Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. G'azalning hajmi, vazni, qofiya va radifi haqida ma'lumot bering. 
2. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
3. G'azalning mavzusi, uni yoritishda qo'llangan vositalar, jumladan, shoiraning 
tazod va talmeh san'atlaridan foydalanish mahoratini tahlil qilib bering. 
4. G'azalda hijron iztiroblari qanday yo'llar bilan tasvirlangan? 
5. G'azalni yodlang. 
«KEL, DAHRNIIMTIHON ETIB КЕТ...» G'AZALI 
Kel, dahrni imtihon etib ket, 
Sayri chamani jahon etib ket. 
Bedardlaring jafolaridin 
Faryod chekib, fig'on etib ket. 
152 


Dunyo chamanini(ng) bulbulisan, 
Gul shoxida oshyon etib ket. 
Ey ashk, ko'zimni maktabidin 
Hayrat sabaqin ravon etib ket. 
Olam chamaniki, bevafodur, 
Bir oh bila xazon etib ket. 
Ushshoq maqomi bo'stondur, 
Azmi rahi bo'ston etib ket. 
Maqsad na edi, jahona kelding? 
Kayfiyatini bayon etib ket. 
Fosh etma ulusqa ishq sirrin, 
Ko'ngulda ani nihon etib ket. 
Kel, ishq yo'lida ko'zlaringni, 
Ey Nodira, durfishon etib ket. 
Ushbu g'azal - to'qqiz baytdan iborat. Vazni - mumtoz 
she'riyatimizda ko'proq ruboiy bitiladigan an'anaviy hazaji mu-
saddasi axrabi maqbuzi mahzuf, ya'ni
 maf'ulu mafoilun faulun. 
Taqte'si: - - V / V - V - / V - - . 
G'azalda
 «etib ket»
so'zlari radifga olingan. Har bir bayt 
mazmuni ana shu ikki so'z orqali boshqarilgan. 
G'azal ayricha zavq-shavq bilan o'qiladi. Ohangi ham -
shunga mos. Shu tariqa kuchli hayotsevarlik tuyg'usi singdi-
riladi. G'azalda umrni mazmunli, unumli o'tkazish g'oyasi ham 
targ'ib etiladi. 
G'azal:
 «Kel», -
degan undalma bilan boshlanadi. Maqta' 
boshida ham xuddi shu murojaat qo'llangan. Maqta'ning ik-
kinchi misrasida esa shoira taxallus ishlatib:
 «Ey Nodira», -
degan yana bir undalma keltiradi. Ma'lum bo'ladiki, til mantig'i 
jihatidan oldingi ikki bor takrorlangan undalma ham aynan 
Nodiraga qaratilgan. Demak, bu she'r lirik qahramonning 
shoiraga murojaati tarzida bitilgan. Odatda ham g'azalda lirik 
qahramon muallif tarzida namoyon bo'ladi. Taxallus qo'llansa, 
153 


demak, endi shoir timsoli lirik qahramon timsolidan alohida 
timsol hisoblanadi. Bu ikkalasini aslo adashtirib yubormaslik 
kerak. 
Shuning uchun bunday g'azallarni, shartli ravishda, muallifning 
o'zi bilan o'zi so'zlashuvi tariqasida baholash ham mumkin. 
To'rtinchi bayt:
 «Ey ashk», -
degan undalma bilan bosh-
lanadi. Shunday qilib, g'azalda 4 bor undalma ishlatilgani bu 
ifoda usuli ushbu she'rning muhim uslubiy xususiyatlaridan biri 
ekanini ko'rsatadi. 
Endi har bir baytning alohida-alohida ma'no-mazmuni bilan 
tanishaylik: 
Keh dunyoni imtihon etib ket, 
Jahon chamanini sayr etib ket
(matla'). 
Bedardlaringning jafolaridan 
Faryod chekib, fig'on etib ket
(2-bayt). 
Dunyo chamanining bulbulisan, 
Gul shoxida oshyon etib
(in qurib)
 ket
(3-bayt). 
Ey ко z yoshi, ко 'zimning maktabidan 
Hayrat darsini ravon etib ket
(4-bayt). 
Olam chamani - bevafo, 
Bir oh bilan uni xazon etib ket
(5-bayt). 
Oshiqlar maqomi
(erishgan darajasi) -
 bir bo 'ston, 
Ana shu bo 'ston orqali о 'tib ket
(6-bayt). 
Dunyoga kelishdan maqsading nima edi? 
Shuni aytib, kayfiyatini bayon etib ket
(7-bayt). 
Ishq sirini odamlarga oshkor etma, 
Ko'ngulda uni nihon etib
(yashirib)
 ket
(8-bayt). 
Keh ishq yo 'lida ко 'zlaringni, 
Ey Nodira, dur sochadigan qilib ket
(maqta'). 
154 


Sezgan bo'lsangiz, g'azalning ko'p misralarini bugungi 
tilimizga aylantirish uchun ortiqcha o'zgartirish qilishga to'g'ri 
kelmadi. Bu uning shu qadar ravon va xalqona til va uslub-
da bitilganidan dalolat beradi. Shu jihati bilan u oldin ko'rib 
o'tilgan ikki g'azaldan farq qiladi. 
G'azalda muayyan ma'noda shoiraning badiiy-tab'iy (estetik) 
dasturi, ya'ni o'z oldiga qo'ygan maqsad-muddaolari bayon etil-
gan. 
Shoira hayot har bir inson uchun bir imtihon ekaniga 
urg'u beryapti. G'azalda garchi:
 «Dunyoni imtihon etib ket», -
deyilgan bo'lsa ham, kishi dunyoni imtihon qilmasligini, aksin-
cha, bu yerda dunyo shaxsni imtihondan o'tkazishi ko'zda tuti-
layotganini anglab olish kerak. Dunyo imtihonidan o'tish uchun 
jahonni sayr etish, chuqurroq ma'noda aytilsa, uni o'rganish 
lozim. Ammo endi bedard (beg'am, beparvo, loqayd) odamlar 
ham - ko'p. Ular kishiga jafo yetkazadi. Bunga faryod chekib, 
fig'on etishga ham to'g'ri kelishi mumkin. Modomiki, o'zingni 
dunyo chamanining bulbuli deb hisoblasang, endi gul shoxida 
in qurishing zarur. 
Bu da'vat insonni hayotda yuksak pog'onalarni ko'zlab 
yashashga undaydi. Dunyo - hayratxona. Uning sir-sinoa-
ti, go'zalligi, jozibasidan zavq olish kerak. Shu bilan birga, 
hayot - vaqtincha (bevafo). Shuning uchun unga ko'p ham 
bog'lanmasdan, undan yuksakroq narsaga (Allohga) muhabbat 
qo'ygan oshiqlarga ergashish lozim. Chunki inson bu dunyoda 
aniq maqsad bilan, unga intilib yashashi zarur. Biroq Alloh-
ga ishqni hammaga oshkor qilaverish shart emas. Modomiki, 
ishq yo'liga kirgan bo'lsang, endi ko'zlaringdan dur sochishing 
kerak. Bu yerda dur, aslida, ko'z yoshi ma'nosida kelgan. Bi-
roq zimdan aytilyaptiki, shoira ishq yo'lida (demak, hayotda) 
ko'rganlarini dur kabi sochishi (asarlar yaratishi) zarur. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish