KIRISH…………………………………………………………………
ASOSIY QISM
I BOB. “Ikki eshik orasi” romanida yuksak insoniy fazilatlar talqini.
II BOB. Asarda ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining hayoti tasviri.
XULOSA..................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...........................
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
O‘tkir Hoshimov – o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan zabardast yozuvchilarimizdan biri sanaladi. Uning ijodi turf axil taqdirlar tutashuvidan iborat. Yozuvchining ilk asari 1962-yilda „Poʻlat chavandoz“ nomida ocherklar toʻplami tarzida nashrdan chiqdi. Ammo yozuvchiga muvaffaqiyat keltirgan asar 1970-yilda nashr qilingan „Bahor qaytmaydi“ qissasi boʻldi.
Nafaqat “Bahor qaytmaydi” qissasi balki yozuvchining deyarli barcha asarlari kitobxonlar tomonidan sevib o‘qilmoqda.
Oʻsha paytda nashr qilinayotgan mafkura targʻibotidan iborat asarlar fonida yozuvchi Oʻtkir Hoshimovning oddiy insoniy munosabatlar haqidagi bu asari qorongʻu osmonda chaqnagan mushak kabi eslanadi.
Bu asar asosida suratga olingan videofilm oʻz vaqtida eng koʻp tomosha qilingan asar sifatida tarixga kirdi.
Oʻtkir Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. „Xazon boʻlgan bahor“, „Inson sadoqati“, „Vijdon dorisi“, „Toʻylar muborak“, „Qatagʻon“ kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ kitobi ijtimoiy -maʼnaviy hayotda muayyan iz qoldirgan.
„Choʻl havosi“ nomli birinchi qissasi 1963 yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning eʼtiboriga sazovor boʻlgan. „Urushning soʻnggi qurboni“, „Yanga“, „Muhabbat“, „Dehqonning bir kuni“, „Umr savdosi“, „Quyosh tarozusi“, „Oq bulut, oppoq bulut“ singari oʻnlab hikoyalari, „Shamol esaveradi“, „Bahor qaytmaydi“, „Qalbingga quloq sol“, „Dunyoning ishlari“, „Ikki karra ikki-besh“ qissalari, „Nur borki, soya bor“, „Ikki eshik orasi“, „Tushda kechgan umrlar“ kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy oʻzbek xalqining maʼnaviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan.
„Toʻylar muborak“, „Sizdan ugina, bizdan bugina“, „Vijdon dorisi“, „Inson sadoqati“, „Qatagʻon“ singari pesalar muallif. U E. Xemenguey, K. Simonov, A. Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Oʻtgan asrning sovet mafkurasi hukmron boʻlgan 70-yillarida Oʻtkir Hoshimov Oʻzbekiston televideniesida „Bahs“ deb nomlangan eshittirishlarni olib bordi. Bu eshittirishlar yozuvchining „Qalbingga quloq sol“ ¸"Dunyoning ishlari" „Nur borki, soya bor“ kabi asarlarida koʻtarilgan oʻtkir ijtimoiy muammolar haqidagi bahslarning davomi boʻldi.
Keyinchalik yozuvchi „Ikki eshik orasi“(1986), „Tushda kechgan umrlar“ (1994) romanlarida zamondosh-asrdosh odamlar taqdirini¸ XX-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari Ikkinchi jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin etishga urindi.
O‘tkir Hoshimovning ijodi juda mazmunli va betakror. Undagi insoniy fazilatlar talqini, sevgi va sadoqat, vatan oldidagi muqaddas burch tushunchasi, ota-onaga hurmat, mehr-muhabbat va saxiylik tuyg‘ulari yuqori pardalarda kuylanadi.
Shunday ekan, yozuvchining asarlarini bugungi kunda ham sevib mutolaa qilinib, uning yangi qirralarini ochilishiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.Chunki bunday asarlar insonni aslo zeriktirmaydi va har safar sevimli asaringizni qo‘lingizga olganingizda yangicha zavqni tuyasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |