G'AZALLAR
Alisher Navoiy - g'azal mulkining sultoni. Faqat o'zbek
she'riyatidagina emas, butun turkiy adabiyotda hech kim un-
gacha ham, undan key in ham u yaratganchalik ko'p va xo'p
g'azal yozmagan.
Navoiy - awalo, lirik shoir. U bolalik chog'laridan umri-
ning oxirigacha she'rlar ijod qildi. Shoir eski o'zbek va fors-
tojik tillarida o'zidan boy lirik meros qoldirdi. Xususan, o'zbek
lirikasini tamoman yangi bir pog'onaga olib chiqdi. Shoir liri-
kasining asosiy janri esa g'azal edi.
Uning lirik she'rlari jami sakkiz devonga jamlangan. Shun-
dan yettitasi turkiy, bittasi forsiy lirikadan tashkil topgan.
1465—66-yili shoirning muxlislari tomonidan uning ixtiyori-
siz tuzilgan devon navoiyshunoslikda «Ilk devon» nomi bilan
yuritiladi. Taxminan 1472-1476-yillar orasida esa bevosita zamona
shohi Husayn Boyqaroning iltimosi bilan Navoiy o'zining birinchi
devoni - «Badoyi' ul-bidoya»ni tuzdi. Bu devonga maxsus
«Debocha» yozib, o'zining she'riyatga, xususan, g'azalga nis-
batan qarashlarini, ijodiy qat'iyatlarini bayon etdi. «Debocha»
Navoiyning turkiy she'riyatga o'ta yuksak mezonlar bilan yon-
dashadigan sohibi qalam sifatida bo'y ko'rsata boshlaganidan
dalolat beradi.
1486-yili shoir o'zining ikkinchi devoni - «Navodir un-ni-
hoya» («Behad nodirliklar»)ni tuzdi.
Navoiy 1493-yili forsiy da bitilgan barcha lirik she'rlarini
yig'ib, «Devoni Foniy»(«Foniy devoni»)ni tartib berdi. Chun-
ki shoir fors-tojik tilidagi lirik she'rlarida «Foniy» taxallusini
qo'llagan. Bu devonda jami 554 g'azal mavjud.
1491-92-yildan e'tiboran shoir barcha turkiy she'rlarini
yig'ib, to'rt devondan iborat «Xazoyin ul-maoniy» («Ma'nolar
xazinasi», u «Chor devon» nomi bilan ham mashhur) maj-
muasini tuzishga kirishdi. Bu keng ko'lamli va jiddiy ish
1498-1499-yillargacha davom ettirildi.
«Xazoyin-ul-maoniy»dagi har bir devonga alohida-alohida
nom qo'yilgan:
l.«G'aroyib us-sig'ar» («Bolalik g'aroyibliklari»).
2.«Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirliklari»).
3.«Badoye' ul-vasat» («O'rta yosh yangiliklari»).
4.«Favoyid ul-kibar» («Qarilik foydalari» yoki «Qarilik xulo-
salari»).
Shu to'plamga yozilgan «Debocha»da kichik asarlarini nega
aynan to'rt kitob qilganini aytib, uni yilning fasllariga qiyosan
amalga oshirganini yozadi:
«...Avvalg'i devonnikim, tufuliyat
(bola-
lik)
bahori g'nucha sining a jib gullari va sig'ar
(o'smirlik)
gul-
zorining bog'chasining g'arib chechaklari bila orosta bo'lub erdi,
«G'aroyib us-sig'ar» deyildi. Va ikkinchi devonnikim, yigitlig-u
oshuftalig' va shabob-u oliftalig' yozi-yu dashtida yuzlangan
nodir vaqoye' bila piyrosta bo 'lub erdi, «Navodir ush-shabob»
ataldi. Va uchunchi devonnikim, vasat ul-hayot
(umrning o'rtasi)
mayxonasida ishq bila shavq paymonasidin yuzlangan badi' ni-
shotlar kayfiyatin yozilib erdi, «Badoye' ul-vasat» ot qo 'yuldi.
Va to 'rtunchi devonnikim, umrning oxirlarida yuzlangan ishq
dard-u ranji foyidalarikim, jonso 'z oh urmoq-u jon topshurmoq-
durkim, anda sabt bo 'lubtur, «Favoyid ul-kibar» laqab berildi».
Keyin shoir umrning bu to'rt davrini yoshga mos tarzda
taqsimlab chiqadi:
- bolalik davri
(tufuliyat avoni) -
7-8 yoshdan 20 yoshgacha;
- yigitlik davri
(shabob zamoni) -
20 yoshdan 35 yoshgacha;
- o'rta yasharlik davri
(kuhulat ayyomi) -
35 yoshdan 45
yoshgacha;
- qarilik davri
(fusulning qishi) -
45 yoshdan 60 yoshgacha.
Ammo bu tartibga qarab,
shu to 'rt devonga shoirning aynan
shu yoshlarida bitgan asarlari kiritilgan,
deb tushunmaslik
kerak. Bu yerda ramziylik ham bor.
«Xazoyin ul-maoniy» Navoiy umum merosining salmoqli
qismini tashkil etadi. Undan jami 16 lirik janrga oid asarlar
o'rin olgan. Majmuada g'azal eng asosiy janr hisoblanadi. Har
bir devonga bir xil miqdorda, ya'ni aynan 650 tadan, jami 2
ming 600 ta g'azal kiritilgan.
«Chor devon» butun Sharq so'z san'atining ulkan yodgorligi
hisoblanadi. Jahon adabiyoti xazinasida ham bu qadar yirik lirik
meros yaratgan shoirlar u qadar ko'p emas.
101
«Xazoyin ul-maoniy»ga kirmay qolgan, ya'ni muallif um-
rining so'nggi yilida yaratilgan g'azallarini hisobga olmagan
taqdirda ham, shoir ikki tilda yaratgan va devonlariga kiritgan
g'azallarining umumiy soni 3 ming 154 tani tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |