Savol va topshiriqlar
1. G'azal hajmi va mavzusi haqida ma'lumot bering.
2. Asar qofiyasi va radifini tahlil qiling. Radif va qofiyada ishlatilgan so'zlar
aslan qaysi tildan olingan?
3. Matla'dagi
«mardumliq»
va
«mardum»
so'zlari o'rtasidagi bog'liqlik va farq
nimadan iborat?
4. Oshiqning yorga sadoqati baytlarda qanday badiiy vositalar orqali
ko'rsatiladi?
5. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
6.
«Soch»
timsoli g'azalda qanday ramziy ma'noni ifodalab kelgan?
7. Oxirgi ikki baytda qaysi ma'noda lirik qahramon jon va o'lim tushunchala-
rini tilga oladi?
8. Matla' bilan maqta' o'rtasida qanday mantiqiy bog'lanish mavjud?
9. G'azalni yodlang.
«DEYIN» RADIFLI G'AZAL
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin,
Ko'ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!
Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat ora ruxsori safosinmu deyin?!
Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?!
Zulfi dominmu deyin, la'li kalominmu deyin,
Birining qaydi, yana birning adosinmu deyin?!
Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Movi(y) ko'nglak uza gul rangi qabosinmu deyin?!
Charx ranjinmu deyin, dahri shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?!
Ey Navoiy, dema qosh-u ko'zining vasfini, et,
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin?!
Bu shoirning mashhur g'azallaridan biri. Qo'shiq qilib kuylana-
di ham. Chunki ohangdorligi - juda kuchli. Matla'da
(«yosinmu -
qarosinmu - balosinmu»),
shuningdek, maqta'dan boshqa barcha
baytlarning birinchi misralarida ichki qofiya
(«qahrinmu - zah-
rinmu», «dardinmu - nabardinmu», «dominmu - kalominmu»,
«xolinmu - niholinmu», «ranjinmu - shikanjinmu»)ga
ham
qat'iy amal qilingan.
7 baytli bu g'azalda
«deyin»
so'zi faqat radifdagina takror-
lanib kelmaydi. Bu so'z radifda 8 bor qo'llanishidan tashqari,
yana 12 (jami 20) bor takroriy tarzda qo'llanadi. Radd ul-mat-
la' (matla'ni takrorlash) san'ati asosida birinchi misra g'azalning
so'nggi satri sifatida yana bir karra qaytariladi. Bu takrorlar
ham g'azal ohangi-yu jarangini, ham fikr ta'kidini, ham oshiq
his-hayajoni ifodasini kuchaytirgan.
«Navodir ush-shabob»ning 483-g'azali.
G'azaldagi ohangdorlik faqat qofiya va radif orqaligina
ta'minlanmagan. Baytlarning birinchi misralarida ham ichki
ohangdorlik («
yosinmu - qarosinmu», «qahrinmu - zahrinmu...»
va hokazo) mavjud.
G'azalda boshdan-oxir qiyos usulidan foydalaniladi. Har bir
qiyoslashda ikkitadan tushuncha ishtirok etadi. Birinchi baytda
yorning
«qoshi yosi»
(yoyday egik qoshi) bilan
«ко 'zi qarosi»
(ko'zining qoraligi), ikkinchi baytda uning
«ko'zi qahri»
bilan
«kirpiki zahri»,
uchinchi baytda
«ishqi dardi»
bilan
«hajri
nabardi»
(hajrining jangi), to'rtinchi baytda
«zulfi domi»
(so-
chining domi) bilan
«la'li kalomi»
(la'ldek qizil labining so'zi),
beshinchi baytda
«turfa xoli»
(har xil xoli) bilan
«qaddi ni-
holi»
(yosh niholdek tik qomati), oltinchi baytda
«charx ranji»
(taqdir yetkazgan azob) bilan
«dahri shikanji»
(dunyo yetkazgan
qiyinchilik), yettinchi baytda yana
«qosh»
bilan
«ko'z»
o'zaro
yonma-yon tilga olinadi.
Ammo bular baytlarning birinchi misralarida kelgan qiyoslar.
Qiyos baytlarning ikkinchi misralarida ham o'ziga xos tarz-
da davom etadi. B i r i n c h i b a y t d a
«dard»
bilan
«balo»,
i k k i n c h i b a y t d a
«kudurat»
(xafagarchilik) bilan yorning
«ruxsori safosi»
(toza yuzi), uchinchi baytda
«qatiq dard-
lar»
bilan yorning
«vasli davosi»,
to'rtinchi baytda
hm(«zulfi
domi »)wmg «qaydi»
bilan yana biri(«7a'//
kalomi»)
ning
«adosi»,
beshinchi baytda
«moviy ко 'nglak»
bilan
«gul rangi qabo»
(gulrang to'n), oltinchi baytda
«javr»
bilan
«jafo»,
yettinchi
baytda yana yorning
«qoshi yosi»
bilan
«ko'zi qarosi»
o'zaro
baqamti qo'llanadi.
Bir qarashda, g'azal boshqa ishqiy mavzudagi lirik she'rlardan
keskin farq qilmagandek, oshiq ma'shuqaning, odatdagidek,
chiroyini turli uzvlari, ya'ni qoshi, ko'zi, sochi, yuzi, labidan
chiqqan so'zlar va kiyimi, ya'ni moviy ko'ylagi, gulrang to'ni
ta'rifi orqali tasvirlab, ishqiy iztiroblarini bayon etayotgandek
tuyuladi. Biroq, aslida, buyuk shoir qalamining qudrati bilan
ana shu so'z va qiyoslar zamirida ajib bir badiiy go'zallik ya-
shiringan. Bu o'quvchida ayricha zavq-shavq uyg'otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |