Агар Х1Х асрнинг охирларида хитой армияси немис модели асосида тузилган ва унинг фаолияти ҳам мана шу асосда қурилган бўлса, ХХ асрнинг бошларига келиб эса хитой армиясида японларнинг таъсири сезила бошлади
Mavzuning dolzarbligi. Xitoy va Yaponiyaning o‘tmishini o‘rganish ko‘p jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, Xitoy va Yaponiya davlatlari so‘nggi asrlar davomida yuksak taraqqiyotga erishgan, taraqqiyoti davrida turli tarixiy vaziyatlarni boshdan kechirgan buyuk davlatlardir. Hozirgi globallashib borayotgan davrda bu mamlakatlarning ko‘p sohalarda o‘z mentaliteti va xususiyatlarini saqlab qola olayotganligi, shu bilan birga jahonning iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy taraqqiyotida katta yutuqlarga erishayotganligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish ham bu mamlakatlar tarixini tushunib etishga yordam beradi.
Bu ikki buyuk davlatning o‘zaro munosabatlari masalasi ham tarixiy va ilmiy ahamiyat kasb etadi. Bu nuqtai nazardan Xitoy va Yaponiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 1937-1945 yillardagi kurash alohida o‘rin tutadi.
Ishning maqsad va vazifalari.Yuqorida qayd etilgan Yaponiya - Xitoy urushi, xitoy xalqining vatanparvarlik kurashi tarixini o‘rganish asosiy maqsad qilib olingan. Ushbu maqsadga erishishda bu kurashning quyida ko‘rsatilgan jihatlarini o‘rganish vazifalari qo‘yilgan:
1.Yaponiyaning Xitoyga urushining va bosqinining boshlanishi hamda va Xitoy hududining uch qismga bo‘linib ketishi;
2.Aholini ko‘chirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar;
3.O‘rganilayotgan davrda Gomindanning rahbarlik roli;
3.Yaponiya bosqiniga va axolining urushga munosabatining o‘ziga xosligi.
Xitoy va Yaponiyaning o‘tmishi va bugungi kuni haqida gap ketganda, yaponlarning o‘zi uni uch marta kashf etilganini iftixor bilan aytadilar. Kunchiqar mamlakatning ilk bor kashf etilishi X1X asrning ikkinchi yarmida yuz bergan. 1853 yil 8 iyulda admiral Metyu Perrining harbiy kuchlari bostirib kelganda, Yaponiyada deyarli ikki asrdan beri davom etib kelgan yakkalanishdan voz kechib, tashqi dunyo bilan savdo-aloqalar o‘rnatishga majbur bo‘lgan edi.
Yaponiyaning ikkinchi marta kashf etilishi hukmron doiralar, ayniqsa harbiylarning millatchilik mafkurasi va siyosatining inqiroziga sabab bo‘lgan hamda demokratik islohotlarga yo‘l ochib bergan hodisa – yapon militaristlarining Ikkinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchragani bilan izohlanadi.
Yaponiyaning uchinchi marta kashf etilishi o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab bugungi kungacha davom etib kelayotgan jarayon – mamlakatning jahon savdo iqtisodiy, ijtimoiy-siyossiy, ilmiy-texnik va madaniy - ma’naviy aloqalari va jahon hamjamiyati bilan tobora uyg‘unlashib va aloqadorlikka kirib borayotgani bilan bog‘liq. Bu jarayon mamlakat ichki hayotida tub o‘zgarishlarga, uning taraqqiy etgan davlatlarga xos andaza va me’yorlarga mos ravishda rivojlanishiga imkon yaratdi.
Ikkinchi jahon urushi tarixida “Osiyo fronti” masalasi doim ham ko‘pchilik tarixchilarning qiziqishlariga sabab bo‘lgan. Buning sabablaridan bittasi 1920 – yillardan boshlab Yaponiya militarizmi g‘oyasining shakllanishi va bunday g‘oyani jamiyat ongiga singdirilishida. Yaponiyaning bu davrda olib borgan siyosati asosan Sharqiy Osiyodagi barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan bo‘lib, bu sohada Tokioning manfaatlari katta edi. Yaponiya Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi dunyoning yirik davlatlari o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib borayotgan siyosatidan norozi edi. Chunki bu siyosatda Tokio o‘zini kamsitilogandek sezayotgan edi. SHu sababli ham Yaponiya bu makonda Tokio tomonidan o‘ziga xos “imperialistik zona-hudud” yaratmoqchi va buhududni o‘zi iqtisodiy va siyosiy jihatdan nazorat qilishni maqsad qilib qo‘ygan edi.
Yuqorida qayd etilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda Yaponiya Xitoyga qarshi ochiq bosqinchilik siyosati olib bora boshladi. XX asrning boshlaridan boshlab Xitoyda bunday agressiyaga qarshi uzoq yillik qarshi kurashi boshlandi. Bu davr tarixchilar tomonidan Xitoyning Yaponiyaga qarshi kurash davri sifatida e’tirof etiladi. Bu davrdagi yapon-xitoy munosabatlari Xitoyning Respublika davlatchiligi evolyusiyasi tarixida va mazkur urushning Xitoy tarixiga ta’sir etishi borasida katta muammolarga sabab bo‘ldi. Bunday urush davridagi Xitoyning ijtimoiy-siyosiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Aytish mumkinki, bu urush Xitoy jamiyatining taraqqiyotini va umuman ijtimoiy-siyosiy hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi.