Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti



Download 0,62 Mb.
bet103/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   148
Bog'liq
3-qism

Qo‘chqor: — Nima-gress?
Olimjon:— Progress.
Qo‘chqor: — Progress bor. Ilgari tezak yoqilardi, hozir tezakni solyarka bilan yoqayapmiz. Yaxshi yonayapti. To‘g‘ri ovqatdan sal-pal hidi keladi-yu, lekin o‘rganib ketar ekan odam.
Olimjon:— (Qo‘chqorga achinganday bosh-oyoq qarab chiqib.)Bir hisobda, sizgayam qiyin — shuncha bola-chaqa... Sakkiztamidi?
Qo‘chqor: — (Uh tortib.) Ha, qolgani shu. Beshtasi peshonamga sig‘madi, Olimtoy...
Olimjon:— Hechqisi yo‘q, Qo‘chqor aka, yaqinda hammasi yaxshi bo‘lib ketadi. Mana, hozir “oilani planlashtirish” degan bir gap chiqib turipti.
Qochqor: — Nimalashtirish?
Olimjon:— Planlashtirish. Menimcha, shu yaxshi gap, Qo‘chqor aka. Tushunmadingiz-a? Buning ma’nosi shuki, yaxshi yashash uchun bolani to‘rtta-beshtadan oshirmaslik kerak.
Qo‘chqor: — Iye?.. Xudoning o‘zi berib tursa nima deysan?
Olimjon:— (Kulimsirab.) Ha, endi, Xudo bermaydigan qilinadi-da.
Qo‘chqor: — (Go‘yo tushunganday.)Ha-a, gap buyoqda degin? U... qanaqa bo‘ladi o‘zi?
Olimjon:— “Oilani planlashtirish” degan gap bekorga chiqqani yo‘q. Axir, ne-ne olim-u fozillar rosa o‘ylab, hamma tomonini hisobga olib, keyin gapirishyapti. Mana, siz va sizga o‘xshaganlarning bola-chaqa deb umri o‘tib ketmasin, bular ham odamga o‘xshab yashasin, degan gap bor buning tagida, bildingizmi?
Qo‘chqor: — Yo‘q, tagidagi gap yaxshi ekan-u, lekin boshimizga qo‘ylarning kuni tushmasmikan, deyman-da.
Olimjon:— Qaysi qo‘ylar?
Qo‘chqor: — Sening ham esingda bordir, bir paytlar SJKmi, PJKmi degan bir balo chiquvdi. Qo‘ylarni sun’iy urchitib, ko‘proq qo‘zi olish uchun-da. Keyin qo‘yning zoti aynidi, qorako‘ldan sifat qochdi, har xil kasallikka chalindi. Shu, turib-turib olimlaringga ham tushunmay qolaman-da, Olimtoy. Bir qarasang, qo‘ylarga qarab “ko‘p tug” deydi, bir qarasang, o‘zbekka qarab, “kam tug‘“, deydi...
Olimjon:— Ana shunaqa gaplarni gapirmang-da, Qo‘chqor aka! Siz bilasizmi, yo yuqoridagilar biladimi? Gapingizni qarang! Qo‘y qayoqda, o‘zbek qayoqda?! Bu yerda gap xalqning turmushini yaxshilash haqida boryapti. Axir, o‘zingiz mundoq bir qarang, ayniqsa, qishloqlarimizda turmush darajasi nihoyatda past. Chidab bo‘lmaydigan darajada past!
Qo‘chqor: — (Asabiyroq.)Past, degin? Senlarning turmushlaring balandmi? Davlat o‘qitdi, odam qildi, olim degan noming bor, ko‘tar-da past bo‘lsa! “Prigres-mrigres” qilasan bu yerga kelib olib! Xotinlarning qorniga osilguncha paxta teradigan mashinani to‘g‘rila!

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish