Vizantiyada ilk adabiy-estetik asarlar
Sharq va G’arb munozaralari besh asr (II –VII asrlar) davom etdi. Ammo ilk o‘rta asrlarda Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiyada qizg‘in bahslar xristian ulamolarining ma’jusiy antik madaniyati tarafdorlari bilan olib yuorilar edi. Lotin tilida yozgan xristian ulamolaridan Tertullian yunon falsafiy maktablarining barchasini ilohiyot ilmiga ko‘ra ikki katta guruhga bo‘ladi:
Olamni yaratuvchi va tartibga soluvchi Xudo bor va u yagona, deguvchi Aflotun yo‘nalishi.
Olam tabiat qonunlari asosida, chor unsur - materiyadan paydo bo‘lgan deguvchi Epikur yo‘nalishi.
Tertullian birinchi yo‘nalishni “Rlatonis humanitas” deb, ikkinchi yo‘nalishni “Epikuni duritsa” deb ataydi (ya’ni “Nozikta’b Aflotun yo‘nalishi” va “Axmoqona Epikur yo‘nalishi yoki materializmi”) Tertullian fikricha, materialistik falsafa moddiy olamni va uning narsalarini, elementlarini o‘rganadi, lekin shu olamni yaratgan. Birinchi sababchi kimligini bilmaydi. Aslida zohirda ko‘rinib turgan narsa nimaligini bilish uchun uni kim, qanday maqsadda bunyod etganini bilishi zarur. Xristian ulamolaridan Yustin fikricha, haqiqiy falsafa – Xudoning eng buyuk va eng qimmatli xazinasidir. Chunki u bizni Xudo dargohiga olib boradi. O’z aqlini falsafaga bag‘ishlovchi olimlar aziz-avliyolardir. Ammo afsuski, ko‘pchilik olimlar asosiy maqsad qolib ketib, turli falsafiy maktablarga ajralib ketdi. Ammo bu falsafiy maktablarning har birida haqiqatni izlashning o‘zi ham maqtovli, deydi.
Ilk o‘rta asrlarda so‘z ustasi, xristianlarning Tsitseroni deb tanilgan Laktantsiy keng ko‘lamli, ko‘p tomli “Ilohiy tanbehotlar” asarida majusiylik davridagi deyarli barcha faylasuflarni “haqiqatning eng xavfli dushmanlari” deb atadi. U ana o‘sha olamdagi barcha mavjudotlarning Birinchi sababchisi, Musabbihini, Xudoni bilmaganlari uchun barcha fikrlari soxta donishmandlikdan iborat. Laktantsiy “Ilohiy tanbehotlar”ning 3-tomini shu masalaga doir bahslarga bag‘ishlaydi. Xristianlik davri, ilk o‘rta asrlar falsafasining etuk tatqiqotchilaridan V.V.Bo‘chkov chuqur ma’noli xulosa qilib aytadiki, Laktantsiy shu asarida antik falsafa bilan ilk masihiylik falsafasi o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning asosiy ildizlarini aniqlab yurdi, mazkur bahsning yanada qizg‘in keyingi bosqichini esa Avgustin davom ettirdi.
Ilk o‘rta asrlardagi masihiylik falsafasining etakchi ustunlaridan bo‘lgan Tertullian antik falsafaning eng etuk vakili Arastuning asosiy quroli-dialektik mantiqni yo‘qqa chiqarishga harakat qilar ekan. O’zi ham dialektik mantiq bilan qurollanganini sezmay qoladi. U Arastu ishlab chiqqan mantiq qonunlarini bunday ta’riflaydi va talqin qiladi: U barcha faylasuflar va osiylar uchun bunyod etish va buzish san’ati bo‘lgan, fikrlarni o‘zgartirib turadigan, da’vo, iddaolarda faol, hamma narsani tadqiq etishga urinuvchi, hatto o‘zi uchun ham tushunish qiyin bo‘lgan dialektika san’atini fanga kiritdi. Yunon falsafasidagi (mifologiyasidagi deyish to‘g‘riroq bo‘lur edi) son-sanoqsiz masallar va geneologiyalar va qahramonlarning shajarasi bo‘lsa kerak, samarasiz savollar har yoqqa sochilib ketgan. Ko‘rinib turibdiki, Tertullian antik falsafaga qarshi kurashda badiiy, poetik fikrlashdan ham foydalangan.
Estetika olimlari A.F.Losev, V.V.Bichkov va boshqalar ta’kidlashicha, antik davr oxirlariga kelib, ko‘pchilik faylasuflar sofistika sohasiga ham dialektika san’atini tatbiq etib, yolg‘on fikrlarni ham o‘zlaricha to‘g‘ri deb isbotlay olar edilar. Bu bilan an o‘sha safistlar haqiqatga olib boruvchi dialektik fikrlash (arabda jadaliya-fikriy jang) san’atining qadrini pasaytirib yubordi. Arastu kelgusida shunday bo‘lishini bilganday “Sofistika” asarida ana shu yanglishtiruvchi fikrlar qanday yuz berishini, ulardan qanday saqlanish mumkinligini ko‘rsatib bergan.
Antik falsafaga qarshi kurashda Aflotunga hurmati baland bo‘lgan Aleksardriyalik Kliment aflotuncha dialektikadan foydalandi. Aflotunning g‘oyalar va soyalar nazariyasi, ruhiy olamning abadiyligi va moddiy mavjudotlarning o‘tkinchiligi, buzilishi (fasodi, Arastu ham, Forobiy va Ibn Sino ham “Qavn va fasod” - “Paydo bo‘lish va buzilish” nomli asarlar bor) Fazilatlar - ruhga, ko‘ngilga, dilga; illatlar, hayvoniy xohish-istaklar jismga aloqador” degan g‘oyalari masihiylik uchun ham, islom shariati va tariqatida ham qadrlanadi. Xristian himoyachilari Arnobiy, Laktantsiy, Kvintilian, Tertullian va boshqalar antik ma’naviy merosning shu umuminsoniy qadriyatlarga aloqador jihatlarini yaxshi o‘qib, o‘rganmagan ko‘rinadi.
Evropa klassitsizmining italyan (Skaliger), ingliz (Ben Donson), frantsuz (Per-Daniel Yue, Nikola Bualo) va olmon (Yustus Shottel) manbalari. Falsafada aql, san’atda qoida hukmronligi. Bekon va Dekart qarashlari. Gobbsning estetik psixologiyasi. Did va aql estetikasi. Klassitsizmning yangilanishi. Leybnits va Spinoza.
Ingliz adabiyotshunosligi maktablari. Yum va uning empirizmi. Idrok etish madaniyati (Berkli). Siyosat va san’at (Reyd). Go‘zallikning abstrakt mohiyati (Reynolds). Iste’dodning qoidalardan yuqori ekanligi.
Frantsiya va Italiyada yangi genetik metod (Viko). San’at va nutq (Kordilyak). Ma’rifatchilikning nazariy asoslari (Russo). Didro dramatik poeziya haqida.
Germaniyada ma’rifatparvarligining adabiy manbalari. Gyote va Shillerning estetik qarashlari. Lessing she’riyat va san’atning plastik turlari haqida. Gamburg dramaturgiya maktabi. Badiiy in’ikos nazariyasi (Morits).
Do'stlaringiz bilan baham: |