Mavzuga doir adabiyotlar:
Alisher Navoiy. Majolisu-n-nafois G’ MAT. 13-jild. T.: Fan, 2002.
Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar G’ Tanlangan asarlar. 1-tom. - T.: Fan, 1968.
Bobur. Muxtasar. T.Fan, 1971.
Boltaboev H. Tazkiralar zikri. T.: MUMTOZ SO‘Z, 2015.
Valixo‘jaev B. O’zbek adabiyotshunosligi tarixi. X-XV asrlar. T., 1993.
Sharq mumtoz poetikasi H.Boltaboev talqinida. T.: O’MEDIN, 2008.
Qudratullaev H. Boburning adabiy-estetik qarashlari. T., 1998.
Hayitmetov A. Alisher Navoiyning adabiyotshunoslikka doir qarashlari. T.: Fan, 1959.
6-mavzu. EVROPADA O’RTA ASRLAR va UYG’ONISh DAVRI ADABIYoTShUNOSLIGI. XVII-XVIII ASRLAR G’ARB ADABIYoTShUNOSLIGI
Reja:
Ilk o‘rta asrlarda antik adabiyotshunoslik davomi.
Vizantiyada adabiy-estetik qarashlar.
San’atda “muo‘addas yolg‘on” nazariyasi. F.Akvinskiy.
Evropa Uyg‘onish davri adabiyotshunosligi manbalari.
Italyan uyg‘onishi va Dantening “Xalq nutqi” traktati.
Leonardo da Vinchi san’at asarining jonliligi xususida.
Ingliz adabiyotshunosligi: Shekspir va ishonch nazariyasi.
Frantsuz adabiyotshunosligi. Petrarka va Bokachcho.
Evropa klassitsizmining shakllanishi.
N.Bualo va uning uch birlik qonuni.
Ingliz adabiyotshunosligi maktablari. Yum, Berkli.
Frantsuz ma’rifatchiligi. J.J.Russo, D.Didro.
Germaniyada ma’rifatchilik. Gyotening adabiy qarashlari.
Lessing she’riyat va san’atning plastik turlari haqida.
Ilk o‘rta asrlarda antik madaniy merosga munosabat
Antik davrdan o‘rta asrlarga o‘tish er kurrasining barcha mintaqalarida bir xilda kechmagan. Agar G’arbda, xususan, Rim imperiyasida va unga tobe mamlakatlarda Iso Masih tavalludi va uning payg‘ambarligi va Rim qonunchiligi tomonidan xochga tortilish masalasi yangi eraning birinchi asrini boshlab bergan bo‘lsa-da, Er yuzining yarmidan ko‘p mamlakatlari xalqlarining diniy e’tiqodlarini, hayot tarzini va madaniyatini ko‘p xudolikdan masihiylik yakka xudoga tomonga o‘zgartirib yuborishi uchun 3-4 asr davomida majusiylik va masihiylikni yo‘qotish, qirg‘in qilish bilan shug‘ullandilar.
Yangi eraning 3-4-asrlarida Rim imperiyasining ikkiga: G’arbiy va Sharqiy Rim imperiyalariga bo‘linib ketishi, Evropa shimolidan kelgan vestgotlar va ostgotlar G’arbiy imperiyani bosib olishi, so‘nggi imperator, valiahd Romul Britaniyaga kochib ketishi, Sharqdan kelgan jangovor xunning vestgotlarga va ostgotlarga qarshi jang qilib, G’arbiy Rimni tiklashga urinishi shurolar davridagi tarix kitoblarida yozilmas edi. Rim maydonlarini bezab turgan haykallarni yiqitayotgan vandallarni xunlar deb aldar edi. O’rta asrlarda xristianlik rasmiy din deb imperator Konstantin davrida e’lon qilingan. Shungacha va shundan keyin ham xristian mutafakkirlari antik ma’daniy merosni chuqur o‘rganish asosida yangi diniy ta’limot (aslida yahudiy Bani Isroil payg‘ambari Muso alayhissalomga nozil qilingan Kadimgi Ahd-Tavrot muqaddas kitobida bayon qilingan, keyinchalik Iso Masih hayoti va aytgan so‘zlari bilan bog‘liq Yangi Ahd-Injil talimotidan boshlab antik ma’naviy merosni tanqid qilish boshlangan edi.
Antik davr oxirlarida yashagan muallif Avl Gelliy «Attika kechalari» kitobida yozishicha, Afina tirani Fisasurat juda boy kitob xazinasi to‘plab, ulamolarga o‘qishga ruxsat bergan ekan. Eron-Yunon urushi vaqtida (mil. av. VI asr) Kserks (Kayxusrav) Afina shahrini bosib olganda kitob xazinalarini Eronga olib ketgan. Makedoniyalik Iskandar yurishlaridan keyin Salavka Erondagi bu kitob xazinalarini yana Afinaga qaytargan. Aleksandrning vafotidan keyin lashkarboshilikning ayovsiz kurashida g‘olib chiqqan Ptolemey I Lag uning avlodlari Misrning poytaxti Iskandariyada Muzeyon va katta kutubxona qurilganida 700000 ga yaqin nodir kitoblarni shu erda to‘plab, asragan olimlarga foydalanish uchun sharoit yaratib bergan. A.Gelliy yana yozishicha, Yuliy Tsezar Misrni bosib olish uchun kelganida dengiz janglari natijasida Iskandariya kutubxonasi bir qismi yonib ketgan.
Ilk o‘rta asrlarda masihiylarning mutaassib bo‘lmagan iste’dodli ulamolarining antik madaniyatga xos badiiy yuksak asarlarini: mantiq, falsafa, geometriya, astronomiya, tibbiyot sohalaridagi muvaffaqiyatlarni e’tirof qilgani holda qadimgi yunonlarning diniy e’tiqodlari chalkash va soxta ekanligini, ular yakka Xudo yaratgan tabiatning qudratli kuchlarini xudo deb sig‘inishlarini keskin tanqid qildi (Donishmand Suqrot Zevsni, Afina, Afrotida, Poseydonlarni xudo deb tan olmagani uchun o‘limga hukm qilinishi hokimiyat natijasi edi).
Suriyalik masihiy faylasuf Tatian «Yunonlarning faylasuflari ko‘p maqtanmasinlar, ular varvarlarga (yunon va rumlik bo‘lmagan xalqlarga) mensimay qarashga haqlari yo‘q. Ko‘p fanlarni yunonlar o‘sha varvarlardan o‘rganib olganlar. Astronomiya ilmini Bobil olimlari, magiyani forslar, geometriyani misrliklar, yozuvni finikiya olimlari kashf etgan. Orfey yunonlarni ashula aytish va she’r yozishga, taskanaliklar xaykaltaroshlikka, frigiyaliklar nay chalishga, misrliklar tarix yozishga o‘rgatganlar. Ellinlarning shu jihatdan kibrlanishiga asos yo‘q. Tatnan fikricha, bu ilmlar va sanatning inson diniy etiqodi uchun keragi ham yo‘q. (Hozirgi ba’zi yoshlar, aksincha, ashula, musiqa bo‘lsa bas. Diniy etiqodning ahamiyati yo‘q, deb o‘ylamoqda). Lekin boshqa xristian olimlari Lionli Iriney va Aleksandriyalik Kliment keyingi fikrga qo‘shilmaydi. ”Bu ilmlar va sanat foydali, uni o‘rganishga arziydi” (L.Iriney). “Har bir gnostik (ilm tolibi) ellinlarning donishmandligini va maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarni o‘rganishi zarur» (A.Kliment). Shu bilan birga Aleksandriyalik Kliment yunonlarning ko‘pgina fanlarni sharq xalklaridan olganligi haqidagi fikrga qo‘shiladi.
Ilk o‘rta asrlarda G’arb va Sharq estetikasi tarixi bilimdoni V.V.Bichkov to‘g‘ri aniqlab ko‘rsatganidek, antik falsafaga, majusiylik madaniyatiga qarshi kurashda xristian mutafakkirlari Arnabiy, Kliment, Laktanliy, Kvintimant, Yustin va boshqalar o‘z falsafasini ishlab chiqdilar. Shularning bahs-munozaralari, ter to‘kib qilgan tavhidlari, yakka xudolikni dalillash uchun qilgan mehnatlari sababli antik madaniyat yodgorliklari ham chuqur o‘rganilib, keyingi asrlargacha etib keldi. Xristian faylasufi Germiy yunon mifologiyasida inson ruhi bilan jismi sehr-jodu yordamida turli hayvonlarga aylanib qolishi (Odisseyning do‘stlari bir orolda cho‘chqaga aylanib qolishi «Evrilish») haqidagi tasavvurlar ustidan kulib bunday kinoya kiladi: Inson mangu o‘lmaydi, bundan quvonaman (boshqa faylasufga ko‘ra). Inson o‘ladi, bunga yig‘layman. Goh meni atomlarga bo‘lib yuboradi. Men goh suvman, goh havoman goh olovman. Yana bir qarasam, suv ham emasman, havo ham emasman, olov ham emasman qandaydir hayvon yoki baliqman. O’z badanimga qarab nimaligimni bilmay qo‘rqib ketaman: insonmanmi, itmanmi, bo‘rimanmi, ho‘kizmanmi ajdahomanmi? (Ba’zi qadimgi xalqlarning hayvonlarga sig‘inishiga ishora, masalan, turkiy xalqlar bo‘riga, xitoy ajdahoga, misrliklar ho‘kiz yoki odam boshli arslon-sfinksga sig‘inishganiday). Qadimgi misrliklarning donishmandlari qalami nimani yozsa, o‘shanday: inson yo baliq bo‘lib suzadi, yo qush bo‘lib uchadi, ilon bo‘lib o‘rmalaydi, yo bo‘ri, it bo‘lib yuguradi. Men tabiatning boshlanishi hakida goh Anaksagar fikriga, goh Parmenid fikriga, goh Anaksimen fikriga qo‘shilaman. Ammo shu payt Empedokl Etna vulqonining olovli og‘zidan chiqib, «Hammasi yolg‘on! Olamning asosi - muhabbat va nafrat. Biri jamlaydi, biri ajratadi!» deb haykiradi. Mana shu jamlash va ajratishdan olamdagi barcha hodisalar yuz beradi. Bular bir-biriga o‘xshaydi ham, o‘xshamaydi ham; cheksiz ham, chegaralangan ham; mangu ham, o‘tkinchi ham emas. Qoyil! Empedokl, men sen bilan birga vulqon og‘zigacha ham borishga tayyorman!
Ammo shu payt narigi tarafda Protagor menga o‘rgatadi: Mavjudotlarning eng me’yoriga etgani insondir!» Protagorning haqiqatini qabul qilay deb turganimda Fales boshqa haqiqatni taklif qiladi. Anaksimador 3-haqiqatni, Aflotun 4-haqiqatni, Arastu 5-haqiqatni taklif etadi va hokazo. (Har bir faylasuf o‘z fikri, g‘oyasini haqiqat deb biladi). Men endigina «insonlarning mardi» Epikur fikriga qo‘shilay deb turganimda Kleanf uni masxara qila boshlaydi. Karnead bilan Klitomax esa falsafa bilan olam sirlarini tushunib bo‘lmasligini isbotlaydi.
Yashirin bilimlarini faqat o‘z muhiblariga o‘rgatib, kelajak avlodlarga qoldiruvchi faylasuflar ham bor (O’z zamonidagi zolim podshohlar bu bilimlardan foydalanib, xalqni qullikka solmasligi uchun yaxshi zamonlar kelganida foydalanishadi, deb yashirganlar. Masalan, Pifagorning yashirin maktabida eng yosh tinglovchilar bilganlarini 5 yilgacha sir saqlab, «soqovlik» muddatini o‘tashi zarur edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |