Ingliz tilida fb larning matn tarkibida uzual va okkazional qo‘llanilishi xususiga doir Mukarramxodjayeva Taxmina



Download 18,75 Kb.
Sana22.06.2021
Hajmi18,75 Kb.
#72674
Bog'liq
article3


Ingliz tilida FB larning matn tarkibida uzual va okkazional qo‘llanilishi xususiga doir

Mukarramxodjayeva Taxmina

Frazeologik birliklar tilimizni ta’sirchan, mazmunli hamda jonli bo‘lishini ta’minlovchi birliklar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday birliklarni nutqda qo‘llanilishi so‘zlovchining intellektual salohiyatini belgilab bergani bois, ularni nutq momentida badiiy talqinda bajaradigan funksiyalarini, matn tarkibida ifodalanish xususiyatlarini o ‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ingliz tili frazeosistemasi tadqiqotchilari FB funksiyasini o‘rganishga katta ahamiyat beradilar. FB ning hamma ma’no turlari bu jihatdan to‘liqlik bilan tahlil qilinmaganligi sabali hali yechimini kutayotgan muammolar bisyor.

FB lar og’zaki nutqda ham yozma nutqda ham, uzual hamda okkazional hollarda qo’llaniladi. Ya’ni FB larning uzual ma’nosi uning lug’atda aks etgan ma’nosi bo’lsa, okkazional ma’nosi frazemaning ma’lum bir nutq momentida yoki matnda anglatib kelayotgan ma’nosi hisoblanadi. Ba’zi murakkab semantik tarkibli FB lar uchun ularning tarkibidagi konotativ birliklar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu barcha omillar FB larning kontekst tarkibida ifodalanishini tadqiq etishga asos bo’la oladi.[1;15]

FB larning okkazional o‘zgarishlari frazeologizmlar , shu jumladan maqollarning lingvistik tabiatni oldindan belgilab qo’ygan.FB larning uzual va okkazional qo’llanilishiga asosan tilshunos olimlar frazemalarning to ‘rt uslubda ifodalanishini farqlaydilar[2;243-248]

1) Birinchi darajali uzual ifodalanish. Bunda FB o‘zining lug‘aviy stilistik bo‘yog‘ini, an’anaviy komponent tarkibini saqlagan holda matn tarkibida ifodalanadi.Masalan:” a fat lot” so’zlashuv kinoyaviy frazemasi “ yetib ortadi”, oshib toshib yotibdi” degan ma’nolarni anglatadi va quyida aynan shu ma’noda qo‘llanilgan:



"A fat lot you must have loved me!" she exclaimed (W.S. Maugham).

2) Ikkinchi darajali uzual ifodalanish. Bunday hollarda frazema o‘zining uslubiy bo‘yog‘ini saqlagan holda, biroz kuchaytirma darajada qo‘llaniladi. Ma’noni kuchaytirish FB tarkbiga o‘zgartirish kiritish yoki ikki (yo undan ortiq) frazeologizmni birlashtirib ifodalash hisobiga amalga oshiriladi. Masalan, ikki fazeologik birlik, (as) good as gold va (as) true as steel birliklrining birga qo’llanilishi fikrimiz dalili bo ‘la oladi:



"Не was but a poor man himself," said Peggotty, "but as good as gold and as true as steel" (Ch. Dickens).

3­) Birinchi darajali okkazional ifodalanshish. FB larning bunday tipli ifodalanish bir necha stilistik o‘zgarishlar( komponentlar o’zgartirilishi, so’z qo’shish, tushirilib qoldirish, ellipsis,deformatsiya) asosida amalga oshiriladi. Bu usul bilan nafaqat ekspressivlikni oshirish balki, FB ni umuman boshqa stilistik ma’noda qo‘llash ham mumkin:

"One manages to earn one's bread and butter... and a little piece of cake" (C.P. Snow).

Berilgan misoldagi “bread nad butter “ birligiga qo‘shilgan “a little piece of cake” so‘z birikmasi gapga yumoristik bo‘yoq yuklagan.

4) Ikkinchi darajali okkazional ifodalanish. FB larning bunday ifodalanashi murakkab tarkibli stilistik o’zgarishlar yoxud konvergensiyani taqqozo etadi. Murakkab tarkibli stilistik usullardan foydalanilganda konvergensiyadan farqli ravishda yetakchi so‘z ajratiladi. Masalan , “hell is paved with good intentions” birligi J. Lindsay asarida boshqacha ifodalangan. Ushbu iboradagi ta’sirchanlik “with good intention “ birikmasini “resolution” so‘zi bilan keyingi gapda esa “resolution” so ‘zining “them “ olmoshi bilan almashtirilishi asosida oshirilgan .

"Resolutions are all very well," said Phyl, with a touch of primness. "Hell's paved with them" (J. Lindsay).

Shuning dek bir necha usullarning bir matnda qo ‘llanilishi ham FB ta’sirchanligini oshirish unga qo ‘shimcha emotsional bo ‘yoq yuklash imkonni beradi. Masalan keyingi misolda so’z qoshish, inversiye deformatsiyani kuzatishimiz mumkin [2;245]:

Frank: If I live to be a hundred I shall never forget that little glimpse you've just given me of yourself.

Millie: Frank, you' re making a frightening mountain out of an absurd little molehill.

Frank: Of course but the mountain I'm making in my imagination is so frightening that I'd rather try to forget both it and the repulsive little molehill that gave it birth (T. Rattigan).

Bu yerda “make a mountain out of a molehill “ iborasi tarkibiga frightening , absurd, little sifatlari qo ‘shilmoqda va matnda yumoristik holatni ochishga yordam bermoqda.



Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, FBlar obrazlilik va ekspressivlikni vujudga keltiruvchi murakkab vositalar bo’lib, ular badiiy, siyosiy, publisistik matnlarning ifodaviy ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. FB larning okkazional o‘zgarishlari esa, zamonaviy ingliz tili uchun xosdir. Chunki aynan FB larning okkazional qo‘llanilishi yordamida matndagi ichki ma’no yoritilib, ekspressiv –stilistik xususiyatlar aks ettirilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’ yxati:

1.А.С Начисчионе Окказиональное стилистическое использование ФЕ Афтореф.дис..канд.филол наук.M.,1976,21c

2.Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка. – Дубна: Феникс+, 2005. стр.243-248

3.Кунин А.В., Большой англо-русский фразеологический словарь–Москва,Русский язык.1984





Download 18,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish