Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

Savol va topshiriqlar 
1. Irsoli masal san'atining badiiy nutqdagi asosiy vazifasi nimadan iborat? 
2. Irsoli masal san'atining xalq og'zaki adabiyoti bilan aloqasini aytib bering. 
3. Irsoli masal qaysi o'zbek shoirlari ijodida ko'proq uchraydi? 
4. Irsoli masal haqidagi nazariy ma'lumotlar asosida bu badiiy san'at ishtirok 
etgan asarlarni qayta o'qib chiqing. 
QOFIYA 
Arabcha
 «qofiya»
so'zi ergashish, izidan borish degan ma'-
nolarni anglatadi. Adabiyotshunoslik istilohi (termini) sifatida u 
she'riy misralarning muayyan o'rnida o'zaro ohangdosh so'z 
yoki so'zlarning izchil takrorlanib kelishini anglatadi. Qofiyaga 
olingan so'z yoki so'zlar o'zak bilan o'zak yoxud qo'shimcha 
bilan qo'shimcha o'rtasida yuzaga keladi. 
O'zbek mumtoz she'riyatida qofiyaning tartibi janr tabiati-
dan kelib chiqadi. Masalan, masnaviyda faqat ikki misra o'zaro 
qofiyalashadi. Shuning uchun bunda har bir bayt alohida-alo-
hida qofiyaga ega bo'ladi. Mabodo, ketma-ket ikki bayt qofi-
yalari bir-biriga ohangdosh bo'lib kelganda ham ular alohida-
alohida qofiyalar hisoblanadi. Masalan, Navoiyning «Farhod va 
Shirin»ida ketma-ket kelgan mana bu baytlarda,
 alohida-alohida 
ikki qofiya bor,
deb hisoblanadi: 
Ko'p o'lsa mehribon xudkomlig'din, 
El ichra vahm etib badnomlig'din. 
Vale chun bilmish erdi ishq pokin, 
Bu yanglig' ishq aro dardi halokin, -
baytlari qofiyalaridagi to'rt so'z
 («xudkomlig'din - badnom-
lig'din», «pokin - halokin»)
o'zaro ohangdosh bo'lgani bilan bu 
yerda ikkita alohida-alohida qofiya ishlatilgan. Keyingi bayt-
ning qofiyasi birinchi baytning qofiyasiga bog'liq emas. Ya'ni 
shoir keyingi baytni tamoman boshqa qofiya bilan yozaverishi 
mumkin edi. 
G'azalda qofiya
 aa, ba, da, ea, fa
va hokazo tarzda davom 
etadi. Qit'ada esa g'azalning matla'sidagi kabi juft qofiyali bayt 
bo'lmaydi. Shuning uchun uning qofiyalari
 ah, vd, eb, fb
va 
91 


hokazo tarzda davom etadi. Ruboiy va tuyuqning
 aaaa
yoki 
aaba
tarzda, ya'ni ikki xil qofiyalanish imkoni bor. 
Mumtoz adabiyotshunosligimizda qofiya qoidalarini o'rgana-
digan soha
 ml mi qofiya
» deb yuritilgan. 
Mumtoz she'riyatimizda qofiyadagi takrorlanib keladigan 
asosiy tovush (ya'ni harf) «
raviy
» deyilgan. Raviy - so'z o'za-
gidagi, yasama so'zlarda esa negizdagi oxirgi undosh, cho'ziq 
unli, ba'zi hollarda esa qisqa unli sifatida aynan qaytariladigan 
tovush. Masalan,
 «gul - bulbul»
so'zlaridagi «/»,
 «or - zor» 
so'zlaridagi «г»,
 «vafo - jafo»
so'zlaridagi «о»,
 «bahona -
zamona»
so'zlaridagi oxirgi «о» raviy hisoblanadi. 
Qofiya she'rda ko'p vazifa bajaradi. Awalo, she'r ritmi va 
musiqiyligini ta'minlaydi. G'oyaviy mazmunni kuchaytirib ifoda-
lashga xizmat qiladi. G'oya yuki tushadigan so'zlarning mis-
ralar oxirida kelishi shuni ta'minlaydi. Xususan, g'azal, qit'a, 
muxammas, musaddas va hokazo janrlarda qofiya asarning kom-
pozitsion qurilmasida asosiy mavqe tutadi. Boshqacha aytganda, 
bunday janrlarda qofiya go'yoki she'rni boshqaradi. Masalan, ba-
diiy san'atlarning o'nga yaqini - bevosita qofiya bilan aloqador. 
Aslida, qofiya ham - alohida bir badiiy san'at. Ammo 
shunday san'atki, Sharq mumtoz adabiyotida qofiyasiz she'r 
bo'lmaydi. Boshqa birorta badiiy san'atga bunday shart qo'yil-
maydi. To'g'ri, san'atlar, ya'ni badiiy vositalarsiz she'riy asarni 
ham tasawur qilish qiyin. Biroq aynan olingan bir san'atni ish-
latish yo ishlatmaslik - tamoman shoirning inon-ixtiyorida. 
Mumtoz she'riyatda qofiya qoidalari buzilmaydi. Shuning uchun 
qofiya ilmini olimlar shoir va she'rxonning alifbesi hisoblasha-
di. Shu sababdan ham qofiya mumtoz adabiyotshunosligimizda 
boshqa san'atlardan ajratib, maxsus o'rganilgan. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish