Ana'anaga ko'ra, aksar g'azallar shaklan yorga bag'ishlanishini
yaxshi bilasiz. Bu yerda ham shu an'anaga qat'iy amal qi-
lingan. Demak, birinchi bayt ham mohiyatan kitobxonga emas,
ana shu - yorga bag'ishlangan ekan. Tantilikni qarangki, unga
lirik qahramon, men yoqmasam, mendan ham voz kech, deydi.
Bu yerda oshiqning ma'shuqqa loyiqlikka kuchli intilishi mav-
jud. Yor husni mulki (mamlakati) esa - juda obod. Shuning
uchun vayron bo'lib borayotgan oshiq ma'shuqiga Yaratgandan
("yo Rab") doimo ana shunday obodlik ato etishini tilaydi.
Matladagi "hamesha" va ikkinchi baytdagi "doimo" so'zlari
ham o'quvchida abadiy go'zal, azalan va abadan mavjud yor,
ya'ni Alloh haqida so'z ketayotgani xususida tasawur tug'dira
boradi.
U c h i n c h i b a y t d a oshiq o'ziga g'am chekib o'lishni,
yori esa o'lganlarni tiriltirgan Iso alayhi-s-salom kabi elning
joni bo'lishini ravo ko'radi. Lekin o'zining bu tilagi uning
otashinligini oshirib yuboradi. Teskari ("nigun") deb bilgani
charxga: "Sovril!", pastkash ("dun") deb hisoblagani dunyoga
esa: "Barbod bo'l!" - deya nido chekadi, rad javobidan ko'ra
o'limni afzalroq biladi.
Lirik qahramon o'zi aytgan gapga o'zi chiday olmay-
di. Chunki u o'z ko'nglini yaxshi biladi. Bu nozik ko'ngil
esa bevafolar zulmi bedodliklari bilan oshnolik qila olmaydi.
Shuning uchun lirik qahramon t o ' r t i n c h i
b a y t da bevosita
o'zining siniq ko'ngliga murojaat qiladi: "Ey siniq ko'nglim,
agar shisha (oyna) yo po'latdan bo'lsang ham, bevafolar zulm-u
azoblariga chidolmay, (chil-chil sinasan)".
G'azalda yor tasviri bilan baqamti insonlararo munosabat-
lar bayoni ham birga ketaveradi. Shoir bu yerda faqat yor
bevafoligidangina emas, umuman, "bevafolar"dan noliydi. Chun-
ki bunday odamlar uning ko'p zada qilgan. Kishining ko'ngli
shisha emas, po'lat bo'lganida ham odamlar yetkazadigan dil-
xastaliklarga chidash bera olarmidi?..
Lekin Navoiy uchun g'azalda yor bilan bog'liq mantiqiy-
likni bo'shashtirish mumkin emas. Lirik qahramon yor haj-
rida kuyib, ado bo'lgan. Shu darajaga yetganki, b e s h i n c h i
b a y t d a tasvirlanishicha, hajr davom etar ekan: "Uni o'ldirish
127
bilan dahri dun("ey charxi nigun, v-ey dahri dun")ga, to'rtinchi
bayt - lirik qahramonning siniq ko'ngli("ey sinuq ko'nglum")
ga, maqta' esa - shoir("Ey Navoiy")ga aytilayotgan gap tarzida
bitilgan.
Bu g'azalda t a z o d san'atidan mohirona foydalanilgan.
Zidlantirish matla'da "men" va "kim", ikkinchi baytda "sabrim
uyi" va "husnung mulki", "vayron" va "obod", uchinchi bayt-
da "o'lay" va "Masih" (u o'lmagan, aqidaga ko'ra, qiyomat
yaqinlashganda tirik holda Yerga tushadi), uchinchi baytda
"shisha" va "po'lod" (po'lat), to'rtinchi baytda "o'lmak" va
"tirilmak", "ziloli Xizr" (abadiy tirik payg'ambar suvi) va
"jallod" (u o'ldiradi), beshinchi baytda "xazon" va "savsan",
"shamshod" (ular tirik o'simliklar), maqta'da "olam ahli" (ya'ni
ko'pchilik) va "bekaslik" (ya'ni yolg'izlik) o'zaro zidlantirilgan.
G'azaldagi ishq hajrini, yori haqiqiy, ya'ni Yaratganning
vasliga etolmaslik, deb talqin etish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: