Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti



Download 0,62 Mb.
bet83/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   148
Bog'liq
3-qism

RAUF PARFI SHE’RLARI HAQIDA
Rauf Parfi she’riyat maydoniga XX asrning 60-yillarida kirib keldi. Birinchi kitobi «Karvon yo‘li» deb nomlanadi.
«Tong otmoqda» she’rida shoirning umidlari, yorqin tuyg‘ulari ifodasini topgan. Bunda quyosh zambarakka, uning zarrin nurlari o‘qlarga qiyoslangan.
Shoir o‘z qalb kechinmalarini ifodalashda tabiatga murojaat qilishini «Yomg‘ir yog‘ar» she’rida ham ko‘rish mumkin. She’rdagi «Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar» misrasi 6 marta qaytariladi. Yomg‘irga lirik qahramon asir bo‘ladi. Eng muhimi, ushbu ruhiy vaziyat ortidan she’r tug‘iladi. Shu bois shoir: «Yog‘a boshlar qog‘ozga ko‘ngil», – deb o‘z she’riga nuqta qo‘yadi. «Men bunday vaziyatda qog‘ozga she’r yozdim» deyishi juda sodda va she’riyatning ramzli tilidan ancha yiroq tushgan bo‘lar edi.
Rauf Parfi o‘z she’rida so‘z, misra, tovushlar takroridan maydonga keladigan takrir, tavze’, tazod kabi badiiy san’atlardan unumli foydalangan.
Odatda, bahor fasli shoirlarga ilhom beradi. Ammo Rauf Parfining– yoz fasli sha’niga to‘qilgan qo‘shig‘i yoz kechasidagi tabiat manzarasini o‘zgacha nigoh bilan kuzatarkan, qulog‘iga shiraga to‘lib g‘arq pishgan qovunning tars yorilishi eshitiladi.
Chigirtkaning g‘alati kuyi ham shoirni o‘ziga tortadi. «Chigirtkalar chirillar chunon» – bu misradagi «ch» tovushining nazokati mitti hasharotlar kuylayotgan kuy nafosatiga qo‘shiladi.
OMON MATJON
(1943- YILDA TUG‘ILGAN)
Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas,
Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman.
Omon Matjon
Zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakili Omon Matjon 1943- yilning 14- fevralida Xorazm viloyati Gurlan tumanining Bog‘olon qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi — Matjon Jumaniyoz o‘g‘li qishloq pochta bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Katta bobolari Jumaniyoz yirik savdogar boy bo‘lgan. Oktabr to‘ntarishigacha Rossiyaga savdo ishlari bilan bir necha marta borib kelgan. XX asrning 20- yillarida boshlangan quloqlashtirish siyosatining oqibatini o‘ylab, bor mol-mulkini hukumatga topshirgan.
Omonning onasi Xotira opa go‘zal va oqila ayol bo‘lib, bo‘lajak shoir hali go‘dak ekanida dunyodan o‘tgan. Omon Matjon o‘z bolalik xotiralaridan birida quyidagicha eslaydi: “Otam pochtada ishlaganlaridan uyda non bo‘lmasa-da, gazeta-jurnal bo‘lar edi. Esimda, 1953- yilning 5- martida maktabda ertalab, hovlida majlis bo‘lib, maktab o‘quv bo‘limi mudiri Stalinning o‘lganini yig‘ilganlarga ma’lum qildi. Bolalar, muallimlar dod-faryod solib qoldilar, tuproqqa yiqilganlar bo‘ldi. Men yig‘lab uyga keldim. “Ota, Stalin otamiz o‘libdi!..” U kishi mollarga xashak solib yurgan edilar: “Nishatiyin, mening otam ham o‘lgan!”, — dedilar beparvo!”
Tabiatan iste’dodli, ta’sirchan va g‘oyat ko‘p o‘qiydigan Omon Matjon 3-sinflarda o‘qib yurgan paytlarida she’rlar, ertaklar yozgan. Ilk she’ri 1958- yilning 15- martida Yangibozor tuman gazetasida bosilib chiqqan. 16 yoshida o‘rta maktabni tugatgan Omon so‘zga mehr qo‘ygani sabab adabiyotni tanlamoqchi bo‘ladi. Ammo otasining istagiga bo‘ysunib, Aloqa institutiga hujjat topshiradi. Imtihonlardan o‘tolmagach, radio-telefon tuzatish kursida o‘qib, montyorlik qiladi. Keyingi yili Samarqand universitetining Filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. O‘qish o‘rtasida harbiy xizmatga boradi. Harbiy qismning katta kutubxonasidagi deyarli barcha asarlarni o‘qib chiqadi. Askarlikdagi uch yil bo‘sh ketmasin deb, har kuni kamida bittadan she’r yozadi. Xizmatdaligida yozgan she’rlaridan bir turkumini o‘zidan bir yil oldin uyiga ketgan do‘stidan berib yuboradi. “Sharq yulduzi” jurnalining 1965- yil 5- sonida askar ning she’rlari bosilib chiqadi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish