Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti



Download 0,62 Mb.
bet78/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   148
Bog'liq
3-qism

«YURTIM SHAMOLI» SHE’RI HAQIDA
Abdulla Oripov she’ridagi asosiy obraz – bu shamol. Shamolning esishi shoirning lirik qahramoniga o‘zgacha ruhiy kayfiyat bag‘ishlaydi.
Shoir shamolga har band oxirida: «O, yurtim shamoli, yurtim shamoli», – deb xitob qilar ekan, fikr yo‘nalishini «qayg‘ulardan xoli» saodat va bunyodkorlik yo‘llariga boshlaydi. Shoir shamol sha’niga bag‘ishlagan ushbu she’rida juda muhim bir falsafani – insonning dunyoga kelishi va ketishini: Bu gulshan vodiyda men ham bir shamol, Shamol kabi keldim, shunday keturman, – deb shamol obrazi vositasida ifodalaydi.


BIRINCHI MUHABBATIM
Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda,
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg‘otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

O‘tdi yoshlik zavq bilan, gohi to‘polon bilan,


Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayri ham tushdim ba’zan qalb bilan, imon bilan,
Lekin seni yo‘qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g‘aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

Dunyo degan shundayin anglab bo‘lmas sir ekan,


Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan.
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan...
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.

Holbuki, orzulardan judo ham bo‘lganim yo‘q,


Yulduzday kulganim yo‘q, oy kabi to‘lganim yo‘q.
Erta xazon gul kabi sarg‘ayib so‘lganim yo‘q,
Seni eslab yig‘layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag‘rim tig‘layman, birinchi muhabbatim.

Yo‘lin yo‘qotsa odam – muhabbatga suyangay,


G‘ussaga botsa odam – muhabbatga suyangay.
Chorasiz qotsa odam – muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim.
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,


Sirli tushlar ko‘rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she’rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg‘iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish