Volume: 02 Issue: 04 | 2022
ISSN: 2181-2624
www.sciencebox.uz
Analytical Journal of
Education and Development
57
SON SO’Z TURKUMINING INSON TAFAKKURI SHAKLLANISHIDAGI
O’RNI.SON SO’Z TURKUMI PARADIGMASI
Buriyeva Shaxnoza
Termiz davlat universiteti talabasi.Termiz, O’zbekiston
Annotatsiya: Ushbu maqolada son so’z turkumining shakllanish jarayoni, uning turkiy til
tarixida tutgan o’rni tahlil qilingan. Shuningdek , maqolada eski turkiy til davridagi son so’z
turkumining hozirgi o’zbek tilida qanday o’zgarishlarga uchragani va inson tafakkuri
shakllanishiga qay darajada ta’sir ko’rsatgani to’g’risida mulohaza yuritiladi.
Tayanch so’zlar: Aristotel, Dionisiy, ism, qadimgi turkiy til, kasr son, numerativ, sinyar.
Son so’z
turkumi bugungi shaklga yetib kelgunga qadar bir necha
tarixiy davrlarni yashab
o’tgan. Dastlab so’zlarni turkum sifatida o’rganish va ularni tasniflash muhim ahamiyat kasb
etgan. Mil. av. 4-asrda Aristotel so’z turkumlarini 7 ga, mil. av. 5-asrda hind tilshunoslari Yaska,
Paninilar esa 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, mil. av. 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar
frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik
asoslarda 8 ga (ot ,ism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bogʻlovchi) boʻlganlar.
Bunda son so’z turkumi ismlar guruhi tarkibida o’rganilgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi
maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa
mustaqil so’zlarni "
ism"
termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (o’rta asrlar va 19—20-
asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha
tasniflar amalga oshirilgan
bo’lsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan.
Hozirgi o’zbek tilida esa son so’z turkumi mustaqil so’z turkumi sifatida o’rganiladi. Sonning
umumiy grammatik ma’nosi
predmetlarning sanog‘i va asosan aniq miqdori uchun ishlatiladigan
so‘z hisoblanadi. Sanaladigan predmet uchun ishlatilganda ularning sanoq va miqdorini
anglatadi. Son so‘z turkumi sifatida predmet ifodalovchisi bilan munosabatga
kirishib, shu jihati bilan sifat va ravish turkumiga yaqin turadi. Son so’z
turkumini paradigma
sifatida o’rganar ekanmiz ,avvalo,uning qadimgi turkiy tildagi va hozirgi o’zbek adabiy tili
orasidagi o’xshash va farqli tomonlarini tahlil qilishimiz joizdir. Bunda ayniqsa, son so’z
turkumining hozirgi o’zbek adabiy tilidagi deyarli barcha shakllari necha
yillik tarixiy jarayon
natijasida sayqallanib shu ko’rinishga kelganini unutmaslik lozim. Masalan, eski turkiy tilda ham
sonning barcha turlari: sanoq son, jamlovchi son, dona son,
chama son taqsim son ,kasr son
mavjud bo’lgan.Farqli jihati bu sonlarning o’ziga xos ifodalanish turlari va shakllari mavjud
bo’lib, ularning ko’pi bugungi kungacha tilimizda saqlanmagan.
Dastlab sanoq sonlarni tahlil qilar ekanmiz, qadimgi sanoq sistemasi hozirgidan deyarli farq
qilmagan.
Bir- 1
on -10
yu(u)z-100
Iki -2
yigirmi -20 min-1000
Yc -3
ottuz -30
tuman- 10 000
Tort -4
qirq -40
lak -100 000
Bes -5
elli -50
yuz tuman-1 000 000