VI. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Adabiyotshunoslik ilmida badiiy asar tahlili alohida ilmiy-amaliy jarayon sifatida qaraladi. Ushbu fan ham barcha tur va janrdagi adabiy asarlar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘llanilayotgan tahlil metodlaridan biridir. Ushbu fan doirasida adabiyotshunoslikdagi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari jalb qilinadi hamda kompyuter yordamida badiiy asarni o‘rganish tamoyillariga amal qilingan holda badiiy tahlilga kirishiladi. Jamiyatni demokratlashtirish jarayonida va iqtisodiyotni bozor tamoyiollari asosida isloh qilishda ushbu fan yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi va barcha tahlil jarayonlariga ijodiy yondoshishni shakllantirishga yordam beradi.
Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun tavsiya etiladigan taxminiy mavzular:
Qadimgi turkiy yodgorliklarning formal-poetik xususiyatlarini o‘rganish.
Moniylik mifologiyasida ramziy obrazlar talqini. Moniylik oqimidagi adabiyotda doimiy kultlarni o‘rganish (dars davomida “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi)
Buddaviylik oqimidagi adabiyotlarning matniy xususiyatlarini o‘rganish.
Beruniyning o‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar va “Mineralogiya” asarlaridagi rivoyat. afsona va hikoyatlar tahlili.
Tarixiy obrazlar va ularning taraqqiyoti (Jome’ ut-tavorix” va “To‘rt ulus tarizi”dagi O’g‘uz xoqon shaxsi va “O’g‘uznoma” dostonining qiyosiy tahlili) ni o‘rganish.
“Yusuf va Zulayho” dostoni va Musoning “Ibtido” kitobidagi Yusuf qissasini qiyosiy o‘rganish.
Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni asosida badiiy tasvir vositalari poetikasini o‘rganish (Munozarali dars metodidan foydalaniladi).
Agiografik asarlardlagi badiiy tasvir vositalari poetikasini o‘rganish.
VII. Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlarini tashkil qilishda tavsiya etilgan ilmiy muammo yoki masala yuzasidan talabalarga avvaldan seminar rejasi va unga muvofiq adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Seminar mashg‘ulotlariga ko‘proq nazariy muammolar olib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.
Magistrantlar seminar mashg‘ulotlarida mumtoz tarixiy poetika oid ubkan olimlarning asarlarini o‘rganadilar, shu davr bo‘yicha nazariy va amaliy ma'lumotlarga ega bo‘ladilar hamda o‘zlashtirilgan ma'lumot asosida jadid adabiyoti tarixi haqida tushunchaga ega bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Quyidagi mavzular seminar mashg‘ulotlarining taxminiy rejasi sifatida tavsiya qilinadi:
O’rta Osiyo, Eron va Ozarbayjon xalqlari miflaridagi mushtarak va farqli jihatlar.
“Oltun yorug‘” asarida adabiyotshunoslik terminlari va janrlar poetikasi talqini (Beruniyning “Hindiston” asari bilan qiyosiy aspektda).
O’rta Osiyoda X-X11 asrlarda arab adabiyotshunosligi masalari.
Qays Roziy va mumtoz poetika masalalari (dars davomida aqliy hujum metodidan foydalaniladi).
O’rta Osiyoda fors adabiyotshunosligi masalalari.
O’zbek adabiyotshunosligida tarixiy poetika masalalarining o‘rganilishi.
O’zbek folklorshunosligida tarixiy poetika masalalarining o‘rganilishi.
Turkiy xalqlar sehrli ertaklari poetikasi masalalari.
Adabiyotshunoslikda ramziy obrazlar va mif munosabatlarining o‘rganilishi masalalari.
XU1-X1X asrlar o‘zbek adabiyotida janrlar poetikasini o‘rganish masalalari.
Xalq kitoblarining janr xususiyatlari va ularning o‘rganilishi masalalari.
O’tmish tarixiy asarlari va tarixiy poetika munosabatlari.
Rus adabiyotshunosligida tarixiy poetikani o‘rganish masalalari.
Izoh: Seminar mashg‘ulotlari talabalarni adabiyot tarixiga oid ma'lumotlar bilan mustaqil tanishishga, ularni tahlil va talqin etishga yo‘naltiradi. Talabalar egallagan bilimlarini darslarda munozara yoki ma'ruza shaklida himoya qiladi.
Mazkur ro‘yxatdagi mavzulardan seminar mashg‘ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda tanlab foydalanish tavsiya etiladi.