Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti


«BIRINCHI MUHABBATIM» SHE’RI HAQIDA



Download 0,62 Mb.
bet79/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   148
Bog'liq
3-qism

«BIRINCHI MUHABBATIM» SHE’RI HAQIDA
Hazrat Alisher Navoiyning «So‘zki, ma’nosida ishq o‘ti nishoni bo‘lmag‘ay, Bir taharruksiz badan onglaki, joni bo‘lmag‘ay», ya’ni agar so‘zda ishq to‘g‘risida gap bo‘lmas ekan, uni jonsiz jism hisoblagin, degan mazmunda hikmatli bayti bor. Abdulla Oripovning «Birinchi muhabbatim» she’ri inson qalbidagi bebaho ma’naviy javhar bo‘lgan hisni bayon qiladi.
She’rda visolga erishmagan oshiq nolasi, g‘aflatda qolib muhabbat tuyg‘usiga beparvo bo‘lgan lirik qahramonning ichki dard va kechinmalari o‘z aksini topgan. Bu kayfiyat xayolga tolish, eslash uslubida ifodalangan. Osmondagi oy, charaqlab chiqqan yulduz ma’yus tortgan lirik qahramonga birinchi muhabbatini eslatadi.
O‘tdi yoshlik zavq bilan, gohi to‘polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan.
Shе’riy matn tarkibidagi shu ikki misraning birinchisida yoshlikka xos ikki sifat kеltirilgan: «zavq» va «to‘polon».
Shе’rda dunyoning sirliligi, «tuynuksiz qasr»ligi, muhabbat tuyg‘usi inson umriga suyanch, yo‘lini yoritadigan chiroq ekani bayon qilinadi. Shе’rning bеshinchi bandida «muhabbatga suyanish»ning 3 bora takroridan kеyin kеlgan «Mеn kimga suyangayman, birinchi muhabbatim» misrasidagi oh-u faryoddan, qalb nolasidan o‘quvchining butun vujudi larzaga kеladi.
Shе’r so‘ngida shoir armonli muhabbatining «dildagi ohi» ekanini ochiq yozadi. «Yolg‘iz Ollohim mеning, birinchi muhabbatim» dеgan oxirgi misrada shе’rning yana bir fazilatli qirrasi ochiladi. Ollohga muhabbat tushunchasining ifodasi shoirni o‘z salaflari, ya’ni mumtoz o‘zbеk shoirlarining estеtik olami bilan bog‘lashga imkon bеradi. Umuman olganda, Abdulla Oripovning ushbu bеtakror «Birinchi muhabbatim» shе’ri odamga «hamisha bir hisga asir»likni eslatib turadi; bunday go‘zal his-tuyg‘uga nisbatan hеch kim aslo bеparvo bo‘la olmaydi.
QO‘RIQXONA

Asraymiz o‘simlik xillarin tayin,
Asraymiz hayvonlar kamyob zotini.
Hatto atroflarin o‘rab atayin
Qo‘riqxona deymiz so‘ngra otini.

Sayoq ovchilarga u yon yo‘l bo‘lsin,


Jarima solamiz, qamaymiz hatto.
To u jonzotlarni tinchiga qo‘ysin,
Qirilib bitmasin tirik dunyo to.

Munis mavjudotga mehr-u shafqat bu,


Bu inson qalbida balqqan hamiyat.
To yashar qaydadir bu yanglig‘ tuyg‘u,
Har nechuk qirilib ketmas tabiat.

Olamda ko‘p narsa kamyob bir qadar,


Ne-ne tuyg‘ular ham kamyobdir, alhol.
Men derdim sof qalbni uchratgan safar,
Darhol o‘rab oling atrofin, darhol.

Insof yo‘qolmasin, o‘rang mustahkam,


To uni yuzsizlik etmasin xarob.
Ezgulikni asrang, olamda u ham
Tojdor turna kabi bo‘lmasin kamyob.

Oqibatni asrang, oqibat go‘yo


Ayiqday qaydadir topmasin zavol.
Hayoni asrangiz, kuymasin hayo
Otashga duch kelgan polapon misol.

Imonni asrangiz, u doim tanho,


Undadir mujassam inson matlabi.
Avlodlar axtarib yurmasinlar to,
Uni allaqanday Qor odam kabi.

Vijdonni asrangiz har nedan ortiq,


Yagona zaminni asragansimon.
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq
Toki avlodlarga yetolsin omon.

Ezgu, latif hislar bo‘lmasin tahqir,


Bulbulni boyqushga topshirmang zinhor.
Xudbin va dilozor kimsaning, axir,
Og‘zi qon yirtqichdan qanday farqi bor?!

To‘qayga o‘t ketsa yongay bus-butun,


Adolat borliqqa yolg‘iz onadir.
Dunyo ham, insonlar qalbi ham bugun
Yovuzlikdan zada Qo‘riqxonadir.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish