3) Ibtidoiy odamlarning ham bilimlisi kuchli bo‘lgan. (Mani fikrim)
12 – Dars
|
Metallmaslar:
1.VODOROD .
2.GALOGENLAR .
3.XALKOGENLAR .
4.AZOT GRUPPACHASI.
5.UGLEROD GRUPPACHASI .
6.BOR GRUPPACHASI .
7.INERT GAZLAR .
8.MINERAL O‘G‘ITLAR
|
Metallmaslar
Elementlar shartli ravishda «metallar» va «metallmaslar»ga ajratiladi.
Metallmaslar. Metallmaslar 22 ta bo‘lib, 11 tasi gazsimon, 1 tasi suyuqlik, 10 tasi qattiq moddalar bo‘lib, davriy sistemada 2 tasi s – element (H, He), 20 tasi p – elementlar oilasiga kiradi. Metallmaslarga issiqlikni yomon o‘tkazishi, dielektriklik (elektr tokini o‘tkazmaslik), elektromanfiyligini yuqoriligi, oksidlovchilik xossasining qaytaruvchilik xossasidan yuqoriligi xosdir. Metallmaslar insonga qadimdan ma’lum, fosfor (XII-XVII) siydik tarkibidan olingan, mishyak XIII asrda, vodorod XVII asrda, kislorod, azot, xlor, tellur XVIII asr oxirida, brom, yod, kremniy va bor XIX asrning birinchi yarmida, ftor va nodir gazlar XIX asrning oxirida kashf qilingan. Metallmaslar atomlari o‘zaro kovalent bog‘ hosil qiladi (H – H, Cl – Cl, H – F, S – Cl, H – O, N – O). Ular metallar bilan ion bog‘ hosil qiladi (Al – H, Na – Cl, K – F, S – Mg, Ca – O, Na – N). Metallmaslarning oksidlari kislotalar hosil qiladi, ya’ni kislotali oksidlar deyiladi. vodorodli birikmalari gazsimon moddalar bo‘lib (NH3, H2S, HCl, HF, HBr, CH4, SiH4, C2H4), H2O – suv odatdagi sharoitda suyuqlik va ko‘pchiligi molekulalararo (suyuq va qattiq holatda) vodorod bog‘lar hosil qiladi. Metallmaslarning oddiy moddalari C, S, Si, B, P va inert gazlar – nomolekulyar tuzilishli, H2, N2, O2, O3, F2, Cl2, Br2, I2, At2, P4, S6 – molekulyar tuzilishli bo‘ladi. Nomolekulyar tuzilishli metallmaslar kristall panjarasi tugunlarida atomlar joylashadi va atom kristallar hosil qiladi. Ularning panjarasida har qaysi atomni qurshagan boshqa atomlar soni 8 – n ga teng (n– metallmasning davriy sistemadagi gruppa raqami) bo‘ladi. Masalan: oltinchi gruppa elementlari selen va tellur kristall panjarasida har qaysi atom atrofida 2ta (8 – 6 = 2) qo‘shni atom bo‘ladi, beshinchi gruppa elementlari mishyak va fosfor kristallarida har bir atom atrofida 3tadan (8 – 5 = 3) atom bo‘ladi.
Metallmaslar o‘zaro birikib (HF – gidridlar, NO – oksidlar, CS2 – sulfidlar, AsI3 – yodidlar, SiC – karbidlar, CN – nitridlar va h.k.) turli moddalar hosil qiladi. Ular metallar bilan birikib gidrid, borid, karbid, silitsid, nitrid, fosfid, oksid, sulfid, selenid, galogenidlarni hosil qiladi.
VODOROD (N2)
3 ta izotopga ega, birinchi element, metallmas. Vodorod koinotda eng ko‘p tarqalgan element bo‘lib, quyosh va yulduzlar massasining yarmini tashkil etadi.
Engil vodorod, diprotiy. Tabiiy vodorod (protiy) izotopi va barqaror (deyteriy – D) izotopi hamda radioaktiv (tritiy – T) izotopidan tarkib topgan. Metallmas. Kristall strukturasi geksogonal. Rangsiz qiyin suyuqlanuvchan gazsimon modda. Suvda juda oz, organik erituvchilarda esa yaxshiroq eriydi. Metallar (Fe, Ni, Pt, Pd) bilan xemosorbsiyalanadi. YUqori haroratlarda kuchli qaytaruvchi; metallar, metallmaslar, metall oksidlari bilan reaksiyaga kirishadi.
Mr = 2,016; d(q) = 0,08667(–260); d(s) = 0,08667(–253);
ρ = 0,08988 g/l (n.sh.); tsuyuq = – 259,19 ºC; tqayn = – 252,87 ºC;
Do'stlaringiz bilan baham: |