Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
47
w
www.oriens.uz
2021
February
sharoitda Suqrot o‘limidan so‘ng Aflotun Yunonistonning boshqa shaharlaridan
tubdan farq qilgan Spartaga o‘z e’tiborini qaratadi.
Sparta tashqi siyosati harbiy faoliyat bo‘lgan ustuvorlikdan
biri sifatidagi
polisni o‘zida namoyon etardi. Inson erkinligi hayotining ilk daqiqalaridanoq
chegaralanar edi: oqsoqollar kengashi yangi tug‘ilgan chaqaloqni yashash yoki
o‘lishini aniqlab berardilar. Oilada tarbiya topish muddati o‘g‘il bolalarda ham,
qizlarda ham faqat yetti yoshgacha etib belgilangan. Yetti yoshdan keyin ular harbiy
san’t to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishlari uchun maxsus qo‘shinlarga –
“agela”larga yuborilardi. Lekin Spartada boshqa polislardan farqli tomoni ayollarning
o‘rni tan olinardi. Spartalik ayollar qizlik paytlaridanoq
yigitlar bilan bir qatorda
harbiy saboqlarni o‘zlashtirar edilar. Balog‘at yoshida esa shahar hayotida faol
faoliyat olib borardilar.
Plutarx Spartada shakllangan ijtimoiy tizimni quyidagicha tasvirlagan:
“Likurg... hamfuqarolarni boshqalardan alohida yashashni bilmaslik va istamaslikni
o‘rgatdi, aksincha, ular asalarilarga o‘xshab har doim birga o‘zlarining
boshqaruvchilari atrofida yashashlari zarur edi...” [18, 116].
Shuning uchun ham Suqrotning o‘limiga olib kelgan afinaliklar qo‘zg‘alonidan
keyin Aflotun o‘zining e’tiborini uning oldida ideal davlat ko‘rinishida turgan: bosh
ko‘tarishlarsiz, tub burilishlarsiz hamda qo‘zg‘olonlarsiz bo‘lgan Spartaga
qaratganini hayron qolarli joyi yo‘q. Aflotun o‘zining “Davlat”
nomli asarida inson
erkinligining chegaralanishini ko‘rsatadi, fuqarolarni esa uch turkumga bo‘lishga
qaror qiladi: soqchilar, jangchilar va oddiy insonlar. Yolg‘on Aflotun bo‘yicha
hukumatning imtiyozli huquqi sanaladi. Faqat yolg‘on tufayli fuqarolar tomonidan
davlatning asosiy dogmati qabul qilinadi. Xudo insonlarni uch xil turdan bunyod
etgan: “eng
yaxshilari oltindan ishlangan, sal kamroq yaxshilari – kumushdan va
oddiy xalq – mis va temirdan. Oltindan qilinganlari soqchi bo‘lish uchun yaroqli,
kumushdan ishlanganlari jangchilar bo‘lishi kerak, qolganlar esa jismoniy mehnat
bilan shug‘ullanishlari zarur” [15, 629].
Aflotun “Davlat”da davlat boshqaruvchilarini – soqchilar, faylasuflar – o‘sib
borishiga katta e’tibor qaratadi. Aynan faylasuflar
narsalarning asl mohiyatini
anglashga qodirdirlar. Shu tufayli ham o‘z diologiga “G‘or” allegoriyasini kiritadi.
G‘or tasviriga muvofiq u faylasuflarni bilan o‘z navbatida asir sanalgan oddiy
odamlar farqini ochib beradi. Ular g‘orning asirlari, chunki ular noreal narsalarni,
ya’ni ularni soyalarini qabul qiladilar. Faqat faylasufgina g‘or
tutqunligidan qutilib,
quyosh bilan ilk uchrashuvdagi achishtiruvchi og‘riqni yengan holda, yorug‘likka
chiqishga qodir.