Savol va topshiriqlar
1. Nodiraning hayot yo'lini so'zlab bering. Umrining eng muhim nuqtalarini
esdan chiqarmaslik uchun daftaringizga ularni alohida ketma-ketlik bilan qayd
eting.
2. Nodira qanday oilada tarbiya topti? Bu uning shoira bo'lib yetishuvida
qanday ahamiyat kasb etdi?
3. Nodira va Umarxon munosabatlari, buning shoira ijodiga ta'siri haqida
batafsil so'zlab bering.
4. Shoira ijodida hijron motivi kuchayishining sabablari, ko'rinishlari haqida
so'zlang.
5. Nodira va o'zbek shoiralari munosabatlari haqida gapirib bering.
6. Shoira ijodining o'zbek adabiyotida tutgan o'rni aynan nimalarda namoyon
bo'ladi?
«DODA KELDIM...» G'AZALI
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
Maddi ohim shu'lasi husning dabiristonida
Misrayi barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.
Sarvi nozim, sendin ayru naxli ohim bo'ldi xam,
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.
Har nechakim sabr ta'mirini bunyod ayladim,
Ashk selobida vayron o'ldi obodim, eshit.
Barcha yor-u oshnodin aylading begonalig',
Necha kunlar bo'ldi, hargiz qilmading yodim, eshit.
Kelki, bir soat seni ko'rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo'ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.
Nodira bodi sabodin sanga irsol etgali
Qildi insho bu g'azalni, tab'i noshodim, eshit.
Yetti baytdan iborat bu oshiqona g'azal o'zbek mum-
toz she'riyati uchun an'anaviy bo'lgan ramali musamma-
ni mahzuf (yoki maqsur), ya'ni
foilotun foilotun foil-
147
owi foihm
(yoki
foilon)
vaznida bitilgan. Taqte'si:
- V - - / - V - - / - V - - / - V - (yoki - V
G'azaldagi beshinchi baytning birinchi misrasi
«begonalig'»
so'zi bilan tugagani, ya'ni oxirgi bo'g'in o'ta cho'ziq hijodan
tashkil topgani uchun ramali musaddasi maqsur (- V - - / -
V / - V /- V vaznida bitilgan.
G'azalda turkiy so'z
(«eshit»)
radifga olingan. Qofiyadagi
so'zlarning barchasi o'zbekcha egalik qo'shimchasi bilan kelgan
forscha-tojikcha so'zlardan tashkil topgan (
dodim - faryodim -
ozodim - shamshodim - obodim - yodim - parizodim - no-
shodim).
Lirik qahramon gapni to'g'ridan-to'g'ri yorga murojaatdan
boshlaydi. Ammo g'azalning boshidan-oxirigacha biror joy da
«yor»
so'zi ishlatilmaydi. Chunki oshiq ma'shuqqa
«ey sa-
lotin sarvari» («ey podshohlar podshohi»,
1-bayt),
«ey sarvi
ozodim» («ey sarv daraxtidek tik qomatligim»,
2-bayt),
«sarvi
nozim» («mag'rur turadigan tik qomatligim»,
3-bayt),
«ey pari-
zodim» («ey parilar avlodidan bo 'Iganim»,
6-bayt),
«tab
7
no-
shodim» («ta 'bi xursand bo 'hnaganim»,
7-bayt) undalmalari bi-
lan murojaat qiladi. Besh baytda bunday undalmalarning kelishi
g'azalning o'ziga xos uslubidan dalolat beradi.
Bulardan tashqari, lirik qahramon yorni
«shah»
ga, o'zini
«benavo»
ga o'xshatadi ham (matla').
Shu ifodalardan ham ko'rinib turibdiki, g'azal zimdan Nodira-
ning yostiqdoshi - Amir Umarxon(Amiriy)ga bag'ishlangan. Lekin
bu ochiq-oydin oshkor qilinmagan. Bunda adabiyotning adabi-
yotligi, shoiraning badiiy farosati namoyon bo'lgan. Ya'ni she'r
an'anaviy, ya'ni oshiqning yor sog'inchi ifodalangan ishqiy g'azal
tarzida qabul qilinaveradi.
G'azalda tazod san'atining go'zal namunalari ham uchraydi.
Matla'dagi
«shah»
bilan
«benavo»
(muhtoj, bechora), 3-bayt-
dagi
«sarvi noz»
bilan
«хат»
(egilgan), 4-baytdagi
«vayron»
(buzilgan) bilan
«obod»,
5-baytdagi
«oshno»
(tanish) bilan
«begona»,
5- va 6-baytlarda kelgan
«necha kunlar»
bilan
«bir
soat»
o'rtasida yuzaga kelgan ajib bir qarama-qarshilik fikrni
kuchaytirishga, oshiq holatini yanada aniqroq tasvirlashga xiz-
mat qilgan.
G'azaldagi baytlar ma'no-mazmunini quyidagicha ifodalash
mumkin:
Ey podshohlarpodshohi, arz qilib,
(oldingga)
keldim, arzimni eshit,
Sen shahsan-u, men bechoraman, mehr ко 'rsatib, fmyodimni eshit
(matla').
Ohimning cho 'zilgan shu 'lasi hustling devonxonasi(mirzoxonasi)da
(bir)
munosib misra
(bo'ldi),
ey san'dek tik qomatli
(yorim),
eshit
(2-bayt).
Mag'rur tik qomatli san'dek yorim, sendan uzoqda xurmo daraxtidek
tik ohim xam bo Idi,
Qomating hajrida shamshod shoxidek shoxim sindi, eshit
(3-bayt).
Sabrimni har qancha ta 'mirlamayin,
Ko'z yoshlarim selidan (bu) obodim vayron bo'laverdi, eshit
(4-bayt).
(Ishqing bilan) barcha yor-u oshnodan begona aylading,
Necha kunlar bo 'Idi, hech meni yodga olmaysan, eshit
(5-bayt).
Kelki, bir soat seni ко 'rmoq uchun mushtoqman,
Seni ко 'rmayotganimdan telba bo 'Idim, ey parizodim, eshit
(6-bayt).
Nodira sharqdan esadigan yoqimli shamoldan sanga yuborish uchun
Bu g'azalni yozdi, ta'bi xursand bo'lmaganim, eshit {
maqta').
G'azal ma'no-mazmuni bilan tanishib, uning yana bir xususi-
yatini sezish mumkin. Unda shoira yorining tik qomatini yoki,
aksincha, ishqiy iztiroblari oqibatida o'zining tik qomati bukil-
gani holatlarini tasvirlash maqsadida mumtoz she'riyatimizda
an'anaviy bo'lgan daraxtlar
(«sarvi ozod», «sarvi noz», «naxli
oh», «shoxi shamshod»)
timsollaridan mahorat bilan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |