vofiy bitibdur…‖ (473)
31
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, Navoiy bu asarni yaratishda Attorning
―Tazkiratu-l-avliyo‖ (―Avliyolar zikri‖) asaridan keng foydalangan
25
. Lekin
Navoiy qisqa va lo‗nda ta‘rif beradi va rivoyatlarning ham islomni mukammal
bilgan, go‗zal axloqi va kuchli e‘tiqodi bilan nom qozongan avliyoullohlar
haqidagisini
tanlab
oladi.
Ijodkor
faqatgina
forsiydagi
asarni
turkiylashtiribgina qolmasdan, o‗zining yuqoridagi
tazkirada kiritilmagan
shaxslar haqidagi rivoyatlarga ham keng o‗rin beradi va fantaziyalarini ham
kiritib ketadi. Masalan, Najmiddin Kubro, G‗ijduvoniy, Motrudiy, Xo‗ja
Bahouddin, Ahmad Yassaviy, keshlik Umar ato va Keshlik atolar,
Yassaviyning shogirdlaridan Sayid ato, Bobi Mochin kabilar haqida muxtasar
to‗xtalib o‗tadi. Lekin ko‗p hollarda boshqa
tazkiralarda keltirilmagan
ma‘lumotlarni keltirishga harakat qiladi. Bundan tashqari, Navoiy bir xil
kuniyali kishilarni tasvirlashda alohida e‘tibor beradi va ularni ketma-ket
keltiradiki, kitobxon chalg‗imay mutolaa qilishi uchun qulaylik yaratadi.
Masalan,
Ibrohim
va
Ali
nomi bilan shuhrat topgan avliyosifat kishilar haqida
alohida to‗xtalib o‗tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: