Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti


«YULDUZLAR MANGU YONADI» QISSASI HAQIDA



Download 0,62 Mb.
bet92/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   148
Bog'liq
3-qism

«YULDUZLAR MANGU YONADI» QISSASI HAQIDA
Tog‘ay Murod qahramonlari bilan bizni qalban yaqinlashtirayotgan narsa – xalqimizga xos bo‘lgan soddalik, samimiylik, to‘g‘rilik, ochiq ko‘ngillik xislatlaridir. Millatning bu bebaho fazilatlari «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida ortiqcha jimjimaga o‘ralmay, alohida bo‘rttirilmay, atayin ta’kidlanmay aks ettiriladi. Surxondaryoning olis qishloqlarida yashaydigan oddiy insonlar uchun OR, NOMUS, G‘URUR, UYAT, ANDISHA, KAMTARLIK, HALOLLIK, MARDLIK singari hislar alohida qahramonlik belgisi emas. Bu asar 1976-yilda yozilgan. Bu paytda bizning milliy an’analarimiz, urf-odatlarimizga davlat miqyosida hujumlar uyushtirilardi. Dinimiz, e’tiqodimiz ustidan ochiqdan ochiq kulishar, ne-ne asrlar osha zavol ko‘rmay kelgan ko‘plab muqaddas qadamjolarimiz buzib tashlanardi. Ona tilimiz butun rasmiy idoralar, hujjatlar, aksariyat ta’lim dargohlaridan siqib chiqarilgan, bu tilda gaplashish esa madaniyatsizlik belgisi sifatida qaralardi...
Tog‘ay Murod mana shunday sharoitda o‘z qahramoni Bo‘ri polvonga qo‘shilib og‘ir-og‘ir, ayni choqda yozuvchi uchun xavfli-xavfli o‘ylarga cho‘madi. Bu o‘ylarini el oldiga, boyagi makkor hukumat oldiga olib chiqishdan cho‘chib o‘tirmaydi: «Xalq nimasi bilan xalq? O‘zining urf-odatlari bilan xalq! Ko‘p urf-odatlarimizni birovlar... birovlar o‘ziniki qilib oldi! Biz qo‘limizni burnimizga tiqib qoldik. Shunday keta bersak, hademay... o‘zimizni-da boy berib qo‘yamiz! Bu yog‘i kamday, ne-ne nimalarimizni eskilik sarqiti deb yo‘q qildik. Xiyol bo‘lmasa xalqning o‘zini-da... eskilik sarqitiga chiqarib yuborayin, dedik! Bugun buni yo‘qota bersak, ertaga uni yo‘qota bersak... podadan nima farqimiz qoladi?..»
Ikkinchi qissa – «Ot kishnagan oqshom»da chavandozlik, otlar bilan bog‘liq o‘yinlar, otlarning zoti, parvarishi singari mavzular yoritiladi.
«Otamdan qolgan dalalar» romanida bo‘lsa, qadim o‘zbekning paxtakorlik faoliyati sirsinoatlari to‘liq qog‘ozga tushiriladi.


SHAVKAT RAHMON

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish