145
"
Tugmang tushdi
" va "
Belbog„ni tugmang
" gaplaridagi "
tugma
"
so„zida urg„u
har ikki holatda ham
"a"
tovushiga tushadi.
Hozirgi tilshunoslikda grammatik ma‟noni alohida til hodisasi
sifatida o„rganish endi boshlandi. Shu kungacha grammatik ma‟no
grammatik
shaklning
bir
tomoni
sifatida
o„rganilib kelindi.
Grammatik ma‟noni ifodalashning rang - barang usullarini ko„rib
o„tgach, biz ayta olamizki, ayni bir grammatik ma‟no xilma-xil vositalar
bilan ifodalanishi mumkin. Chunonchi, son ma‟nosi o„zbek tilida
affiksatsiya 0/-
lar
, ya‟ni birlik/ko„plik
son shakllari paradigmasi
doirasida ko„rib chiqilgan. Son shakllarining ma‟nosi deganda mana shu
ikki
morfema
nazarda
tutilgan.
Tilimizda
son
ma‟nosining
ifodalanishi yana boshqa vositalar orqali ro„yobga chiqadi. Chunonchi,
ko„plik ma‟nosi takror, juft so„zlar bilan ham, birlik ma‟nosi juz‟iy
reduplikatsiya (takror) yoki so„z- so„zsimon
(kitob - mitob, non -
pon, meva - cheva)
bilan ham ifodalanishi mumkin.
Hozirgi fanimizda son ma‟nolarining o„xshashlik va
farqli
tomonlari, shuningdek,
"Kitobni akam uchun oldim"
va
"Kitobni
akamga deb/ atab oldim"
kabi hosilalar orasidagi ma‟no
farqlari
deyarli o„rganilmagan. Ya‟ni ayni bir ma‟noni turli xil vositalar bilan
ifodalash yo„llari fanimizning o„rganilmagan muammolari sirasiga
kiradi. Bularni tadqiq qilish bugungi kunning vazifasidir.Quyida
shunday izlanishlardan namuna keltiramiz.
Aslida, gnosseologik (bilish) nuqtai nazardan materiyaning yashash
shakli, hodisalarning izchil almashinish tarzi
sifatida tadqiq qilinadigan
zamon (payt) ma‟nosining lisoniy tizimda voqelashish hodisasi tilning bu
kategoriyani yuzaga chiqarish imkoniyatlari keng,
rang-barang
ekanligini dalillaydi. Bu tillararo xususiyatlarni, xususan,
ingliz va
o„zbek tillaridagi payt ma‟nosini ifodalashning lisoniy vositalarini
tekshirganda yanada yaqqol ko„rinadi. Zamon (vaqt, payt) tushunchasini
payt grammatik ma‟nosi, mazkur kategoriyani yuzaga chiqaruvchi usul
va vositalarni esa payt ma‟nosini ifodalovchi grammatik vositalar deb
hisoblaymiz. Ingliz va o„zbek tillarida payt ma‟nosini
ifodalash lisoniy
hodisasidagi tillararo uyg„un, o„xshash xususiyatlarni- umumiy (integral)
belgilar, o„ziga xos xususiyatlarini esa farqlovchi (differensial,
oppozitsion, zid ) belgilar sifatida tekshiramiz. Payt ma‟nosining
146
qiyoslanayotgan tillarda yuzaga chiqish imkoniyatlarini quyidagi
jadvalda umumlashtirishga harakat qilamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: