Agar fanga oid terminlar noaniq bo‘lsa, fanning o‘zi noaniqdir


Dimitriy Ivanovich Mendeleev 20 yanvar 1907 yilda olamdan o‘tadi



Download 1,99 Mb.
bet46/77
Sana23.01.2022
Hajmi1,99 Mb.
#402979
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77
Bog'liq
2 5199426415707030200

Dimitriy Ivanovich Mendeleev 20 yanvar 1907 yilda olamdan o‘tadi.
XVIII asrning oxirlarida 25 ta element ma’lum edi. XIX asrning birinchi choragida yana 19 ta element kashf qilindi. Elementlarning kashf etilishi bilan ularning fizikaviy va kimyoviy xossalari ham o‘rganilib borildi. Bularning hammasi kimyogarlar oldiga elementlarni sistemalashtirish muammosini qo‘ydi. Lavuaze, Berselius, Debereynerlar o‘z vaqtlarida elementlarni guruhlarga ajratishga urunganlar. Lekin bu ishlarning birortasida ham elementlar orasidagi uzviy bog‘liqlik topilmagan. CHuqur ilmiy bashorat va taqqoslashlar asosida D.I.Mendeleev 1868 yil dekabr oyida tabiatning muhim qonuni – kimyoviy elementlarning davriy qonunini ta’riflaydi. Qonunning Mendeleev ta’riflagan qoidasi: “oddiy moddalarning (elementlarning) xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining xossalari elementlarning atom massalariga davriy ravishda bog‘liq bo‘ladi”. Bu davrda atom tarkibi va tuzilishi hali no’malum edi. SHuning uchun atomning asosiy tavsifi sifatida uning massasi olingan edi. Atom tuzilishi aniqlanib, atomning tarkibi (elektron, proton, neytron) aniqlangandan so‘ng davriy qonunga boshqacha ta’rif berildi. Qonunning hozirgi zamon qoidasi: “kimyoviy elementlar va ular birikmalarining xossa va tuzilishlari element atomlari yadro zaryadlariga davriy ravishda bog‘liqdir”. Davriy qonunni grafik ifodasi davriy sistema deyiladi va D.I.Mendeleev 1870 yil 1 mart kuni davriy sistemani tuzgan. Bu uzun davrli davriy sistema edi. Davriy sistemaning 100 dan ortiq ko‘rinishlar bo‘lib, bu sohada Lotar Meyerning xizmatlari juda katta. Hozirgi kunda davriy sistemaning “qisqa davrli” va “uzun davrli” ko‘rinishlaridan foydalaniladi.

Mendeleev taklif qilgan davriy sistemaga bir muncha o‘zgartirishlar kiritilib, davriy sistemaning hozirgi varianti tuzilgan. U 7 ta davr va 8 ta gruppadan iborat. Elementlarning ishqoriy metaldan boshlab, inert gaz bilan yakunlanadigan gorizontal qatorlarga davrlar deyiladi. I, II, III davrlar kichik davrlar deyiladi. Ular bitta qatordan iborat. IV, V, VI davrlar katta davrlar deyiladi. Ular ikkita qatordan iborat. VII davr tugallanmagan davr deyiladi. Katta va kichik davr elementlarini o‘z ichiga olgan vertikal qatorlar gruppa deyiladi. Har bir gruppa asosiy yoki bosh (A) guruhcha va qo‘shimcha yoki yonaki (B) gruhchalarga bo‘linadi. Elementlar atom tuzilishi turlicha bo‘lganligi uchun bosh va qo‘shimcha guruhchalarga ajratilgan.



Gruppa

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII (inert gazlardan tashqari)

YUqori oksidi

E2O

EO

E2O3

EO2

E2O5

EO3

E2O7

EO4

Oksid gidrati

EON

E(ON)2

E(ON)3

N2EO3

N3EO4

N2EO4

NEO4

N4EO4

Gidridi

EN

EN2

EN3

EN4

EN3

N2E

NE



Elementlarning davrlar bo‘yicha taqsimlanishi






Davrlar

Davrdagi elementlar soni

Pog‘onalarda elektronlarning taqsimlanishi

1







K

L

M

N

O

P

Q

2

I

2

2













3

II

8

2

8











4

III

8

2

8

8









5

IV

18

2

8

18

8







6

V

18

2

8

18

18

8





7

VI

32

2

8

18

32

18

8



8

VII

20

2

8

18

32

32

11

2

Elementlarning davriy sistemadagi joylashgan o‘rniga asoslanib ularning xossalari qo‘shni elementlar xossalarining o‘rtachasi deb qaralishi mumkin.


 

Atom yadro va elektrondan iborat elektroneytral zarracha.

Elementar zarrachalar:














Biror bir elementdan boshqasini olish uchun uning protonlar sonini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Element atomining o‘z-o‘zidan nurlanishi radioaktiv emirilish deyiladi. Radioaktiv emirilish natijasida alfa va betta zarrachalar (elektromagnit to‘lqin) atrofga sochiladi.





Radioaktiv siljish qonuni (K.Fayans va F.Soddi 1913 yil): Agar yadro tarkibidan har bir alfa zarracha chiqib ketganida hosil bo‘lgan yangi elementning tartib nomeri 2taga massasi esa 4 birlikka kamaysa, har bir betta zarracha sochilganda esa yangi hosil bo‘lgan elementning tartib raqami bittaga ortadi, massasi esa o‘zgarmay qoladi. Birinchi marta tabiiy radioaktivlikni 1895 yil A.Bekkerel uran yadrosining emirilishida kuzatgan.



YAdrolar parchalanishi natijasida turli xil jarayonlar sodir bo‘ladi:



1) α – emirilish. Og‘ir elementlarda (massasi 200 dan katta) kuzatiladi, bunda elementning zaryadi 2 taga, massasi 4 taga kamayadi:



2) β– emirilish. Bunday jarayonda yadrodagi neytron proton va elektronga aylanadi va katta energiyali elektron yadrodan otilib chiqadi. Hosil bo‘lgan elementning zaryadi bittaga ortadi, massasi o‘zgarmaydi. Izobar hosil bo‘ladi.

3) β+ – emirilish. Bunday jarayonda yadrodagi proton neytron va pozitronga aylanadi va katta energiyali pozitron yadrodan otilib chiqadi. Hosil bo‘lgan elementning zaryadi bittaga kamayadi, massasi o‘zgarmaydi. Izobar hosil bo‘ladi.



4) K – orbitaldagi elektronning yadroga “qulashi” (“qamralishi”) yadrodagi protonning biri yadroga eng yaqin orbitaldan (K – qavat) elektronni biriktirib olishi va neytronga aylanishiga olib keladi. Hosil bo‘lgan elementning zaryadi bittaga kamayadi, massasi o‘zgarmaydi. Izobar hosil bo‘ladi.



5) γ – nurlanish. Odatda yadro turli emirilishlar sodir bo‘lganda, turli energiyali zarralar hosil bo‘ladi. Bu energiyalar farqi elektromagnit to‘lqin energiyasiga teng, ya’ni gamma nur deyiladi.

Sun’iy radioaktivlik:

1919 yilda birinchi bo‘lib yadroviy reaksiyani sun’iy ravishda E.Rezerford quyidagi jarayonda kuzatadi:



jarayonni qisqa ko‘rinishi

Olimlarning kuzatgan ayrim sun’iy yadro reaksiyalari:









Atom yadrosi musbat zaryadli zarracha bo‘lib, yadro maydonida manfiy zaryadli elektron aylanma harakat qiladi. Qarama-qarshi zaryadlar o‘zaro tortilish kuchiga ega. YAdro bilan elektron bir-birini doimo tortib turadi. Tortilish kuchi elektron yadroga qancha yaqin bo‘lsa shuncha kuchli bo‘ladi. 1s2s2p3s3p4s3d4p va h.k. qatorda elektron bilan yadro tortilish kuchi kamayib boradi. Elektron xususiy energiyaga ham ega bu energiya elektronning ichki energiyasi deyiladi. 1s2s2p3s3p4s3d4p va h.k. qatorda elektronning xususiy energiyasi ortib boradi, ya’ni elektronning xususiy energiyasi qancha katta bo‘lsa, u yadrodan shuncha uzoqda bo‘ladi. Elektron xususiy energiyasining son qiymati kvant sonlari bilan ifodalanadi. Kvant sonlari 4 xil bo‘ladi:

1) Bosh kvant son – n (en) harfi bilan belgilanadi va elektronning pog‘onadagi o‘rnini bildiradi. U birdan boshlab barcha butun sonlarni qabul qiladi. n = 1,2,3,4,5,6,7 va h.k. Bosh kvant son qiymatidan pog‘onadagi maksimal elektronlar sonini formula bilan topish mumkin.

2) Orbital kvant son – l (el) harfi bilan belgilanadi va elektronning pog‘onachadagi o‘rnini bildiradi. Uning qiymati bosh kvant songa bog‘liq l = n – 1. Orbital kvant son qiymatidan pog‘onachadagi maksimal elektronlar sonini


formula bilan topish mumkin. Orbital kvant soni elektron bulutining (elektronning harakat troektoriyasi, orbitasi) shaklini bildiradi. Ularning belgilari s – sfera (shar), p – power (gantel yoki kuch), d – depower (ikkita gantel), f – flawer (gul) degan so‘zlarning bosh harflaridan olingan.

 



S - orbital

uchta p – orbitallar




 




beshta d – orbitallar


3) Magnit kvant son – m (em) harfi bilan belgilanadi va elektronning orbitaldagi o‘rnini bildiradi. U orbital kvant sonning barcha manfiy va musbat qiymatlarini qabul qiladi. m = – l + l. Masalan: l = 1 bo‘lsa, m = – 1, 0, + 1 bo‘ladi va h.k. Orbital kvant son qiymatidan pog‘onachadagi maksimal yacheykalar sonini


formula bilan topish mumkin.

4) Spin kvant soni – ms harfi bilan belgilanadi va elektronning o‘z o‘qi atrofida aylanishini bildiradi. Elektron o‘z o‘qi atrofida soat strelkasi bo‘yicha aylansa to‘g‘ri spinli deyiladi va +½ qiymat qabul qilib ↑ bilan belgilanadi, agar soat strelkasiga teskari aylansa teskari spinli deyiladi va – ½ qiymat qabul qilib ↓ bilan belgilanadi.

SHunday qilib, kvant sonlari har bir elektronning atomdagi joylashgan o‘rnini, tartibi, energiyasi, harakat shakli, holatini aniq ko‘rsatib beradigan asosiy kattalikdir.

Pauli prinsipi (1925 yil Pauli): Bitta atomda to‘rttala kvant sonlari qiymati bir xil bo‘lgan ikki va undan ortiq elektron bo‘lishi mumkin emas.

Gund qoidasi (Gund): Ko‘p orbitalli pog‘onachalar avval bir xil spinli elektronlar bilan, keyin qarama-qarshi spinli elektronlar bilan to‘ladi.


Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish