Adabiyotshunoslik asoslar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/49
Sana25.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#580812
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
adabiyotshunoslikkkk

LIRO-EPIK TUR. Bu turda voqealarning nasriy tasviri muallif Shaxsining lirik 
obrazi, uning tuyg`ulari bilan uyg`unlikda beriladi. Masalan, «evgeniy Onegin» 
romanida asar qahramonlari Onegin, Tatpyana, Lenskiylar hayoti va taqdirinigina 
emas, shoirning ichki evolyutsiyasini ham ko`ramiz. Demak, liro-epik turda shoir 
voqea va obrazlarnigina emas, o`z ichki dunyosi, tuyg`u va kechinmalari ham berish 
imkoniga ega bo`ladi. 
Bu turga masalan, ballada, doston-poema, she’riy roman kabilar kiradi. Biroq 
janrlarning bu kabi bo`linishi ularda voqealarni qamrab olish hajmigina emas, muallif 
obrazi, uning kayfiyatini ochish imkoniyatlari ham hisobga olinadi. 
SHe’riy roman. Bu janr dostondan voqelikni qamrab olishning kengligi bilan 
ajralib turadi. Unda personajlarning o`zaro munosabatlari, muallifning voqea va 
personajlarga munosabati ko`pqirrali bo`ladi. Xarakterlar har taraflama ochiladi. 
Masalan, Pushkinning «evgeniy Onegin», Bayronning «Don Juan», Mirmuhsin-ning 
«Ziyoda va Adiba», X.Sharipovning «Bir savol», M.Alining «Boqiy dunyo», 
B.Boyqobilovning «SHukuhli karvon» va boshqalar. 
SHe’riy romanda muallif Shaxsi, obrazi ham kengroq ochiladi. Unda muallif 
tuyg`ulari va biografiyasining faktlari qahramonlar taqdiri va tuyg`ulari bilan 
uyg`unlashib ketadi. SHe’riy romanda odatda biror voqea emas, butun davrning 
mohiyati ochiladi. 
Doston(poema). Hozirgi ma’nodagi doston yoki poema XIX asrda 
Shakllangan. Poema lirikaning kengaygan namunasi, lirik qissadir. Poema lirikaning 
mukammal tarqqiyoti natijasida paydo bo`ldi. Poemada qissa yoki hikoyadagi kabi 


voqea bo`ladi. Biror she’rga solingan hikoyaning o`zi hali poema bo`la olmaydi. 
Poema qissa bilan hikoyadan o`zining she’riy Shakli bilangina emas, o`zida 
ifodalangan badiiy material xususiyatlari va unga muallif munosabati bilan ham 
farqlanadi. Biror voqeani tasirlar ekan, muallif o`z qahramonlari bilan birga dard 
chekadi, quvonadi va qayg`uradi. Poemada tasvirlanayotgan voqea tipik epik 
asarlardagi kabi muallif Shaxsidan tashqarida bo`ladi, uning qalbidan o`tadi. 
Poemada voqedan ko`ra tuyg`u, voqeaga hissiy munosabat kuchliroq bo`ladi. 
Poemada voqealar yaxlit bo`lmasligi mumkin, umuman, voqea bo`lmasligi ham 
mumkin. Poemada voqea bo`lganda muallif bu voqeani to`la va batafsil ochishi Shart 
emas. Poemada voqealar to`laligi bilan aks etmaydi. Unda voqealrning muhim va 
ko`tarinki lahzalari o`z ifodasini topadi. Poemada qahramonlar taqdiri va 
sarguzashtlaridan ko`ra, ularning ichki dunyosiga ko`proq e’tibor beriladi, ulardagi 
ichki evolyutsiyani ochishga ko`proq e’tibor beriladi. Bu narsa poemani psixologizm 
bilan ta’minlaydi. 
Poema bir necha xilga bo`linadi: 
- voqeaband poema; - lirik poema. 
Bundan tashqari, fantastik poema («Parizod va Bunyod») ham mavjud bo`lib, 
bu ham voqeaband poemaga kiradi. Lirik poema lirikaning intellektuallashuvi 
natajasida keyingi davrda kelib chiqdi. Uning ilk namunasi Bayronning «Ingliz 
baxshilari va shotland axborotchilari» asaridir. Bu xilning asl va yirik namunalari 
V.Mayakovskiyning «Juda soz», Oybekning «Navoiy», X.Sharipovning «Quyoshga 
oshiqman» poemalaridir. 
Ballada. Bu janr poemadan kichikroq bo`ladi. Unda benihoyat keskin va kuchli 
emotsionallikka ega bo`lgan voqea beriladi. Ballada qahramonona yoki fantastik 
syujetga ega bo`ladi. Balladada xarakterlar to`la ochilmaydi, ularning muhim 
lahzalari bo`rttirib beriladi.
Ballada xalq og`zaki ijodidagi maxsus she’riy qo`shiqlardan kelib chiqqan. 
Ballada ko`pincha fantastik syujetlarga qurilgan bo`ladi. Balladada voqealar shiddat 
bilan rivojlanib kutilmagan tugallanma bilan tamom bo`ladi. Bu dramaga dramatiklik 
bag`ishlaydi. Hozirgi realistik balladada kutilmagan tugallanma Shart bo`lmay qoldi, 
voqea afsonaviy bo`lishi ham Shart emas. 
Balladada voqealardan ko`ra muallifning o`Sha voqeaga emotsional 
munosabati asosiy o`rin egallaydi. Balladaning mumtoz namunalarini F.SHiller, 
M.Lermontovlar yaratgan. O`zbek adabiyotida H.Olimjon, H.G`ulomning balladalari 
mashhur. 
Masal. Bu janrning epikligi shundaki, unda biroor epizod tasvirlanadi. Biroq 
masalda asosiy narsa tasvirlangan voqea emas, unga muallif munosabatidir. O`Sha 
tasvirlangan voqeadan kelib chiqadigan xulosa - axloqdir. SHuning uchun ham 
masalni nasriy turga kiritish unchalik to`g`ri bo`lmaydi. 
Masal ko`pincha allegorik Shakl bo`lib, unda hayvonlar, o`simliklar, jonivor 
hamda haSharotlar qahramon bo`ladi. SHoir ular vositasida insonlar hayotini, bu 
hayotning muhim muammolari mohiyatini, ularga o`z munosabatini ochadi. Masalda 
xatti-harakat va voqealar ana shu o`gitga, axloqqa qaratilgan bo`ladi. Biroq shu 
xulosa axloq personajlar xarakteri xususiyatlaridan kelib chiqishi lozim. 


Masal doim ham allegorik bo`lmaydi. Har qanday allegorik latifa, ertak ham 
masal bo`lavermaydi. 
Masalning ilk yaratuvchisi eramizdan avvalgi 1U asrlarda yaShagan Ezopdir. 
Keyinchalik msal Lafonten, Krilov ijodida rivojlantiril-gan. 
Rus adabiyotida mashhur masalchilar D.Bedniy va S.Mixalkov-lardir. O`zbek 
adabiyotida masalning etuk namunalarini Navoiy, Gulxaniy, Hamza ijodida ko`ramiz. 
Hozirda o`zbek masalchilari S.Abduqahhor, Ya.Qurbon, O.Qo`chqorbekov kabilar. 
Masal o`tkir satirik xarakterga ega bo`ladi. Unda odamlardagi, jamiyatdagi 
ayrim illatlar tanqid qilinadi. Eng yirik masalchilar o`z asarlarida jamiyatning o`tkir 
sotsial va siyosiy muammoalrini ko`tarib chiqqanlar. Masalan, Krilovning «Bo`ri 
bilan Qo`zichoq» masalida ijtimoiy tengsizlik va zo`rlik tanqid qilingan. Masal 
oxirida o`git beriladi. O`git voqeaga bog`liq bo`lmaydi, lekin o`Sha voqea 
mohiyatidan kelib chiqadi. 
Masalda voqea, syujet kichkina va sodda bo`ladi. Unda muallifning qarashlari, 
voqelikka munosabati aniq namoyon bo`ladi. Masallardagi qissadan hissa ko`pincha 
obrazli iboraga aylanib, xalq orasida keng tarqaladi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish