Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1.
 «Ilmi qofiya
» haqida nimalarni bilasiz? 
2. Qofiyaninig o'zbek mumtoz she'riyatidagi o'rni va vazifalari nimalardan 
iborat? 
3. Qofiyaning radif bilan bog'liq jihatlari haqida so'zlang. 
4. G'azal janrida qofiyaning o'ziga xosligi nimalarda ko'rinadi? 
5. Nima uchun olimlar qofiyani shoir va she'rxonning alifbesi deb hisoblashadi? 


RADIF 
Arabcha
 «radif»
so'zi, aslida, otda suvoriyga mingashgan 
kishini anglatib, arab tilida
 «yo 'Idosh», «hamroh», «ketma-ket» 
degan ma'nolarda ham qo'llanadi. Shunga ko'ra, she'rda hamma 
vaqt qofiyadan keyin, ya'ni unga
 «mingashib»
yoki
 «уо 'Idosh 
bo'lib»
kelgan bir so'z yoki so'zlar turkumining takrori
 «radif» 
deb ataladi. 
Radifning qofiyaga bog'liq joyi - ko'p. Birinchidan, u 
hamisha qofiya bilan yonma-yon, birga, unga ergashib keladi. 
Qofiyasiz radif radif emas. Faqat ayrim she'rlardagina radifdagi 
so'zlar miqdori ko'payib ketgani evaziga qofiyaga qat'iy amal 
qilinmaydi. Ikkinchidan, radif qofiya bilan birgalikda she'riy 
ohangdoshlikka xizmat qiladi. 
Ko'pincha radif bir so'zdan tashkil topadi. U
 «qisqa radif» 
deyiladi. Ammo ba'zan u bir necha so'zdan tashkil topishi ham 
mumkin. U
 «yoyiq radif»
deb yuritiladi. Shunday she'rlar ham 
uchraydiki, unda butun boshli misrada bir so'z qofiya-yu, qol-
ganlari radif bo'lib keladi. Boburning mana bu ruboiysi bunga 
yorqin misol bo'la oladi: 
Tuz,
 oh Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Yuz,
 oh Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Sarrishtayi ayshdin ko'ngulni zinhor 
Uz,
 oh Zahiriddin Muhammad Bobur. 
Radif nazmda oddiygina takror emas. Bu musiqiylik va 
ohangdorlik xuddi kuy kabi kishiga o'zgacha huzur bag'ishlaydi. 
Radif she'riy asarda ma'noni kuchaytirishga xizmat qila-
di. Ko'pincha baytdagi fikrning asosiy yuki shu badiiy vosita 
zimmasiga tushadi. Boshqacha aytganda, shoir fikrda nima-
ga ko'proq urg'u bermoqchi bo'lsa, o'sha so'z yoki so'zlarni 
radifga oladi. Ko'p g'azallarda radif she'rning butun qurilma-
sini belgilovchi asosiy ustun o'rnida keladi. Bunday g'azallarda 
hamma gap shu radifga bog'langan bo'ladi. Mavzu ham, badiiy 
tasvir ham, demakki, g'oya ham shu radif atrofida aylanadi. 
Mabodo, bunday g'azaldan radif chiqarib tashlansa, u o'zining 
93 


butun g'oyaviy-badiiy qimmatini yo'qotadi. Chunki bunday 
g'azalda shoir butun yukni shu radif ustiga ortgan bo'ladi. Shu-
ning uchun muayyan shoirning radif qo'llashdagi o'ziga xosligini 
aniqlash, pirovardida, uning uslubini belgilashning mezonlaridan 
biri hisoblanadi. 
Janr hajman kichraya borgan sayin, buning aksi o'laroq, 
radif zimmasiga yuklatiladigan badiiy vazifa shunchalik orta bo-
radi. Masnaviydan boshqa she'riy turlar, masalan, g'azal, qit'a, 
murabba', muxammas, musaddasda bir band doirasida ahamiya-
ti jihatidan bir-biridan farq qiluvchi ikki xil - ichki va asosiy 
radif ishlatilishi mumkin. 
Aytaylik, Bobur g'azalining: 
Hamdard yore
 qonikim,
bir g'amgusore
 qonikim, 
Abri bahore
 qonikim,
Bobur kibi yig'lay
 bila, -
baytidagi
 «qonikim»
yoki Navoiy muxammasining: 
Ul parikim, telbalarga ishqidin monand
 edim, 
Zulfi zanjirida Majnundek asiri band
 edim, 
Javriga qone' bo'lub, vasliga hojatmand
 edim, 
Shavqidin dam urmayin bedodiga xursand
 edim, 
Vahki, bo'ldum hajridin rasvoyi davron
 oqibat, -
bandidagi
 «edim»
so'zlari - ichki radif, keltirilgan misollardagi 
«bila»
hamda
 «oqibat»
so'zlari esa - asosiy radif. 
She'rlar radif qo'llash mahorati, jumladan, asarda ular-
ning miqdoriga ko'ra ham bir-biridan farqlanadi. Masalan, 
Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni - jami 5 ming 782 
qo'shmisradan iborat. Shundan 965 tasi(17 foizi)ni muraddaf 
(radifli) baytlar tashkil qiladi. Bu radifning dostondagi eng 
asosiy badiiy san'atlardan biri ekanini ko'rsatadi. Radiflarning 
ishlatilishi jihatidan shoirning boshqa biror dostoni uning «Far-
hod va Shirin»ichalik rang-baranglikka ega emas. 



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish