AMIR UL-MO'MININ ALI KARRAMALLOHU VAJHAHU SO'ZIGA
TARJIMAKIM - UNZUR LIMOQOLA LOTANZUR LIMANQOLA
1
Chun g'araz
2
so'zdin erur ma'ni anga,
NoqiP o'lsa xoh xotun, xoh er.
So'zchi holin boqma, boq so'z holini,
Ko'rma kim der ani, ko'rgilkim, ne der.
Nazariy ma'lumot
G'AZAL
G'azal - musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko'p
tarqalgan lirik janr. U dastlab arab she'riyatida milodiy VI-VII
asrlarda paydo bo'lib, keyinchalik boshqa Sharq xalqlari so'z
san'atiga ham o'tgan. XIII-XIV asrlarga kelib she'rning bu turi
to'la shakllangan va mukammal holga yetgan.
G'azalning tuzilishi, mazmun-mavzusi va badiiy jihatlari
bo'yicha bir necha talab va o'ziga xoslik bor.
Awalo, g'azallar ko'pincha ishqiy mavzuda bitiladi. Ammo
ma'no-mazmun jihatidan Allohni maqtashga (hamd), Muham-
mad payg'ambar(s. a. v.)ni ta'riflashga (na't) bag'ishlangan,
rindona (may va mayxona bilan bog'liq tasvirlarga asoslangan),
orifona (pand-nasihat ruhidagi), tabiat go'zalliklaridan zavqlanish
asosidagi (peyzaj) va boshqa g'azallar ham yoziladi. Shuning
uchun shoirlar bu janr namunalarida odam va olam, tabiat va
jamiyatning turli-tuman murakkab tomonlarini ham yoritishga
harakat qilgan.
Hajmi 3 baytdan 19, hatto, 27 baytgacha bo'lgan g'azallar
uchraydi. Biroq Navoiy va boshqa ko'p shoirlarimiz ijodida,
asosan, bu janrning 7 va 9 baytli namunalariga duch kelamiz.
Shu miqdor eng mukammal hajm deb qabul qilinadi.
' U n z u r l i m o q o l a l o t a n z u r l i m a n q o l a (arabcha) - Kim
deganiga emas, nima deganiga qara.
2
G' a r a z - maqsad, niyat.
3
N о q i 1 - naql etuvchi, so'zlovchi.
137
Bir g'azal boshdan-oxir bir vaznda bitiladi. Garchi Navoiy
ijodida aruzning turli bahrlarida yozilgan g'azallar uchrasa ham,
o'zbek shoirlari g'azallarining ko'pchiligi, asosan, ramal, bir
qismi esa hazaj bahrida bitilgan. Boshqa bahrlarda juda kam
yozilgan.
G'azalda bitta qofiya tizimiga amal qilinadi. Misralar
aa,
ba, da, ea, fa
va hokazo tarzda qofiyalanadi.
G'azal baytlari - nisbiy ma'noda mustaqillikka ega. Ya'ni har
bir bayt imkon qadar til talablari bo'yicha tugallangan alohida
jumladan iborat bo'lishi, umumiy matndan yulib olib o'qiganda
ham tugal ma'no-mazmunni anglatishi lozim. G'azallar, baytlar
mustaqilligi, ya'ni qo'shmisralarning o'zaro bog'liqligi, manti-
qiy ketma-ketligi va bir-birini taqozo etishi darajasiga ko'ra,
quyidagi turlarga bo'linadi:
a) parokanda g'azallar (bunda baytlar bir-biridan o'ta mustaqil
bo'ladi, ularning o'mi almashtirilsa ham, unchalar sezilmaydi);
b) yakpora g'azallar (bunda baytlar mantiqan ketma-ketlikka
ega bo'ladi);
d) voqeaband g'azallar (bunda baytlar ketma-ketligini sujet,
ya'ni muayyan voqea tasviri boshqaradi);
e) musalsal g'azallar (bunda baytlar o'zaro chambarchas
bog'liq bo'ladi, ma'no-mantiq jihatidan kuchli tarzda biri ikkin-
chisini taqozo etib keladi).
Navoiy parokanda, ya'ni baytlar o'rnini o'zgartirib qo'ysang
ham, hech narsa o'zgarmaydigan g'azallarni qattiq tanqid qilgan.
Oldingi darslar jarayonida ko'rib o'tilgan «Jong'a chun dermen:
«Ne erdi o'lmakim kayfiyati?..» g'azali musalsal g'azalning
yorqin namunasi hisoblanadi.
G'azalning aksaran oxirgi bayti (maqta'si) yoxud ba'zan undan
oldingi baytda shoir taxallusi qo'llanadi. Lekin taxallus qo'llash
majburiy emas. G'azal taxallussiz ham yozilaverishi mumkin.
Istiqlol yillarida o'zbek mumtoz she'riyati, xususan, Navoiy
ijodidagi g'azallar ma'nolarini har taraflama sharhlash kuchay-
di, bu janr namunalarining tasawufiy ma'nolarini ham ochib
berishga harakat qilinyapti.
G'azal yozish an'analari hozirgi o'zbek she'riyatida ham davom
etyapti. Ba'zan barmoq vaznida bitilgan g'azallar ham uchrayotir.
Ko'p asrlardan buyon g'azallarga kuy bastalanib, ular ashu-
la qilib kuylanib keladi. «Shashmaqom» tarkibidagi ashula-
lar matnini ham, asosan, g'azallar tashkil etadi. Hozirgi payt-
da g'azallarni zamonaviy estrada yo'lida aytish tajribasi ham
kuchayyapti.
G'azaldagi uchta baytning alohida nomi bor: birinchi bayt
Do'stlaringiz bilan baham: |