Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti


Qo‘chqor: — Nega foydasi bo‘lmas ekan? Qashinib olaman... Qumri



Download 0,62 Mb.
bet100/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   148
Bog'liq
3-qism

Qo‘chqor: — Nega foydasi bo‘lmas ekan? Qashinib olaman...
Qumri: —Qayeringiz qichishyapti? Ayting, o‘zim qashib qo‘yaman.
Qo‘chqor: — (Bu gapni kutmagan edi, dovdirab qoldi.) Sening bo‘ying yetmaydi...
Qumri: —Ixtiyoringiz... (Kiyim-kechaklarni katta ro‘zg‘or sumkasiga joylay boshlaydi.)
Qo‘chqor: — Menga qara, o‘zing bog‘ladingmi yo bitta-yarimtasi qarashvordimi?
Qumri: — (Yig‘lamsirab.)Sizga bas kelib bo‘larkanmi!.. Bunaqa vaqtda traktor bo‘p ketasiz-ku.
Qo‘chqor: — Kim keldi?
Qumri: —Qishloqning yarmi keldi. Baqirib dunyoni boshingizga ko‘tardingiz. Olti kishi arang epladi-ya! (Ichkariga kirib ketadi.)
Qo‘chqor: —Ko‘pchilik yaxshi-da, ko‘pchilikdan o‘rgilay... (Uy tomonga baqirib.) Safar ham bormidi? A? Sendan so‘rayapman, garangmisan?!
Qumri: — (Ichkaridan.) Ha, bor edi.
Qo‘chqor: — Tag‘in kim chiqdi?
Qumri: —Nima farqi bor?
Qo‘chqor: — Farqi bor! Ertaga kimdan uzr so‘rashimni bilishim kerakmi? E... bugun, deganim.
Qumri: —Muhiddin akaning o‘g‘li ikkita o‘rtog‘i bilan armiyadan otpuskaga kelgan ekan, avval uch kishi bo‘lib o‘shalar chiqishdi. Hech bo‘y bermadingiz.
Qo‘chqor: — Armiya ham bas kelolmadi, degin?
Qumri: — (Boshqa ko‘ylak kiyib chiqib.) Keyin Muhiddin aka bilan Safar akalar chiqishdi.
Qo‘chqor: — Yana?
Qumri: —Shu.
Qo‘chqor: — Olti kishi deding-ku!
Qumri: —Men ham sal-pal qarashvordim...
Qo‘chqor: — “Sal-pal”mish! Yechilmayotganidan ham biluvdim, sening qo‘ling tekkanini! Mol arqonlab o‘rganib qolgansan-da, bog‘lagan tuguningni matroslar ham yecholmaydi! E, qarashmay ket!.. Bo‘pti, kechirdim, qo‘lni yech. (Qumri yo‘q deganday bosh chayqaydi.) Yo‘q, men kimman o‘zi? (Baqirib.) Qo‘chqormanmi yo Qo‘chqormasmanmi? Qo‘chqorman! Qo‘chqor ekan deb bog‘lab tashlayveradimi? A-a, sho‘ri bor odam ekanman o‘zi... Hech bo‘lmasa, suv olib kelib ber, ichim yonib ketyapti! (Qumri dastasi yo‘q krujkada suv olib chiqib, ichirib qo‘yadi.)...Ha mayli, bo‘lar ish bo‘pti. Ke, yechib qo‘y.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish