Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

 She'riy shakl sifatida и adabiyotda 
qasida va g'azaldan oldin paydo bo'lgan,
deb qaraladi. Qit'a 
mustaqil baytlardan tashkil topgani uchun g'azalga o'xshab 
ketadi. Ammo g'azaldan keskin farq qiladigan jihatlari bor. 
Birinchidan, qit'ada matla' bo'lmaydi. Shuning uchun bayt-
larning hammasi bir xil -
 ab, db, eb, fb
va hokazo tarzda 
qofiyalanadi. 
Ikkinchidan, hajmi ham g'azaldagi kabi qat'iy emas. Eng 
kami ikki baytdan tashkil topadi. Biroq uning ko'p baytli, hat-
to, o'n to'qqiz qo'shmisradan iborat namunalari ham uchraydi. 
Uchinchidan, g'azalda mavzular - chegaralanganroq. Lekin 
qit'alarda unaqa emas. Qit'ada shakl va mazmun jihatidan 
erkinlik - ko'p, mavzu doirasi chegaralanmagan. 
To'rtinchidan, qit'ada shoir taxallus qo'llashi kamdan kam 
uchraydi. Navoiy ba'zi qit'alaridagina taxallus ishlatadi. 
Beshinchidan, g'azallarga sarlavha qo'yilmaydi. Ammo Alisher 
Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy»ga kiritilgan barcha qit'alariga 
nasriy sarlavha qo'yilgan. Sarlavhalarda qit'a mazmunining bosh 
g'oyasi yoki yo'nalishi bayon etib qo'ya qolingan. 
Oltinchidan, g'azal yaratish niyati bilan o'rta baytlari yozil-
gan, ammo matla' va maqta'si tugallanmagan parchalarni ham 
ayrim shoirlar devonlariga qit'a sifatida kiritavergan. Binobarin, 
«qit'a»
so'zi arab tilida
 bo'lak, qism, parcha
ma'nolarini ang-
latadi. 
Qit'a yaxlit asar sifatida ij'timoiy-siyosiy, diniy-falsafiy, ax-
loqiy-ta'limiy va boshqa yo'nalishlardagi muayyan mavzuga 
bag'ishlanadi. Qit'alarda, umuman olganda, pand-nasihat ruhi 
ustunlik qiladi. Shoirlar bu janr namunalarida ba'zan hajv, hazil-
mutoyiba, jiddiy tanbeh tarzida, ba'zi hollarda esa o'z hayoti-
ning turli lahzalari, ko'rgan-kechirganlari ta'sirida paydo bo'lgan 
mulohazalari va hukm-xulosalari sifatida fikr bayon etadi. 
O'zbek adabiyotida qit'aning ilk namunalari Mahmud 
Koshg'ariyning «Devonu lug'atit turk» asarida, Xorazmiy, Yusuf 


Amiriy, Gadoiy, Lutfiy ijodida uchraydi. Biroq Alisher Navoiy 
bu janrning yetuk namunalarini yaratib, o'zbek qit'achiligini 
yuksak pog'onalarga ko'tardi. «Xazoyin ul-maoniy»dagi to'rt 
devonda jami 210 ta qit'a mavjud. Ularning devonlardagi miq-
dori quyidagicha: 
«G'aroyib us-sig'ar»da - 50 ta; 
«Navodir ush-shabob»da - 50 ta; 
«Badoe' ul-vasat»da - 60 ta; 
«Favoyid ul-kibar»da - 50 ta. 
Bulardan tashqari, buyuk mutafakkirning «Mahbub ul-qulub», 
«Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon Muhammad» va 
boshqa asarlarida ham qit'a namunalari uchraydi. 
Keyingi asrlarda Zahiriddin Muhammad Bobur, Poshshoxo'ja, 
Munis Xorazmiy, Shavqiy Kattaqo'rg'oniy, Shukuriy Farg'oniy, 
Muhammadrizo Ogahiy, Miriy, Avaz О'tar, Almaiy va boshqa 
shoirlar qit'achilikda Navoiy an'analarini davom ettirdi. Ammo 
Navoiygacha ham, undan keyin ham hech kim mazkur janrni 
bu buyuk o'zbek shoiri darajasida rivojlantira olgan emas. 
XX asrda Habibiy, Sobir Abdulla, Maqsud Shayxzoda, 
Mirtemir, Chustiy, Charxiy, Erkin Vohidovlar qit'a bitgan. Ho-
zirgi paytda barmoq vaznida ham qit'alar yozilyapti. 


NODIRA 
(1792 - 1842) 
Nodira - XIX asrning birinchi yarmida 
ijod qilgan taniqli o'zbek shoirasi. Uning 
asl ismi
 Mohlaroyim
bo'lib,
 Nodira -
ada-
biy taxallusi. Bundan tashqari,
 Komi la
ta-
xallusi bilan ham o'zbekcha she'rlar bitgani 
ma'lum. Bu qalam sohibasi - zullisonayn 
(ikki tilda ijod qilgan) shoiralarimizdan. 
Fors-tojik lisonidagi asarlarini
 Maknuna 
taxallusi bilan yozgan. 
U ijod qilgan davrda Qo'qon adabiy 
muhitida o'zbek va fors-tojik tillarida badiiy asarlar yaratish 
qariyb teng darajada edi. 
Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. U Andijon 
hokimi Rahmonqul otaliqning qizi. 
Nodiraning ota-onasi buyuk Sohibqiron Amir Temur xonado-
niga mansub edi. Buni uning ushbu baytlaridan ham bilib olish 
mumkin: 
Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen, 
Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni. 
Nodiraning onasi - Oyshabegim qizining soliha farzand, 
komila shaxs bo'lib yetishuviga ko'p hissa qo'shdi. Bo'lg'usi 
shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo'lgan xonadon-
da voyaga yetdi. Rahmonqul otaliq Qo'qon xoni Olimxonning 
tog'asi edi. Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni 
tog'asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg'ilon 
begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga 
olib ketdi. 
Oradan uch yil o'tib, ya'ni 1810-yili Qo'qon xoni, ya'ni 
Nodiraning qaynakasi Olimxon qatl etildi. Uning taxtiga uka-
si Umarxon o'tirdi. Shoiraning bundan keyingi hayoti mam-
lakat poytaxti bo'lgan shu shaharda - xon saroyida kechdi. Bu 
143 


uning ijod bilan muntazam va unumli shug'ullanishi, o'zidan 
oldingi turkiy va forsiy shoirlar asarlarini qunt bilan o'rganishi, 
ular an'analarini o'zlashtirib, izchil davom ettirishi uchun qulay 
sharoit yaratdi. 
Shoira yashagan zamonda Qo'qon adabiy muhiti gullab-
yashnagan edi. Umarxon uning umr yo'ldoshi, mamlakat rah-
barigina emas, ustoz shoir ham edi. U

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish