ORTGONAL PROYEKTSIYALARDA SOYALAR
Yorug’lik nurlari orqali ob’ektlarni yoritishda soyalar hosil bo’ladi. Soya hosil qilishda yorug’lik manbai va soya tushadigan tekislik talab etiladi.
Yoritish markaziy yoki parallel usulda bo’lishi mumkin. Bir nuqtadan chiquvchi yoritish nurlari (lampochka, sham va h.k.) hisobiga yoritish markaziy yoritish deb ataladi. Yorug’lik manbai (quyosh) cheksiz uzoqlikda joylashgan bo’lsa, uning nurlari bir – biriga parallel bo’ladi. Bunday yoritish parallel yoritish deb ataladi
P
S
Soyalarni qurishning asosiy geometrik masalasi ob’ekt va uning tushuvchi soyalarining konturlarini aniqlash hisoblanadi. Jismning yoritilmagan sirti jismning o’z soyasi deyiladi. Jismning yoritilgan qismi va o’z soyasini ajratib turuvchi chiziq - o’z soyasining konturi deb ataladi. Fazoviy jism yoritish nurlarini to’sib qandaydir sirtda Pga tushuvchi soya hosil qiladi. Tushuvchi soyani ajratib turuvchi chiziq tushuvchi soya konturi deyiladi. Tushuvchi soya konturi o’z soyasining konturi soyasidir.
Jismning o’z soyasi
O’z soyasining konturi
Tushuvchi soya konturi
V
H
W
S2
S1
S3
S
Tushuvchi soyani qurish uchun yorug’lik nurlarning yo’nalishini bilish kerak. Yoritish nurlarini S yo’nalishi sifatida kubning parallel diagonallari qabul qilingan. Bunday yoritish nurlaring proekstiyalar tekisligidagi V, H, W proekstiyalari koordinatalar o’qi (X, Y va Z)ga nisbatan mos ravishda 45º burchakni tashkil etadi.
NUR KUBI
45º
45º
H
V
A
A2
A1
A*2
(A*1)
A2
A1
(A*1)
S2
S1
NUQTANING SOYASI
Nuqtaning proekstiyalar tekisligidagi soyasi
A nuqtadan o’tuvchi S yorug’lik nurning proekstiyalar tekisligidagi izi A nuqtaning proekstiyalar tekisligidagi soyasi bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun nuqtaning proekstiyalar tekisligidagi soyasini qurish to’g’ri chiziq izini qurish kabi bajariladi. Shaklda V proekstiyalar tekisligini nur A*2 nuqtada kesib o’tadi. A*2 nuqta nur uchun frontal iz, A nuqta uchun V proekstiyalar tekisligidagi soyasi bo’ladi. Shuningdek, A*1 nuqta nur uchun gorizontal iz, A nuqta uchun H proekstiyalar tekisligidagi soyasi hisoblanadi. A nuqtaning A*2 – real soyasi, A*1 – mavhum soyasi, nur V proekstiyalar tekisligini H proekstiyalar tekisligiga nisbatan avval kesib o’tadi. Shaklda nuqtaning soyasini epyurda qurish ko’rsatilgan.
A*2
S
S2
S2
Do'stlaringiz bilan baham: |