D2 – dideyteriy
Og‘ir vodorod. Rangsiz qiyin suyuqlanadigan gazsimon modda. Tabiiy vodorod 0,012 – 0,016% (mass.) D2 saqlaydi (qolgani – 1N2 va 20,4∙10-17% (mass.) T2). D2 ning 1N2 bilan gaz aralashmasida izotopli almashinishi yuqori haroratlarda sodir bo‘ladi. Oddiy va og‘ir suvda juda kam eriydi. Kimyoviy xossalari jihatidan 1N2 ga o‘xshaydi, lekin reaksion qobiliyati unga nisbatan pastroq.
Mr = 4,028; d(s) = 0,17(–253); tsuyuq = – 254,5 ºC; tqayn = – 249,49 ºC.
T2 – ditritiy
O‘ta og‘ir vodorod. Rangsiz gazsimon modda. Radioaktiv (β-nurlar chiqaradi), yarim emirilish davri 12,34 yil. Kimyoviy xossalari jihatidan N2 ga o‘xshash. Atmosferada 14N yadrolari bilan kosmik nur neytronlari ta’siri natijasida hosil bo‘ladi, juda kam miqdorlarda tabiiy suvlarda uchraydi. Olinishi – yadro reaktorlarida litiy yadrolari sekin neytronlar bilan bombardimon qilinadi.
Mr = 6,032; tsuyuq = – 252,52 ºC; tqayn = – 248,12 ºC.
Do'stlaringiz bilan baham: |