Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

may, sharob, boda, chog'ir
so'zlari uchrasa, o'quvchi may, 
sharob, boda, chog'irni emas, boshqa narsani ko'z oldiga kelti-
rishi kerakmi? 
Bu masalada shoshilmaslik zarur. Xususan, Alisher Navoiy 
ijodi ana shunday ehtiyotkorlikni taqozo etadi. Agar bu so'zlar 
shoirning she'riy ijodida uchrasa - ular badiiy timsol. Bordi-
yu, bu so'zlarni muallif ilmiy yoki, umuman, nasriy asarlarida 


ishlatsa, vaziyat o'zgaradi: endi uni badiiy timsol deb emas, 
aynan o'sha spirtli ichimlikning o'zi deb hisoblashimiz - shart. 
Bobokalonimiz ijodida unisi ham, bunisi ham uchraydi. 
A w a l o'sha o'z ma'nosida qo'llangan asarlariga to'xtab 
o'taylik. 
«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» asarida tasvirlanishi-
cha, Sayyid Hasan Ardasher xos ma'naviy suhbatlar chog'ida 
bodaxo'rlik qilishni xush ko'rganlar. Lekin har gal ichkilikboz-
likdan keyin Yaratganga iltijo qilib, mayxo'rlikdan tavba beri-
shini so'raganlar... Bu yerda o'z ma'nosidagi mastlik ko'zda 
tutilgan. 
Navoiy zamondoshlariga yo'llagan xatlarini yig'ib, «Munshaot» 
nomi bilan to'plam qilgan. Shu asardagi hukmdorlardan biriga 
jo'natilgan maktubda ikki narsa maslahat tariqasida qattiq shart 
qilib qo'yiladi: birinchisi - Haq taolo amriga to'la itoatda bo'lib, 
buyurgan ishlarini so'zsiz bajarish; ikkinchisi - Tangri man etgan 
ishlar(nahy)ni qilmaslik. Odamlar ustidan hukm yuritish baxtiga 
muyassar bo'lgan kishi uchun Alloh amriga itoat etishda adolatga 
teng keladigani yo'q. Man etilgan ishlardan tiyilishning hech biri 
esa
 «chog'ir tarkicha bo'lmas». 
Navoiy bu gaplarning o'zi bilan ham cheklanib qolmaydi. 
Adolatning qadrini ham, may ichmaslikning foydasini ham Mu-
hammad payg'ambar(s. a. v.)ning so'zlari bilan mustahkamlab 
tushuntiradi:
 «...Hazrat risolat
(ya'ni Muhammad)
 sallallohu 
alayhi vasallam buyurubturkim, «Adlun saatun xayrun min ibo-
dat is-saqalayn»
(«Bir soatlik adolat ikki dunyo - insonlar va 
jinlar dunyosi ibodatidan yaxshiroq»)
 va chog'irni «шпт ul-
xabois»
(«yaramasliklar onasi»)
 debdwiar, jam'/' yomonlig' an-
din mutavallid bo 'lurkim
(ya'ni tug'iladikim),
 borcha yaxshiliq 
va yomonliq bu ikki nima zimnida mundarijdur
(ichiga kiradi)». 
Bundan ma'lum bo'ladiki, ulug' mutafakkir hech ikkilanmas-
dan chog'irxo'rlikni Xudo man etganini, barcha yomonliklar shu 
ichkilikdan kelib chiqishini ta'kidlab turibdi. Shunday so'zlarni 
she'r qilib emas, asar deb emas, to'g'ridan-to'g'ri hukmdorga 
nasihat tarzida bitgan kishining o'zi ichkilik tarafdori bo'lishi, 
uni maqtashi mumkinmi? 


Masalani shu tarzda juda aniq qilib qo'ygan paytimizda 
beixtiyor shoirning ana shu mashhur g'azali maqta'sida aytilgan 
fikr yodimizga tushadi. 
Ana shunda bu parchadagi
 «boda»
aslo o'z ma'nosida emas-
ligini to'la tushunib olamiz. 
Adabiyotda islom ta'sirisiz ham dunyoviy ma'nodagi mastlik 
kayfiyatini tarannum etish, mayni ta'riflash bor edi. Tasawuf 
adabiyoti shu shaklni saqlab qoldi. Ammo endi mayni Xudoga 
ishqning timsoli qilib oldi. Shuning uchun tasawuf she'riyatida 
ham shaklan, ya'ni tashqi tarafdan aynan dunyoviy adabiyot-
dagidek may va mastlik tilga olinaveradi, mohiyatida esa ilohiy 
ishq ko'zda tutiladi. 
Boda kelgan uyga qayg'u kelmasligining dunyoviy asosi 
bor: ichgan kishining, sun'iy ravishda bo'lsa ham, kayfiya-
ti ko'tariladi, qayg'usi, vaqtincha bo'lsa ham, esdan chiqadi. 
Tasawufiy ma'noda esa Yaratganning ishqi bilan kuyib-yonib 
yashayotgan kishining g'am chekishiga o'rin qolmaydi. Shu-
ning uchun ham lirik qahramon yorining kelmaganiga, ochiqroq 
ifodalaganda, bu dunyoda Alloh vasliga yetolmayotganiga ko'p 
ham g'am chekavermay, Yaratgan zotni sevishini davom ettira-
versin, shunda barcha kulfatlar bartaraf bo'laveradi... 
Shoirning may, sharob, boda, chog'ir haddi a'losida ta'rif-
langan she'rlari shu qadar ko'pki... 
Bayt - asli oshiqona g'azalning maqta'si. Lekin boda tilga 
olindimi, demak, g'azalga rindonalik ruhi ham qo'shildi. May 
ta'rifida kelgan g'azallar
 rindona g'azallar
deyiladi. Ko'rinib 
turibdiki, bu g'azalda oshiqonalik bilan rindonalik o'zaro 
uyg'unlashgan. 
Ulug' shoir asarlari mohiyatini tushunib olishga qiynalmas-
lik, xususan, so'zlarning o'z ma'nosi bilan ko'chma, ya'ni ba-
diiy ma'nosini fahmlashda adashib ketmaslik uchun shoirning 
timsollar olamidan boxabarlik talab etiladi. 
Demak, Navoiy asarlari mag'zini chaqishda ilm juda kerak. 
Bu shoirning o'ta mashhur g'azallaridan hisoblanadi. Ho-
zirgacha ham qo'shiq qilib kuylanadi. Ko'p hofizlarimiz shu 
g'azal ijrosida o'z kuchini sinab ko'radi. Kuyda haqiqiy yor, 
ya'ni Alloh vasliga yetolmaslik dard-u g'ami, iztirobi aks etgan. 


Bu g'azal mumtoz qo'shiqchiligimizda o'ta mashhur «Muno-
jot» kuyiga solib aytiladi. O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston 
xalq shoiri Abdulla Oripovning «Munojotni tinglab» she'ri shu 
qo'shiq ta'sirida bitilgan. Bu she'r: 
deya tugallanadi. 
«Munojot» kuyining og'ir-bosiqligi, g'am-iztirob ruhiga 
moyilligi bilan g'azal mazmunidagi oshiqning yor vasliga yetol-
maganidan chekayotgan g'am-iztiroblari o'rtasida kuchli hamo-
hanglik bor. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish