Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti



Download 0,62 Mb.
bet84/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   148
Bog'liq
3-qism

Kitoblari: “Ochiq derazalar” (1970), “Karvon qo‘ng‘irog‘i” (1973), “Quyosh soati” (1974), “Yonayotgan daraxt” (1977), “Yarador chaqmoq” (1979), “Haqqush qichqirig‘i” (1979), “Seni yaxshi ko‘raman” (1981), “Daraxtlar va giyohlar” (1984), “Gaplashadigan vaqtlar” (1986), “Ming bir yog‘du” (1989), “O‘rtamizda birgina olma” (1990), “Qush yo‘li” (1993), “Imon yog‘dusi” (1994), “Saylanma” (1997), “Ardaxiva” (2001)
O. Matjonning ish faoliyati ham havas qilgulik. Shoir oliy maktabni bitirgach, Toshkentga kelib, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, bo‘lim mudiri, so‘ng “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston davlat Matbuot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, “Cho‘lpon” nashriyoti direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Omon Matjon 1993- yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Omon Matjon — zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetakchi vakillaridan biri. Omon Matjonning tuyg‘ular olamiga ta’sir qilgan insoniy fazilatlar ko‘pincha Xorazm vohasida yashayotgan kishilarga mansubdir. Uning barcha asarlarida chin insoniy sezimlar, yetuk insonlarning orzu-intilishlari tiniq ranglarda tasvir etiladi.


VATAN MEHRI
Parvoz etdim men qushlarga qo‘shilib erkin,
Oq bulutlar peshonamni o‘pdilar silab.
Zamin sehrin shunda qalbga jo etgan edim,
Oq xirmondan har yoqamga tolalar ulab.
O‘zbekiston, zo‘r tabarruk ma’volar yurti,
Beruniylar, xorazmiylar, kubrolar yurti,
Yetti iqlim maftun bo‘lgan navolar yurti,
Vatan birla millatga jon fidolar yurti!
Yangraganda chamanlarda bulbul ovozi,
Gullar abad raqsda bunda, kapalaklar mast.
Sir va Amu – onam mehri tutash daryolar,
Qayga bormay, aziz nurlar jonimga payvast.
O‘zbekiston, zo‘r tabarruk ma’volar yurti,
Buxoriylar, farg‘oniylar, sinolar yurti,
Yetti iqlim maftun bo‘lgan navolar yurti,
Bizga mangu ijobatli duolar yurti!
Vatan mehri – xayollarim uzra billur toj,
Vatan mehri – orzularim ramzi bebaho,
Vatan mehri – iqbolimning oltin kaliti,
Vatan mehri – yurt ko‘kida charx urgan humo!
O‘zbekiston, zo‘r tabarruk ma’volar yurti,
Ulug‘beklar, termiziylar, daholar yurti,
Yetti iqlim maftun bo‘lgan navolar yurti,
Vatan birla millatga jon fidolar yurti!



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish