5. Obraz, voqea va xarakterlarning Shartli bo`lishi, mavhum tushunchalarni
ifodalovchi tiplar yaratish. Romantizm qahramonlari o`zida jamiyatdagi real
ijtimoiy-sinfiy xususiyatlarni ifodalovchi tiplar bo`lmasdan, ko`pincha yaxshilik va
yomonlik kabi ham mavhum tushunchalarni ifodalovchi tiplar bo`ladi.
Jamiyatdagi kurashish ham romantizm asarlarida yaxshilik bilan yomonlik
kurashi sifatida talqin qilinadi.
6. Zamondan kuchli, isyonkor, qoniqmagan Shaxslar obrazini yaratish. Bu kabi
irodali, kuchli Shaxslar zamon bilan murosa qila olmaydilar, yangi, yaxshi hayotni
orzu qiladilar va shunga intiladilar. Romantik yozuvchilar zamon voqeligiga
isyonkorona munosabatda bo`ladilar. Ko`pincha ular qahramonlarni kutilmagan
holatlar, ekzotik muhitga olib borib qo`yadilar.
7. Borliqdan norozilik, idealdan najot izlash. Romantiklar o`zlari inkor etayotgan
borliqqa ideal orzuni qarshi qo`yadilar.
8. Tarixiylikning nisbiyligi. 9. Fantastik moyillik.
Biroq romantiklar Shartli, favqulotda holatlar, mubolag`a-lashtirilgan isyonkor
yakka qahramonlar orqali ham davrining ilg`or g`oya va intilishlarini ifodalay
oladilar, zamondan uzilib qolmaydilar.
10. Halq hayotining milliy xususiyatlarini berishga intilish. SHuning uchun
romantizm asarlarida milliy kolorit, milliy muhit yorqin chiziladi, xalq milliy
xarakteri, psixologiyasini ochishga harakat qilinadi. Xalq ruhining mukammal
ifodasini romantiklar folpklordan topadilar. SHuning uchun ham ular folpklor
asarlariga ko`p murojaat qiladilar. Buning yaxshi tomoni shundaki, ular birinchi
bo`lib badiiy adabiyotda san’atkorning xalq ijodidan foydalanish masalasini o`rtaga
tashlaydilar, buning yomon tomoni shundaki, folp-klordan xalq ruhi ifodasini qidirish
natijasida romantiklar ibtidoiy (patriarxal) munosabatni ideallashtirdilar.
Romantizm namunasi bo`lgan har bir asarda yuqorida keltirilgan belgi va
xususiyatlarning barchasi mujassam bo`lishini talab etish yoki har bir asardan
yuqoridagi barcha belgilarni qidirish to`g`ri bo`lmaydi. Hech bir asarda yuqoridagi
belgilarning hammasi birlikda va to`laligicha uchramaydi. CHunki romantizm ham
uslublarning o`ziga xosligi bilan bog`liq bo`lib, har bir san’atkorda o`ziga xos
ko`rinishlarda namoyon bo`ladi va har bir asarda yuqoridagi belgilardan u yoki
bunisigina uchraydi. Lekin romantizm namunalarining ko`pchiligi uchun umumiy
bo`lgan narsa-maqsadning voqelikka munosabatining ob’ektivligidir.
Romantizmning tarixiy ahamiyati shundaki, u klassitsizmning san’at va
san’atkor imkoniyatlarini cheklovchi, qotib qolgan qoidalariga qarshi kurash
jarayonida kelib chiqdi va uni inkor etib, yangicha estetik tamoyillarning qaror
topishida katta o`ringa ega bo`ldi.
Romantizm adabiyotda turli ijtimoiy tabaqalarning mavjud tartiblardan
noroziligi ifodasi sifatida maydonga chiqdi. Romantizmning mumtoz namunalarini
bergan Frantsiyani olar ekanmiz, u erda romantizm XU111 asr Frantsuz burjua
inqilobiga javob sifatida paydo bo`ldi. Burjua inqilobi butun omma manfaatlarini
o`zida ifodalagan edi. Bu inqilob olg`a surgan ozodlik, tinchlik, birodarlik g`oyalari
butun taraqqiyparvar insoniyatni ruhlantirdi, kurashga chorladi. Lekin inqilob g`alaba
qilganidan keyin bu ozodlik va birodarlik faqat hokimiyat tepasiga kelgan yirik
burjuaziya uchungina ekani ma’lum bo`lib qoldi. Bu holat mavjud tartiblardan
qanoat-lanmaslik, norozilik kayfiyatini tug`dirdi.
SHunday qilib, romantizm aldangan umidlar, uShalmagan orzular sifatida
dunyoga keldi.
Tarqqiyparvar romanitklar metod va yo`nalish sifatida to`la Shakllanmagan
bo`lsa ham uning muhim belgilarini Navoiydayoq uchratamiz. Navoiy ijodida
romantizm realistik unsurlar bilan uyg`unlashib ketadi. Masalan, Mehinbonu, SHirin,
Iskandar, Farhod obrazlarida davrning, kishilarning ezgu orzu-umidlari ifodalanadi.
SHu kabi real ijtimoiy xususiyatlarning emas, orzularning ifodasi bo`lgan obrazlar
romantik obrazlar bo`ladi. Bundan tashqari, Navoiy o`z qahramonlari obrazlarida real
ijtimoiy xususiyatlarni ifodalasada, ularning taqdirini romantik hal etadi, ularga
sub’ektiv munosabatda bo`ladi, ularning taqdirini o`z tushunchalariga muvofiq hal
etadi. Masalan, Mudbir yolg`onchi, ochko`z, ayyor, munofiq Shaxs bo`lib, bu
obrazda paydo bo`lib kelayotgan real burjuacha xususiyatlar o`z ifodasini topadi.
Lekin u qorni yorilib o`ladi. Bu esa orzu edi.
Navoiy ba’zan o`z asarlarida real ijtimoiy guruhlar o`rtasidagi ziddiyatni
tasvirlasa ham, ularni yaxshilik bilan yomonlikning tashuvchilari sifatida ko`rsatadi.
Masalan, Jobir dengizda qaroqchilik qilar ekan, podsho va Shahzodalarga azob
bergani holda, oddiy kishilarni qo`yib yuboradi. Demak, u o`zi chekkan azoblar
uchun zolimdan qasos oladi, kuraShadi. Navoiy realist sifatida jamiyatdagi sinfiy
kurashning ayrim belgilarini ifodalaydi. Biroq Navoiy romantik sifatida sinfiy
kurashni yaxshilik bilan yomonlik kurashi sifatida talqin qiladi. Jobir - jabr qiluvchi,
barcha yomonliklarning manbai sifatida ko`rsatiladi. Mana bunday ideal, hayoliy
tiplar romantizm uchun xosdir. Farhod bilan SHirin, Muqbil bilan Mudbir kabilar
ham ana shunday yaxshilik bilan yomonlikning umumlashmasi bo`lgan romantik
obrazlardir.
Romantik xususiyatlarni A.Qodiriyning asarlarida ham ko`ramiz. A.Qodiriy
garchi realist bo`lsa ham, uning asarlarida ijtimoiy ziddiyatlar ko`proq yaxshilik bilan
yomonlik kurashi tarzida talqin qilinadi. Bundan tashqari, Qodiriy asarlari uchun xos
bo`lgan emotsionallik, bo`yoqdorlik, milliy xususiyatlarga e’tiborning kuchliligi,
qahramonlarni ko`tarinki tasvirlash kabilar romantizm xususiyatlaridir. Masalan,
G`ulom Zafariyning poemalari xuddi mana shunday romantizmning tipik namunalari
hisoblanadi.
Romantiklar adabiyot tarixida birinchi bo`lib, klassitsizmning cheklangan
qonunlariga qarshi chiqadilar; adabiyotda ijod erkinligini yoqladilar. Ular o`z
asarlarida milliy xususiyatlarni berishga harakat qildilar, folpklorda haqiqiy xalq
ruhining ifodasini ko`rdilar va shu bilan yozma adabiyotda folpklor an’analaridan
foydalanishni boshlab berdilar. Romantiklar adabiyotning tasvir ob’ektini
kengaytirdilar, adabiyotda go`zallik bilan bir qatorda badbinlik, qahramonlik
muhitida yaShayotgan Shaxsning ichki dunyosiga katta e’tibor berdilar.
SHuningdek, keyingi davrda milliy adabiyotimizda turli usul va uslublarda ijod
qilish, asarlar yaratish tamoyili yuzaga kelmoqda. Bu esa albatta mustaqillik bilan
bog`liqdir. CHunki sobiq tuzum davrida yagona metod asosidagina ijod qilish
mumkin edi, bunga bo`ysunmaganlar esa turli ig`voyu bo`htonlar bilan qatag`on
qilindi yoki adabiyot maydonidan chetlashtirildi. Hozirda esa har xil siyosiy qolip va
mezonlardan
xalos
bo`lgan
milliy
adabiyotda
jahon
adabiyoti
va
adabiyotshunosligida ancha oldin tan olingan uslublarda asarlar yaratilmoqda. Bu
albatta ijobiy hol. CHunki so`z san’ati bo`lgan badiiy adabiyotda siyosat emas, san’at
xususiyatlari etakchilik qilishi Shart. Yillar davomida bizga yot deb qaralgan ushbu
metodlarda aslida inson, uning ruhiy tasviri va kechinmalariga asosiy e’tibor
qaratilgan. SHu ma’noda adabiyotimizdagi bunday har xillikni, turli-tumanlikni faqat
qo`llab-quvvatlash kerak, xolos.
Modernizm adabiyotidan yangicha epik rivoya qilish usul va Shakllarining
o`zbek adabiyotiga kirib kelish yo`llari va ba’zi xususiyatlari, bu sohadagi
izlanishlarning samaralari tanqidchilik-ning diqqat markaziga chiqmoqda. Buning
birinchi sababi, endilikda epik nasrimizda, xususan, romanchilikda yaqin o`tmishda
zararli deb qoralangan modernizm adabiyotining kashf etgan badiiy tasvir va ifoda
vositalarini oshkora qabul qilib, tajriba o`tkazayotgan adiblarning tobora ko`payib
borayotganligi bo`lsa, ikkinchi sabab, istiqlol Sharofati bilan sho`ro mafkurasining
zo`rlik va cheklashlaridan qutulganimiz natijasida adabiyotimizga modernizm
ta’sirida to`g`risida gapirishning imkoni tug`ilganidir.
Modernizm adabiyotida asosan muallif hikoyasi qahramonning xotirasi,
tasavvurlari, tush, bosinqirash orqali ifodalanadi, jumlalar sintaktik qoidalarga
bo`ysunmaydigan konstruktsiyalarda uzundan-uzoq, gapdagi so`z tartibi almashib
ketadi, faqat vergulning o`zigina ko`pincha jumladagi ma’noni bir qadar tartibga
solib, yaxlitlashtiradi. Predmet va manzaralar bus-butun holicha ko`rinmaydi,
voqealar silsilasi, holatlar suvrati munchoqdek tizilib, ko`z oldimizdan o`taveradi, joy
va vaziyatlarning o`rni almashinib ketadi, vaqt o`lchamlari nisbiylaShadi, hayot bilan
xayolning, uy bilan tashqari-ning, uyqu bilan bedorlikning chegarasi yo`qoladi. Ichki
hissiy (sensor) nutq, deb ta’kidlaydi amerikalik tadqiqotchi Melvin Fridman, qariyb
har doim uzuq-yuluq bo`ladi, unda sintaktik birlik buzilibgina qolmasdan, jumla va
iboralar, ayrim so`zlar ham to`la aytilmaydi. SHunday qilib, tuyg`u-kechinmalargina
emas, balki ong qa’ridagi sezgilar yohud inson psixikasining so`z bilan ifodalab
bo`lmaydigan tomonlarini berish imkoni yaratiladi. Ong qa’ridagi tuyg`ular
deganimiz insonning butun vujudini qamrab olgan, bir - biriga o`tib turuvchi ongli
holatni ham, ongsiz holatni ham o`z ichiga oladi. Unda fikr oqimi, qandaydir botiniy
kuch ta’sirida paydo bo`luvchi g`ira- shira ko`ngilga kelgan narsalar qiynalmasdan
o`z-o`zidan uzluksiz quyulib kelaveradi. Epik rivoyaning bunday usuli bizga T.Mann,
Passos, Folkner, Prust, Joys, Kafka, Kamyu, Markesning tasvir usulini eslatadi.
Modernizm adabiyoti poetikasini ijodiy o`zlashtirish tajribasi M.Mansurovning
«Mangu jang», H.Islom Shayxning «Tutash olamlar», O.Muxtorning «Ming bir
qiyofa», «Ko`zgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba», «Ffu» romanlari,
A.Saidning «Besh kunlik dunyo» romani, G`.Xotamning hikoya va qissalari,
O`.Umarbekovning «SHoshma, Quyosh», SH.Boshbekovning «Temir xotin»
dramalari ana shunday izlanishlar natijasidir. SHuni ta’kidlash zarurki, jaxonda ro`y
bergan keyingi iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar tufayli hamda istiqlol Sharofati bilan
mavzular, ijodiy metodlar sohasidagi cheklashlar barham topdi. Bu adabiyotimizning
erkin rivojlanishiga yo`l ochdi, turli uslub hamda metodlarda izlanishlar olib borish
uchun imkon yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |