Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti


Qumri: —Muhiddin aka “peshingacha yechmang, kelin” deb ketdilar. Qo‘chqor



Download 0,62 Mb.
bet101/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148
Bog'liq
3-qism

Qumri: —Muhiddin aka “peshingacha yechmang, kelin” deb ketdilar.
Qo‘chqor: — Nima, peshingacha meni oftobda quritib kapchonka qilmoqchimisan? (Bechorasifat bo‘lib.) Sen quritmasang ham Xudo quritib qo‘ygan o‘zi — jasadni qara, shaqir-shuqur suyak... Yo‘q, bunaqada peshinga bormayman, Qumri...
Qumri: — (Achinib.)Yecholmayman, dadasi, mendan xafa bo‘lmang... Qishloqning oqsoqollari tushlik payti kelamiz, bo‘lmasa dumini ushlatmaydi, deb ketishdi...
Qo‘chqor: — Nima, mening dumimni ushlashdan boshqa ishlari yo‘q ekanmi? Kap-katta odamlar-a!..
Qumri: — (Ichkariga.)Turobjon, bo‘la qol, bolam!
Qo‘chqor: — (Xotinining boshqa ko‘ylak kiyib olganini endi payqadi.) Ha, yo‘l bo‘lsin?!
Qumri: —Kecha nima dedingiz?
Qo‘chqor: — Nima debmiz?
Qumri: — (Xo‘rligi kelib.)Aytadiganingizni aytdingiz...
Qo‘chqor: — Aytadiganimiz nima ekan?
Qumri: — Hali odamlar kelsa, tushuntirib berishadi. Men bolalarimni olib, oyimlarnikiga ketdim.
Qo‘chqor: — Iye, jinnimisan, vey? Ozgina sho‘xlik qilsak qilibmiz endi, yigitchilikda nimalar bo‘lmaydi.
Qumri: — (Yig‘lamoqdan beri bo‘lib.)Bu sho‘xliklaringiz o‘n olti yildan beri (tomog‘ini ko‘rsatib) mana bu yerimga kelgan...
Qo‘chqor: — Nolima, ho‘, nolima! Bola-chaqang oldingda bo‘lsa, yeb-ichishdan kaming bo‘lmasa! Bundan ortiq nima kerak?
Qumri: —Birov sizga “och qoldim” deyaptimi?
Qo‘chqor: — Nega bo‘lmasam, “U yerimga kelgan, bu yerimga kelgan”, deyaverasan? Kelgan bo‘lsa, kelgandir...
(Shu payt besh-olti yoshlar chamasidagi Turobjon yugurganicha hovlining narigi betiga o‘tib keta boshlaydi. Dadasiga ko‘zi tushib, suyunchi olmoqchiday, hovliqib axborot bera boshlaydi.)
Turobjon:— Dada, biz-chi, buvimlarnikiga ko‘chib ketarkanmiz! (Dadasining bog‘liq turganiga hayron bo‘lib.)Iye, nima qilib turibsiz, dada?
Qo‘chqor: — Kim?.. Menmi?.. Ha, endi, buvingnikiga ko‘chib ketadigan bo‘lsak, uyni tashlab ketamizmi, orqalab olib keta mizda, o‘g‘iltoy. Hozir, birpas nafas rostlab olay, keyin “yo pirim” deb ko‘taramiz-u, ketaveramiz.
(Turobjonning ishi shoshilinch shekilli, dadasining gapini oxirigacha eshitmay, yugurganicha chiqib ketdi.)

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish