Ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishida taklif etilgan materiallar, yigilgan ma’lumotlar oliy o‘quv yurtlari talabalari, litsey va kollej o‘quvchilari uchun foydali bo‘lishi mumkin. AKademik litsey, kasb-hunar kollejlarida tashkil etilgan to‘garaklarda, fakultativ darslarda, tarix fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.
Ishining tuzilishi. Kurs kirish, 3 qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, elektron variantdan tashkil topgan.
1. Yaponiya bosqinining boshlanishi va Xitoy hududini uch qismga bo‘linib ketishi.
X1X asrning oxirlari va XX asrning boshlarida Xitoy deyarli Evropa davlatlarining ta’siri va ko‘p jihatdan tazyiqi ostida rivojlangan bo‘lsa, endi asta-sekin vaziyat o‘zgara boshladi. Yaponiya o‘zining militaristik siyosati va maqsadlaridan kelib chiqib, Xitoyni har tomonlama o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qila boshladi. Xitoyda mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyat va undan turli siyosiy kuchlarning manfaatdorligi, Xitoy jamiyatining etakchilari ham bir-biri bilan kelisha olmasligi, turli partiyalar va siyosiy guruhlarning maqsadalari ham bir xil emasligi va hokazolar Yaponiyaning Xitoyni bosib olish sohasidagi intilishlarini kuchaytirdi. Yaponiya Xitoyning ichki siyosiy vaziyati va jamiyatning ijtimoiy hayotida barqarorlik yo‘qligi, etakchi kuchlarning ham manfaatlari bir-biriga zid ekanligi kabi omillardan ustalik bilan foydalandi.
Agar XIX asrning oxirlaridan boshlab Xitoy armiyasi nemis modeli asosida tuzilgan va uning faoliyati ham mana shu asosda qurilgan bo‘lsa, XX asrning boshlariga kelib esa xitoy armiyasida yaponlarning ta’siri sezila boshladi. Endi bu armiya Yaponiya modelini olishga intildi. Yaponiya militaristlari o‘z maqsadlariga etdilar. Chunki ularning irodasiga XIX asrning oxirlarida Rossiya halaqit bergan bo‘lsa, endi ular o‘z orzularini Xitoy armiyasida namoyon eta boshladilar. Uning kuch qudrati xitoy millatchilarining havasini keltirib, ularni yanada kuchliroq kurashga chorlar edi. Ular yaponlarning tajribasini qo‘llashga intila boshladilar. Bundan tashqari Yaponiyada harbiy sohada o‘qish, u yerga borish ham nisbatan ancha arzon va yapon tilini o‘rganish ham oson edi.
Yaponiya –Xitoy urushining boshlanishi davrida Evropa davlatlari bu mamlakatga nisbatan e’lon qilinmagan urush olib borayotgan edilar. Ular turli iqtisodiy va siyosiy yo‘llar bilan bu mamlakatni deyarli egallab olgan edilar. Ular endi bunday egallab olish usulidan okkupatsiya usuliga, ya’ni bosib o‘tish yo‘liga o‘tishni rejalashtirb turgan edilar. Global makonda o‘z siyosatlarini o‘tkazishga harakat qilayotgan davlatlar Xitoy madaniyati va Xitoy sivilizatsiyasiga ham qarshi edilar. Ular bu madaniyatning Yer yuzida ta’siri ortib ketishidan hayiqar edilar.
Aytish lozimki, ko‘p vaqtdan beri Xitoyda Yaponiyaning ta’siri kuchli bo‘lib, bu ikki mamlakat o‘rtasida turli solhalarda yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan edi. Yaponiyaning ko‘plab tadbirkorlari Xitoy hududida o‘zlarining iqtisodiy faoliyatlarini olib borar edilar. Xitoy va Yaponiya xalqi o‘rtasida ham savdo-sotiq, madniy va boshqa sohalarda uzoq davrlardan beri o‘zaro munosabatlar yaxshi tarqqiy etgan bo‘lib, Xitoyliklar Yaponiyaga borib ishlashga va o‘qishga intilar edilar. Yaponiyaning asosiy maqsadi esa turli yo‘llar bilan Xitoy jamiyatini bosib olish va unga o‘z ta’sirini o‘ztkazishdan iborat edi. XX asrning 20-30 yillariga kelib Xitoy mamlakati ijtimoiy hayotining biror bir sohasi qolmadiki, unda Yaponiya o‘z ta’sirini o‘tkazmagan bo‘lsa.
Harbiy sohada Yaponiyaning ta’siri qanchalik kuchli ekanligini quyidagi hodisadan ham ko‘rish mumkin: 1906 yilda Xitoy hukumati Baotyan harbiy akademiyasining kadetlar uchun tashkil etilgan qisqa kurslariga tanlov e’lon qildi. Bu akademiya asosan YAponya modeli asosida qurilgan bo‘lib, undagi o‘qituvchilar ham Yaponiyadan taklif etilgan edi. 1907 yilda talabalar orasidan YAponida o‘qish uchun nomzodlar tanlay boshlandi. Yaponiyaga o‘qishga kelganlar endi harbiy akademiya qoshida tashkil etilgan harbiy maktabga o‘qishga qabul etildilar va 3 yil davomida o‘qib keyin harbiy akademiyaga qabul qilindilar. O‘qishdan keyin bu guruh yapon armiyasida harbiy xizmatni o‘tash uchun shimolga Takadaga yuborilar edi. Yaponiya armiyasida tartib o‘ta qattiq bo‘lib, u so‘zsiz imperator uchun qurbon bo‘lish uchun tayyor edi. Ularning qat’iy harbiy ruhiyati va kayfiyati ham juda ko‘tarinki bo‘lib, bunday asosga qurilgan harbiy-texnik tayyorgarligi ham yuqori edi. Armiyada tartib juda kuchli bo‘lib askarlar deyarli yarim och holda, qiyin iqlim sharoitida xizmatni o‘tar edilar.
Xitoydan kelgan askarlar uchun Yaponiyada siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki uning asosida chiqishlar va matbuotda turli materiallar e’lon qilish man etilgan edi. SHunday bo‘lsada xitoyliklar Yaponiyada siysiy faoliyat yurituvchi va revolyusiyaga tayyorgarlik ko‘ruvchi yashirin jamiyat “Xitoy ligasi”ga birlashgan edilar.
Yaponiya Xitoyda Amerika Qo‘shma shtatlari va SSSRning ta’siri kuchli bo‘lishidan qo‘rqar edi. U Xitoy davlatini Respublika sifatida mavjud bo‘lishiga qarshi edi. Bu davrda Yaponiya hukumati boshida turgan shaxslar endi “Qizil imperiya”, ya’ni Sovei Ittifoqining ta’sirdan qo‘rqar edilar. AQSH va SSSR har biri ham bu davrda Xitoyda o‘zlariga mos keluvchi davlatni shakllantirish va uni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirishni istar edilar. Xitoyni yagona davlat sifatida tashkil etishni hohlar edilar. Yaponiya hukumati Qizillarning ta’siri Yaponiyaga ham etib kelishini o‘ylab, Xitoyni bosib olishni tezlashtirishga urindilar. Ularning asosiy maqsadi Osiyoda Yaponiyaga mos tushadigan va uning geosiyosiy manfaatlariga javob beradigan “yangi tartib” o‘rnatishdan iborat edi. Ularning fikricha Yaponiya mamlakati o‘ziga xos bo‘lib, uning jamiyati quyidagi sifatlarga ega edi:
1.YAponlarning xarakteri va fe’l-atvori boshqa millatlarnikidan ustun;
2.Yaponiyaning siyosiy tizimi eng takomillashgan tizimdir;
3. Yaponiya imperiyasi kelib chiqishi va boshqa jihatlaridan muqaddasdir;
4.Osiy mintaqasi, jumladan Xitoyda ham Yaponiyada o‘rnatilgan “yangi tartib” o‘rnatilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, bu narsa Xitoy uchun ham muhimdir.
Yaponiya Xitoyga qarshi olib boradigan urushi natijasida birdaniga SSSRning Xitoy va Mongoliyada ta’siri kuchayishini ham oldini olmoqchi edi.
Qizil Armiya tarafdorlari bu davrdagi davlat rahbari Chan Kayshi hukumatini yo‘q qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edilar. Ular Chan Kayshidan iste’foga chiqishini talab etar edilar. Kommunistlar Chan Kayshi mamlakatni chet elliklar qo‘liga topshirishga ham tayyor, deb hisoblar edi. Ular Evropa davlatlari, Yaponiya, AQSH bilan Xitoy o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalar va tuzilgan shartnomalar Xitoy xalqining huquqlarini cheklashi, ularning manfaatlarini himoya etmasligi, hamda demokratiya va erkinlik tamoyillariga mos kelmasligini aytar edilar. Ammo shunga qaramasdan Chan Kayshining harbiy kuchlari Qizil Armiya kuchlariga qaraganda kuchliroq edi. SHu sababli ham ular o‘rtasidagi kurashlarda Chan Kayshining qo‘li uzun keldi.
Chan Kayshi tarixga “Xitoy Bonaparti” nomi bilan kirdi. Ma’lumki, Lui Bonapart o‘z hukumatini kuch ishlatish, diktatura yo‘li bilan, bosqinchilik yo‘li bilan ushlab turgan. Uning tarjimai holi ko‘plab siyosiy o‘yinlar bilan ham bog‘liq. Chan Kayshi ham 20 yil davomida davlat tepasida turdi. U davlat tepasiga bonapartizmga xos yo‘llar bilan keldi. Chan Kayshi Xitoy tarixida katta iz qoldirgan tarixiy shaxs.
1933 yil bahordan boshlab Chan Kayshi va uning tarafdorlari Yaponiyaning bir qator talablariga rozi bo‘ldi. 1933 yil 31 mayda Tanguda tuzilgan kelishuvga asosan Yaponiya Xitoyning shimolida bir qator imtiyozlarga ega bo‘ldi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri Manchjou-Go bilan temir yo‘l aloqalari va pochta-telegraf aloqalari o‘rnatildi. SHu yo‘l bilan Yaponiya Xitoy bilan munosabatlarida dastlabki muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu hududda Yaponiya agressiyasi boshlandi.
Aytish mumkinki, 1937 yil iyulda Yaponiya Osiyoda Ikkinchi jahon urushini boshladi. Urush harakatlarini u shimoli-Sharqiy Xitoy hududida hujumdan boshladi. Avgust oyida yaponlar SHanxay atrofida o‘z desantlarini joylashtirdilar. YAponlarga qarshi Gomindan kuchlari qattiq kurash olib bordilar. Faqat ikki oylik kuchli janglardan keyingina flot yordamida SHanxay shahrini egallashga muvaffaq bo‘ldilar. 1937 yil yanvar oyida SHanxay tomondan xujum boshlagan yaponlar Nankin shahri-poytaxtni egallab oldilar. Kuchli janglarda Xitoy armiyasi o‘zining deyarli barcha tanklari, samoletlari va harbiy dengiz floti atilleriyasini yo‘qotdi. Mamlakat rahbari Chan Kayshi poytaxtni g‘arbiy tomonga Xanchjou shahriga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Nankin shahrining mudofaasi yaxshi tashkil etilmagan edi. SHu sababli yapon kuchlari 12 dekabr kuni Nankin shahrini egallab oldilar. YAponlar Nankinga kirib kelganlaridan so‘ng mahalliy aholini qtira boshladilar. Bu kunlar tarixga “Nankin qirg‘ini” nomi bilan kirgan. Bu kunlari yaponlar tomonidan 60 mingdan tortib 340 minggacha aholi qirib tashlandi. Bu kunni xotirlab hozirgacha Xitoyda doimiy noroziliklar e’lon qilinib turadi. Bu hodisa xitoyliklarning yaponlarga qarshi noroziligini doimiy manbai bo‘lib qolgan.
Yaponiyaning Xitoyni bosib olishi natijasida Xitoy uchta katta hududlarga bo‘linib ktdi. Ular:
1.1932 yildan tashkil bo‘lgan Manchjou-Go davlati;
2.1937-1938 yillarda egallab olingan SHimoliy, Sharqiy va Janubiy Xitoyning ayrim hududlari;
3.”Erkin Xitoy” provinsiyasi.
Xitoy davlatining Yaponiya xujumi natijasida bunday hududlarga bo‘linib ketishi mamlakat uchun o‘ta salbiy oqibatlarga olib keldi. Chunki amalda Xitoy uchta davlatga bo‘linib ketdi. Endi uningn suveren davlat sifatida mavjud bo‘lishi qiyinlashib ketdi. Ular yagona hukumatni qog‘ozda tan olsalarda, bu hududlarda mahalliy administratsiya o‘zi hohlagansalik siyosat o‘tkazar edi. Mamlakat barqarorligi to‘la izdan chiqib endi markaz va chekka hududlarning munosabatlari ham amalda yagona davlat doirasida emas edi. Bunday munosabatga Yaponiya armiyasining strategiyasi, uning siyosiy-harbiy qo‘llayotgan usullari, mahalliy hukumat etakchilarining manfaatlari, ularning o‘zaro munosabatlari hamda mahalliy hukumat bilan bosqinchilarning o‘zaro munosabatlari ta’sir ko‘rsatar edi. Chunki Yaponiyaning harbiy kuchlari egallagna hududalrida o‘zi hohlaganchalik siyosat olib borar va istaganchalik tartib o‘rnatar edilar.
Bu davrdagi Xitoyni o‘ziga xos, mustaqil hududlarni birlashtirgan mamlakat, deb aytish mumkin edi. Bunday vaziyat Yaponiya militaristlarining tanlagan liniyasi bo‘lib, ular o‘z oldiga qo‘ygan dastlabki maqsadldaoiga erishdilar va bunday ustalik bilan amalga oshirgan siyosiy hatti harakatlari natijasida 1931 yilda Manchjuriyani bosib oldilar. 1937 yildagi Yaponiya agressiyasi Yaponiyaning Xitoydagi navbatdagi bosqini bo‘ldi.
YApon bosqinchilariga qarshi Xitoy bo‘ylab kuchli qarshilik harakatlari boshlandi. Xitoyning Yaponiyaga qarshi olib blorgan kurashi davrini uchta bosqichga bo‘lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |