OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
XITOYSHUNOSLIK FAKULTETI
XITOY FILOLOGIYASI KAFEDRASI
“ADABIYOTSHUNOSLIK” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Lao Shening ,,Mushuklar saltanati xotiralari” romani badiiyati.
Bajaruvchi: Xitoy filologiya yo‘nalishi 4-kurs talabasi Muhiddinova Sarvinoz
Tekshiruvchi: Katta o’qituvchi Komilova Shahnoza
Toshkent 2021
MUNDARIJA
KIRISH
II BOB.
MUNDARIJA
KIRISH 3
I BOB. , "Begona xalqdan zamonaviy Xitoyda qaytib kelgan yozuvchi
1.1 Lao Shenning zamonaviy xitoy adabiyotida tutgan o’rni ............................ ..9
1.2 "Qo'rqinchli simmetriya: XX asr Xitoyda kelajak romani" ....13
II BOB ,,Mushuklar saltanati’’ning shakl va mazmuni
2.1 O'zga sayyoralik orqali mahalliy hukumatni tanqid qilish sabab va oqibatlari15
2.2 Zamonaviy Xitoyda ayollar tanasini ozod qilish : feminizm, erkinlik ........19
XULOSA 22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 25
ILOVA……………………………………………………………………………27
Bizning eng katta boyligimiz –bu xalqimizning ulkan
intellektual va ma’naviy salohiyatidir.
Sh.M.Mirziyoyev.1
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgach siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma`rifiy sohalarda turli o‘zgarishlar, yangiliklar ko‘zga tashlana boshlandi. Respublikamiz taraqqiyoti kun sayin yuqori pog‘onalarga ko‘tarilib, o‘z madaniyati, tili, urf-odatlari biz yoshlarning ilmga bo‘lgan salohiyati bilan dunyo sathlarida samarali foydalangan holda dunyo mamalakatlarini o‘rganish, ularning dini, urf-odatlari, madaniyati, tilini bilishi zarurdir.
Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi amalga oshirayotgan islohotlarimizning samaradorligi avval xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning o‘rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir.
Dunyoda globallashuv va axborot almashinuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan bir paytda Xitoy Xalq Jumxuriyati madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, shuning bilan birga fan-texnika, sport, ta`lim va boshqa sohalarda ham jahon jamiyati bilan keng miqyosda integrallashib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Xitoy va O‘zbekiston munosabatlari haqida shunday degan edi: “O‘zbekiston va Xitoy aloqalari ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, Buyuk ipak yo‘li davriga borib taqaladi. Xalqlarimiz o‘rtasida azal-azaldan barqaror savdo-sotiq, ilm-fan va gumanitar aloqalar yo‘lga qo‘yilgani, madaniyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz bir-birini boyitgani haqidagi ko‘plab yorqin misollar tarix sahifalariga muxrlangan” .2
Do'stlaringiz bilan baham: |