Adabiyotshunoslik tarixi



Download 0,86 Mb.
bet46/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Mavzuga doir adabiyotlar:

  1. Alisher Navoiy. Majolisu-n-nafois G’ MAT. 13-jild. T.: Fan, 2002.

  2. Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar G’ Tanlangan asarlar. 1-tom. - T.: Fan, 1968.

  3. Bobur. Muxtasar. T.Fan, 1971.

  4. Boltaboev H. Tazkiralar zikri. T.: MUMTOZ SO‘Z, 2015.

  5. Valixo‘jaev B. O’zbek adabiyotshunosligi tarixi. X-XV asrlar. T., 1993.

  6. Sharq mumtoz poetikasi H.Boltaboev talqinida. T.: O’MEDIN, 2008.

  7. Qudratullaev H. Boburning adabiy-estetik qarashlari. T., 1998.

  8. Hayitmetov A. Alisher Navoiyning adabiyotshunoslikka doir qarashlari. T.: Fan, 1959.

6-mavzu. EVROPADA O’RTA ASRLAR va UYG’ONISh DAVRI ADABIYoTShUNOSLIGI. XVII-XVIII ASRLAR G’ARB ADABIYoTShUNOSLIGI
Reja:

  1. Ilk o‘rta asrlarda antik adabiyotshunoslik davomi.

  2. Vizantiyada adabiy-estetik qarashlar.

  3. San’atda “muo‘addas yolg‘on” nazariyasi. F.Akvinskiy.

  4. Evropa Uyg‘onish davri adabiyotshunosligi manbalari.

  5. Italyan uyg‘onishi va Dantening “Xalq nutqi” traktati.

  6. Leonardo da Vinchi san’at asarining jonliligi xususida.

  7. Ingliz adabiyotshunosligi: Shekspir va ishonch nazariyasi.

  8. Frantsuz adabiyotshunosligi. Petrarka va Bokachcho.

  9. Evropa klassitsizmining shakllanishi.

  10. N.Bualo va uning uch birlik qonuni.

  11. Ingliz adabiyotshunosligi maktablari. Yum, Berkli.

  12. Frantsuz ma’rifatchiligi. J.J.Russo, D.Didro.

  13. Germaniyada ma’rifatchilik. Gyotening adabiy qarashlari.

  14. Lessing she’riyat va san’atning plastik turlari haqida.



Ilk o‘rta asrlarda antik madaniy merosga munosabat
Antik davrdan o‘rta asrlarga o‘tish er kurrasining barcha min­­ta­qalarida bir xilda kechmagan. Agar G’arbda, xususan, Rim impe­riyasida va unga tobe mamlakatlarda Iso Masih tavalludi va uning payg‘ambarligi va Rim qonunchiligi tomonidan xochga tor­ti­lish masalasi yangi eraning birinchi asrini boshlab bergan bo‘lsa-da, Er yuzining yarmidan ko‘p mamlakatlari xalqlarining diniy e’ti­­­­qod­larini, hayot tarzini va madaniyatini ko‘p xudolik­dan masi­hiylik yakka xudoga tomonga o‘zgartirib yuborishi uchun 3-4 asr da­vo­mida majusiylik va masihiylikni yo‘qotish, qirg‘in qilish bilan shug‘ullandilar.
Yangi eraning 3-4-asrlarida Rim imperiyasining ikkiga: G’arbiy va Sharqiy Rim imperiyalariga bo‘linib ketishi, Evropa shimolidan kelgan vestgotlar va ostgotlar G’arbiy imperiyani bosib olishi, so‘nggi imperator, valiahd Romul Britaniyaga ko­chib ketishi, Sharqdan kelgan jangovor xunning vestgotlarga va ostgotlarga qarshi jang qilib, G’arbiy Rimni tiklashga uri­nishi shurolar davridagi tarix kitoblarida yozilmas edi. Rim maydonlarini bezab turgan haykallarni yiqitayotgan vandallarni xunlar deb aldar edi. O’rta asrlarda xristianlik rasmiy din deb imperator Konstantin davrida e’lon qilingan. Shungacha va shundan keyin ham xristian mutafakkirlari antik ma’daniy merosni chuqur o‘rganish asosida yangi diniy ta’limot (aslida yahudiy Bani Isroil payg‘ambari Muso alayhissalomga nozil qi­lingan Kadimgi Ahd-Tavrot muqaddas kitobida bayon qilingan, keyinchalik Iso Masih hayoti va aytgan so‘zlari bilan bog‘liq Yangi Ahd-Injil talimotidan boshlab antik ma’naviy merosni tanqid qilish boshlangan edi.
Antik davr oxirlarida yashagan muallif Avl Gelliy «Attika kechalari» kitobida yozishicha, Afina tirani Fisasurat juda boy kitob xazinasi to‘plab, ulamolarga o‘qishga ruxsat bergan ekan. Eron-Yunon urushi vaqtida (mil. av. VI asr) Kserks (Kayxusrav) Afina shahrini bosib olganda kitob xazinalarini Eronga olib ketgan. Makedoniyalik Iskandar yurishlaridan keyin Salavka Erondagi bu kitob xazinalarini yana Afinaga qaytargan. Aleksandrning vafotidan keyin lashkarboshilikning ayovsiz ku­­­ra­­shida g‘olib chiqqan Ptolemey I Lag uning avlodlari Misrning poytaxti Iskandariyada Muzeyon va katta kutubxona qurilganida 700000 ga yaqin nodir kitoblarni shu erda to‘p­lab, asragan olimlarga foydalanish uchun sharoit yaratib bergan. A.Gelliy yana yozishicha, Yuliy Tsezar Misrni bosib olish uchun kelganida dengiz janglari natijasida Iskandariya kutubxonasi bir qismi yonib ketgan.
Ilk o‘rta asrlarda masihiylarning mutaassib bo‘lmagan iste’dodli ulamolarining antik madaniyatga xos badiiy yuksak asarlarini: mantiq, falsafa, geometriya, astronomiya, tibbiyot sohalaridagi muvaffaqiyatlarni e’tirof qilgani holda qa­dim­gi yunonlarning diniy e’tiqodlari chalkash va soxta ekanligi­ni, ular yakka Xudo yaratgan tabiatning qudratli kuchlarini xudo deb sig‘inishlarini keskin tanqid qildi (Donishmand Suq­rot Zevsni, Afina, Afrotida, Poseydonlarni xudo deb tan ol­ma­gani uchun o‘limga hukm qilinishi hokimiyat natijasi edi).
Suriyalik masihiy faylasuf Tatian «Yunonlarning fayla­suf­lari ko‘p maqtanmasinlar, ular varvarlarga (yunon va rum­lik bo‘lmagan xalqlarga) mensimay qarashga haqlari yo‘q. Ko‘p fan­larni yunonlar o‘sha varvarlardan o‘rganib olganlar. Astro­nomiya ilmini Bobil olimlari, magiyani forslar, geometriyani misrliklar, yozuvni finikiya olimlari kashf etgan. Orfey yunon­larni ashula aytish va she’r yozishga, taskanaliklar xay­kal­taroshlikka, frigiyaliklar nay chalishga, misrliklar tarix yozishga o‘rgatganlar. Ellinlarning shu jihatdan kibrlanishiga asos yo‘q. Tatnan fikricha, bu ilmlar va sanatning inson diniy etiqodi uchun keragi ham yo‘q. (Hozirgi ba’zi yoshlar, aksincha, ashula, musiqa bo‘lsa bas. Diniy etiqodning ahamiyati yo‘q, deb o‘ylamoqda). Lekin boshqa xristian olimlari Lionli Iriney va Aleksandriyalik Kliment keyingi fikrga qo‘shil­maydi. ”Bu ilmlar va sanat foydali, uni o‘rganishga arziydi” (L.Iriney). “Har bir gnostik (ilm tolibi) ellinlarning do­nish­mandligini va maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarni o‘rga­nishi zarur» (A.Kliment). Shu bilan birga Aleksandriyalik Kliment yunonlarning ko‘pgina fanlarni sharq xalklaridan olganligi haqidagi fikrga qo‘shiladi.
Ilk o‘rta asrlarda G’arb va Sharq estetikasi tarixi bilim­doni V.V.Bichkov to‘g‘ri aniqlab ko‘rsatganidek, antik falsa­faga, majusiylik madaniyatiga qarshi kurashda xristian muta­fak­kirlari Arnabiy, Kliment, Laktanliy, Kvintimant, Yustin va boshqalar o‘z falsafasini ishlab chiqdilar. Shularning bahs-munozaralari, ter to‘kib qilgan tavhidlari, yakka xudolikni da­lillash uchun qilgan mehnatlari sababli antik madaniyat yod­gor­liklari ham chuqur o‘rganilib, keyingi asrlargacha etib kel­­di. Xristian faylasufi Germiy yunon mifologiyasida inson ruhi bilan jismi sehr-jodu yordamida turli hayvonlarga aylanib qolishi (Odisseyning do‘stlari bir orolda cho‘chqaga aylanib qolishi «Evrilish») haqidagi tasavvurlar ustidan kulib bun­day kinoya kiladi: Inson mangu o‘lmaydi, bundan quvonaman (bosh­qa faylasufga ko‘ra). Inson o‘ladi, bunga yig‘layman. Goh meni atomlarga bo‘lib yuboradi. Men goh suvman, goh havoman goh olov­man. Yana bir qarasam, suv ham emasman, havo ham emasman, olov ham emasman qandaydir hayvon yoki baliqman. O’z badanimga qarab nimaligimni bilmay qo‘rqib ketaman: insonmanmi, itman­mi, bo‘rimanmi, ho‘kizmanmi ajdahomanmi? (Ba’zi qadimgi xalq­larning hayvonlarga sig‘inishiga ishora, masalan, turkiy xalq­lar bo‘riga, xitoy ajdahoga, misrliklar ho‘kiz yoki odam boshli arslon-sfinksga sig‘inishganiday). Qadimgi misrliklarning do­nishmandlari qalami nimani yozsa, o‘shanday: inson yo baliq bo‘lib suzadi, yo qush bo‘lib uchadi, ilon bo‘lib o‘rmalaydi, yo bo‘ri, it bo‘lib yuguradi. Men tabiatning boshlanishi hakida goh Anaksagar fikriga, goh Parmenid fikriga, goh Anaksimen fikriga qo‘shilaman. Ammo shu payt Empedokl Etna vulqo­nining olovli og‘zidan chiqib, «Hammasi yolg‘on! Olamning asosi - muhabbat va nafrat. Biri jamlaydi, biri ajratadi!» deb hay­kiradi. Mana shu jamlash va ajratishdan olamdagi barcha ho­disalar yuz beradi. Bular bir-biriga o‘xshaydi ham, o‘xshamaydi ham; cheksiz ham, chegaralangan ham; mangu ham, o‘tkinchi ham emas. Qoyil! Empedokl, men sen bilan birga vulqon og‘zigacha ham borishga tayyorman!
Ammo shu payt narigi tarafda Protagor menga o‘rgatadi: Mavjudotlarning eng me’yoriga etgani insondir!» Protagorning haqiqatini qabul qilay deb turganimda Fales boshqa haqiqat­ni taklif qiladi. Anaksimador 3-haqiqatni, Aflotun 4-haqi­qat­ni, Arastu 5-haqiqatni taklif etadi va hokazo. (Har bir fay­lasuf o‘z fikri, g‘oyasini haqiqat deb biladi). Men endigina «insonlarning mardi» Epikur fikriga qo‘shilay deb turganimda Kleanf uni masxara qila boshlaydi. Karnead bilan Klitomax esa falsafa bilan olam sirlarini tushunib bo‘lmasligini isbot­laydi.
Yashirin bilimlarini faqat o‘z muhiblariga o‘rgatib, kela­jak avlodlarga qoldiruvchi faylasuflar ham bor (O’z zamoni­dagi zolim podshohlar bu bilimlardan foydalanib, xalqni qul­likka solmasligi uchun yaxshi zamonlar kelganida foydala­nishadi, deb yashirganlar. Masalan, Pifagorning yashirin mak­tabida eng yosh tinglovchilar bilganlarini 5 yilgacha sir saq­lab, «soqovlik» muddatini o‘tashi zarur edi.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish