Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 17; 47 ]
188
TILNING PAYDO BO„LISHI
Reja:
1.
Til qanday paydo bo„lgan?
2.
Tilning paydo bo„lishida biologik va ijtimoiy aspekt.
3.
Tilning paydo bo„lishi haqidagi turli nazariyalar, ularning talqini
va ilmiy asosi.
Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar
Tilning kelib chiqish muammosi, “til~ong~jamiyat” mushtarakligi,
avstralopiteklar davri, paleantroplar davri, hozirgi zamon kishilari
bosqichi, biologik aspekt, ijtimoiy aspekt, ovozga taqlid nazariyasi,
undov nazariyasi, mehnat qiyqiriqlari nazariyasi, imo-ishoralar
nazariyasi, ijtimoiy kelishuv nazariyasi, dialektik materializm qarashlari,
ilmiy farazlar.
Til qanday paydo bo„lgan, degan savolning javobi qadim
zamonlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bu jumboqning yechimi
juda murakkab bo„lib, uni inson nutqining paydo bo„lishi masalasi bilan
tenglashtirib bo„lmaydi. Yuqoridagi savol faqat tilshunoslik fanigagina
tegishli bo„lib qolmay, bu muammo antropologiya, psixologiya,
etnografiya kabi o„nlab fanlarning ham o„rganish obyektidir. Hozirgacha
yer yuzida umuman bashariyatga xos bo„lgan tilning qachon, qanday
paydo bo„lganligi, dastlabki tillardagi so„zlar, uning leksik, sintaktik,
morfologik, semasiologik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal
qilingan emas va hal etilishi mumkin ham emas. Tilning paydo bo„lishi
bilan ayrim aniq tillarning yoki til oilalarining paydo bo„lishi
masalalarini aralashtirmaslik lozim. Hozir yer yuzida mavjud bo„lgan
millat, elatlarga tegishli jonli tillarning, ba‟zi bir o„lik tillarning ham
kelib chiqish tarixi o„rganilgan, o„rganilmoqda. Bu u qadar qiyin masala
emas. Chunki ba‟zi bir muayyan tillar va shi tillarga qardosh bo„lgan
tillar turli davrlarda, har xil shart – sharoitlarda, bilvosita va bevosita
sabablarga ko„ra paydo bo„lgan.
“Til~nutq~nutq sharoiti” aspektida olib borilgan uzoq yillik
tadqiqotlar samarasiga tayangan holda komil ishonch bilan ayta
olamizki, tilning paydo bo„lishi ong va jamiyatning paydo bo„lishi bilan,
189
qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bo„lishi bilan uzviy
bog„liqdir. Ilmiy gepoteza(taxmin)lar odamning paydo bo„lish
evolyutsiyasi va jamiyatning shakllanishini uch bosqichga bo„lib
ko„rsatadi:
1.
Yuqori darajada taraqqiy etgan avstralopiteklar davri. Bu
bosqichda ilk ibtidoiy odamlar ikki oyoqlab yurishga o„tib, tayoq,
tosh,suyak parchalaridan qurol sifatida foydalanganlar. Bu bizdan ikki –
uch million yil oldingi davrga to„g„ri keladi.
2.
Paleantroplar bosqichi. Bu davrda paleantroplar, ya‟ni eng
qadimgi odamlar sun‟iy qurollar, turar joy tayyorlaganlar, yirik
hayvonlarni jamoa bo„lib ov qilish bilan shugullanganlar. Bu bizdan
taxminan bir million yillar oldingi davrga to„g„ri keladi.
3.
Hozirgi zamon kishilari bosqichi. Ilmiy taxminlar bu davr 40-50
ming yillar oldin paydo bo„la boshlaganligini ko„rsatadi. Chamasi, bir
million yillar avvalgi eng qadimgi odamlar uzoq va murakkab jarayon
davomida insonga xos biologik hamda sotsial xususiyatlarga ega bo„la
boshlaydilar. Aniq nutq ularga hayvonot dunyosidan ajralish, jamiyat
bo„lib uyushish, uyushgan holatda mehnat qilish hamda tafakkurning
rivojlanishiga turtki bo„ladi.
Tilning paydo bo„lishi uchun faqat biologik zaminlargina emas,
jamiyatning paydo bo„lishi ham nihoyatda zarur edi. Antropologiya
(odam hamda irqning kelib chiqishini o„rganuvchi fan), arxeologiya
(tarixiy dalillar va madaniy yodgorliklar asosida odamning o„tmish
tarixini o„rganuvchi fan) fanlarning uzoq davrlardan beri olib borayotgan
tekshirishlari, ilmiy izlanishlari natijasida kishilik tarixi ikki davrdan
iborat degan fikrga kelingan. Bular – tarixgacha bo„lgan davr va tarixiy
davr. Tarixgacha kishilarning ibtidoiy jamoa bo„lib yashashi ya‟ni
kishilik jamiyatining shakllanish, tiklanish, uyushish davridir.
Ibtidoiy kishilar jamoasi sotsial-biologik organizm bo„lgan. Ularda
instinktiv mehnat qobiliyati rivojlangan bo„lib, asosan, tabiatdagi tayyor
narsalardan foydalanganlar. Instinktiv mehnat ong va tilning paydo
bo„lishi uchun shart – sharoit yaratgan. Olimlarning faraz qilishicha,
mehnat, ibtidoiy mehnat qurollarini yasash inson tana a‟zolarini asta –
sekin, juda uzoq muddatli tabiiy jarayonda takomillashtirib, til va
tafakkurning rivoj topishida beqiyos rol o„ynagan. Albatta, dastlab paydo
190
bo„lgan til va nutqni bizning tilimizga yoki nutqimizga aslo tenglashtirib
bo„lmaydi. Ehtimol, dastlabki tilda har biri alohida narsani, harakatni
yoki holatni bildiradigan so„zlar bo„lmagandir; o„sha davrdagi tilga xos
so„zlar butun boshli voqea - hodisani ifodalagandir. O„sha davrda
insonning tovush chiqaradigan a‟zolari hozirgidek takomillashmagani
uchun nutqda dastlab paydo bo„lgan so„zlarning talaffuzi aniq
bo„lmagan. Demak, mehnat qilish, mehnat qurollarini yasash jarayonida
odamlar jamoasi borgan sari uyushib boradi, natijada kishilik
jamiyatining ilk ko„rinishlari vujudga keladi. Hayvonot dunyosidan
ajralib chiqqan odamlarda jamoa bo„lib mehnat qilish jarayonida bir –
birlariga nimadir deyish ehtiyoji tug„iladi. Ana shu zaruriy ehtiyoj tilning
yaralishiga sabab bo„ladi. Til bilan bir paytda tafakkur ham paydo
bo„ladi. Demak, uch omil -“mehnat~til~tafakkur” bir – biriga ta‟sir etib,
ularning rivoj topishiga sabab bo„lgan. Ijtimoiy mehnat natijasida
nihoyatda katta (kuchli) zaruriy ehtiyoj talabi bilan til nutq a‟zosi sifatida
va miyaning asta – sekin takomillasha borishi biologik jihatdan
xarakterlansa, til va tafakkurning paydo bo„lishi, tasavvurning, fikrning
nutqda voqelana olishi ijtimoiylik, ya‟ni kishilik jamiyati bilan uzviy
bog„liqdir.
Inson tovush tili tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqdi. Tovush
tili esa tafakkursiz mavjud bo„la olmaydi. Ma‟lumki, tafakkurda bor
narsa tilda aks etadi, tilda bori esa nutqda voqelanadi. Ayni paytda
miyada paydo bo„ladigan har qanday oddiy tushuncha ham til orqali
nutqqa ko„chmas ekan, ya‟ni nutq tovushlari, so„zlar orqali ifodalanmas
ekan, bunday tushuncha o„zicha hech kimga, hatto fikr qiluvchining
o„ziga ham ma‟lum bo„lmaydi. Qisqasi, tilsiz tafakkur, tafakkursiz til
mavjud emas.
Ko„rinadiki, ilmiy taxminlarga ko„ra, tilning paydo bo„lishi, bir
tomondan, kishilik tanasining evolyutsiyasi bilan, ikkinchi tomondan,
ibtidoiy jamoaning jamiyatga aylanishi bilan bog„liq
bo„lgan.
Hozirgacha tilning paydo bo„lishi haqida turli nazariyalar yaratilgan. Har
bir nazariyada bu masalaga turlicha yondashiladi. Quyida ularning
ba‟zilari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |