“Academic Excellence on Science and Research”
Special Issue | 2022
Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608
www. sciencebox.uz/
131
POLIMETAL RUDALARNI BOYITISH TEXNOLOGIYASINI
O’RGANISH
Nosirov N. I., Ashirmatova I. M, Mannobova O.B
Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali
Annotatsiya:
O’zbekiston hududida juda ko’plab foydali qazilmalar mavjud bo’lib, xususan
ularga rangli, nodir radioaktiv va qora metallar, yoqilg‘i energitikasi shu bilan birgalikda
qurulish materiallari va boshqa foydalai qazilma konlari bor. Oltin, kumush ,mis, qo‘rg‘oshin,
uran ,volfram, molibden nodir metallardan reniy, kadmiy, selen, tellur indiy va boshqalar zaxira
hamda qazib olish bo’yicha mamlakatimiz yetakchi o’rinni egallagan. Boyitish fabrikalarida mis
va molibden rudalari flotatsiya usulida boyitiladi.
Kalit so‘lar:
geologiл razvetka, shtokverk, oltin, kumush, mis, molibden, yig‘uvchi reagentlar,
pH muhit, kollektiv-selektiv sxema konsentrant.
O„zbekistonning yer qari foydali qazilma turlariga juda boy. Hozirgacha saqlangan ko„hna
konlar va ularning qoldiqlari O„zbekiston hududida konchilik qadimdan rivojlanganligidan
dalolat beradi.
Har yili Respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilma olinadi.
[1]
Mamlakatimizda 3000 ta foydali qazilma koni aniqlangan bo„lib, ularning 1100 tasi qazib
olishga tayyor, xususan, 50 tasi asl, 41 tasi rangli, nodir, radioaktiv va qora metallar, 187 tasi
yoqilg„i-energetika, 19 tasi kon- kimyo, 45 tasi konchilik xomashyosi, shuningdek, qurilish
materiallari, yer osti suvlari va boshqa foydali qazilma konlaridan iborat.
O„zbekiston yer osti boyliklarining istiqboli juda ulkan. O„zbekiston hududining faqat 20%
maydonida geologik razvedka ishlari olib borilgan. [2]
O„zbekistonlik geologlar tomonidan Yevrosiyoda yirik hisoblangan shtokverk tipli oltin koni
(Muruntov) topilgan. Shu kungacha 50 ta oltin koni aniqlangan bo„lib, ular, asosan, 3 ta:
Qizilqum, Nurota-Samarqand va Toshkent oldi geologik- iqtisodiy rayonlarda joylashgan.
Respublika g„arbida Sulton Uvays tog„i va janubiy hududlardagi istiqbolli obyektlarda geologik-
razvedka ishlari olib borilmoqda. Oltin zaxiralari asosida Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya
kombinatlari, Marjonbuloq, Angren va Chodak oltin ajratib olish fabrikalari ishlab turibdi,
Chormiton fabrikasi qurilmoqda.[4]
Mamlakatda, umuman olganda, 26 ta kumush koni aniqlangan bo„lib, asosan, Qizilqum va
Chotqol-Qurama regionlarida to„plangan. Sanoat ahamiyatidagi O`qjetpes, Kosmanachi,
Qalmoqqir, Dalniy, Uchquloch, Xondiza, Qo„shbuloq, Oqtepa konlari muhim hisoblanadi.
Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlarida kumush yo„ldosh qo„shimcha element
sifatida ajratib olinadi.
O„zbekiston Respublikasi misning razvedka qilingan zaxirasi va qazib olish bo„yicha Markaziy
Osiyo mamlakatlarida yetakchi o„rinni egallaydi. O„zbekiston hududida yuzlab mis konlari
aniqlangan. Ularning 12 % i Janubiy Tyanshan, 80%i O„rta Tyanshan, 8% i Hisor burmali
Do'stlaringiz bilan baham: |