2-mavzu. Qadimgi davr (Misr, Shumer, Xitoy, Hindiston)
Sharq adabiyotshunosligi
Misr adabiyotshunosligiga asos bo‘lgan manbalarni keltiring.
A. “Ehrom matnlari”, “Marhumlar kitobi”, “Bilgamish”.
B. Demotik adabiyot, “Shi-tszin” (“Qo‘shiqlar kitobi”), “Mahabxorot”.
V. “Tarixiy kutubxona”, “Ehrom matnlari”, “Marhumlar kitobi”.
G. “Ramayana”, “Marhumlar kitobi”, “Tarixiy kutubxona”.
“Bilgamish” eposi qaysi sohalarni o‘zida birlashtirgan adabiy manba hisoblanadi?
A. Adabiy-estetik, diniy va huquqiy qarashlar.
B. Miflardan iborat diniy qarashlar, falsafa kitobi.
V. Adabiyot, tarix va geografiyaga oid manba.
G. Mustaqil dostonlar turkumi, xalq eposi.
Qadimgi Xitoy estetikasining asosi sanalgan Konfutsiy ta’limoti qaysi manbalarda aks etgan?
A. “Shu-tszin” (“Tarixiy afsonalar kitobi”), “Yuj-tszin” (“Musiqa kitobi”), “Tszin” (“O’zgarishlar kitobi”).
B. “Di-tszin” (“Rasm-rusum va axloq kitobi”), “Chun-tsyu” (“Bahor va kuzlar” kitobi), “Bilgamish”.
V. “Shi-tszin” (“Qo‘shiqlar kitobi”), “Tszin” (“O’zgarishlar kitobi”), “Ramayana”.
G. “Di-tszin” (“Rasm-rusum va axloq kitobi”), “Chun-tsyu” (“Bahor va kuzlar” kitobi), “Marhumlar kitobi”.
Qadimgi hind adabiy manbalarini sanab bering.
A. “Mahobxorot”, “Rigvedalar”, “Bilgamish”.
B. “Barahman kitobi”, “Rigvedalar”, “Shi-tszin” (“Qo‘shiqlar kitobi”).
V. “Ramayana”, “Mahobxorot”, “Panchatantra”.
G. “Rigvedalar”, “Barahman kitobi”, “Marhumlar kitobi”.
3-mavzu. Antik (Yunon, Rim) adabiyotshunoslik
Yunoniston adabiyotshunosligi taraqqiyotiga hissa qo‘shgan qaysi allomalarni bilasiz?
A. Gomer, Suqrot, Aflotun, Vergiliy.
B. Suqrot, Aflotun, Arastu, Ezop.
V. Aflotun, Arastu, Gomer, Konfutsiy.
G. Arastu, Tsitseron, Ezop, Psevdo-Longin.
Rim adabiyotshunosligi namoyandalari nomlarini keltiring.
A. Vergiliy, Lukretsiy-Karr, Plotin, Psevdo-Longin.
B. Plotin, Lukretsiy-Karr, Seneka, Ezop.
G. Plotin, Psevdo-Longin, Pergiliy, Arastu.
D. Aflotun, Arastu, Vergiliy, Plotin.
Qaysi adabiyotshunoslikka oid asarlar Arastu hakimga tegishli.
A. “Poetika”, “Ritorika”, “Axloqi kabir” (“Katta etika”), “Metafizika”.
B. “Ritorika”, “Poetika”, “Davlat”, Qonunlar”.
V. “Metafizika”, “Poetika”, “Ritorika”, “Yuksaklik haqida”.
G. “Axloqi kabir” (“Katta etika”), “Poetika”, “Ritorika”, “Metamorfozalar”.
Arastu hakimning “Poetika” asarida adabiyotshunoslikning qaysi yo‘nalishlari aks etgan?
A. Mimesis, katarxis, adabiy tur va janrlar, xarakterlar.
B. Adabiy tur va janrlar, uslublar, avtor va qahramon.
V. Katarxis, xarakterlar, tragediya, realizm.
G. Xarakterlar, mimesis, katarxis, germenevtika.
Arastu hakimning “Ritorika” asarida qaysi uslub turlari haqida so‘z boradi?
A. Yuqori uslub, quyi uslub, gotik uslub, realistik uslubi.
B. Quyi uslub, gotik uslub, mimesis, katarxis.
V. Yuqori uslub, quyi uslub, mimesis, publitsistik uslub.
G. Ishontirish usuli, nutq uslubi, yuqori uslub, quyi uslub.
Do'stlaringiz bilan baham: |