43
Ejaka laqabi: “Meglik ejaka qo’niqqimor uruqindin erdi.
Meglik otasi
qo’yg’an oti. Mo’g’ul otani ejaka der. Masalan, Hakim ota, Sayid ota. Meglik
mo’g’ulning aziz kishi erdi. Aning uchun ejaka der erdilar.”
Asarda Chingizxon, kuluk, qorachiman, biyim, chig’iriq, chechan, qaljov,
rishov, toyshi, dug’lon kabi ko’pgina laqablar ma’nosi talqin qilingan.
Etnonimlar xalq tarixi va tili uchun qimmatbaho material hisoblanadi.
“Shajarayi turk”da uchraydigan etnonimlar lug’aviy tarkibiga ko’ra ikki xil:
1. Yakka holda uchraydigan etnonimlar: mang’it, qatag’on, chiychut, qiyot,
turk, uyg’ur, o’zbek, qozoq.
2. Tarkibida izohli so’zlar bo’lgan etnonimlar. Bunda etnonimlar urug’, el,
xalq so’zlari bilan birgalikda keladi: ildurkin urug’i, yosut urug’i, budat urug’i,
ungut eli,
qarluq eli, uyg’ur eli, qaniqli eli, tatar xalqi, Tibet xalqi,
jaloyir xalqi
kabi.
“Shajarayi turk”da ishlatilgan etnonimlarning ko’pchiligi aslida (tarixan
ham) xalq el, urug’ yoki nasab ma’nolarini bildiruvchi so’zlar bo’lgan. Muallif
ularning tarixan qanday ma’noda paydo bo’lgani haqida ma’lumot bermaydi.
Lekin, ayrim etnonimlarning aslida kishi nomlari bilan bog’liqligi, biror-bir tarixiy
shaxs nomidan kelib chiqqanligi haqida fikr-mulohazalar bildiradi.
Cho’rliq merganning bir o‘g‘li bor erdi qo’ng’irot olti. Barcha qo’ng’irot eli
aning nasli tururlar. Yana: Alqanut qubayshiraning ikki o’g’li bor erdi. Ulug’ining
oti Inkiros va kichigining oti Alqanut. Ikki urug’ ushbu ikkisining nasli tururlar.
Tusbudayning ikki o’g’li bor erdi. Avvalg’ining oti qoranut. Barcha qoranut eli
aning nasli tururlar. Aning ikki o’g’li bor edi. Ulug’ining oti qurlas. Barcha qurlas
urug’i aning nasli tururlar. Kichigining oti Elchikin. Barcha Elchikin urug’i aning
nasli tururlar. Kichigining oti Elchikin. Bu vaqtda ani o’ymavut deb tururlar.
Barcha o’rmovut ul kishining nasli tururlar. Bir Do’rmonning uch o’g’li bor edi.
Ulug’ining oti Barin. Barcha Barin eli aning nasli tururlar. O’g’longa Suqut ot
qo’ydilar. Qayon avlodina Qiyot tedilar. Elxonning o’g’lini Qayon derlar erdi.
Qiyot Qayonning jam’i turur.
44
“Shajarayi turk” tilida uchraydigan etnonimlarning
ayrimlari laqablardan
kelib chiqqan. Ular: Chalchut eli. Ikkinchisining oti Busqun Chalchi. Chalchut eli
aning nasli turur. Qatag’on eli: Alonquva ucham er o’g’il topdi. Avvalg’ining oti
Bukun qatag’on. Barcha qatag’on eli aning nasli turur. Dug’lon urug’i:
Sakkizlanchi o’g’lining oti Buljar duglan. Barcha dug’lan urug’i aning nasli
bo’lurlar.
Abulg’ozi o’z va o’zlashma qatlamga mansub bir qator etnonimlarning
ma’nolarini izohlagan. Bunday izohlar ko’p holda ilmiy jihatdan munozarali
bo’lsa-da, nomlarni talqin etish va tushunishning bir ko’rinishi
sifatida diqqatga
molikdir. “Shajarayi turk”da o’z ifodasini topgan bunday nom va atmalarning
ko’pchiligi tiliga mansub.
Bunday etnonimlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
1) mo’g’ul tiliga xosligi eslatib ma’nosi sharhlagan etnonimlar:
2) mo’g’ul tiliga xosligi eslatilmay ma’nosi sharhlagan etnonimlar.
Mo’g’ul tiliga xosligi eslatilib, ma’nosi sharhlagan etnonimlarga quyidagilar
kiradi. Do’rmon (eli): “Mo’g’ul to’rtni do’rmon der. Yot el bu yigitlarga do’rmonli
teb nom qo’ydilar. “Esugayning besh o’g’li balki naslining ko’prag’i oq sari,
ko’zlar ashhol bo’ldi. Bo’g’ul asholni burchig’in der. Aning uchun Esugay
Bahodirxonning naslini burchig’in qiyot tedilar”. Kilgir eli: “Kishiningki tilinda
kamligi bo’lsa, turk xalqi bo’ltak ter. Mo’g’ul kulgi der.
Bu kishing tilining
kamligi bor edi. Aning uchun Kilgit tedilar. Barcha Kilgit eli ul kishining nasli
tururlar”.
Mo’g’ul tiliga xosligi eslatilmay, ma’nosi sharhlangan etnonimlarga
quyidagilar kiradi. Barlos eli: “Aning o’g’lining oti Erdamchi barlos. Barcha barlos
eli muning nasli tururlar. Barlosning ma’nosi sipohsolar temak bo’lur. Turkiysi
chirik boshlab yuriyturg’an kishi”.
Arlat eli: “Aning ma’nosi otaning sevar o’gli temak bo’lur.
Arlat bir
kishining oti turur. Ani otasi ko’p sevar erdi. Aning uchun Arlat tedilar. Barcha
Arlat eli aning nasli tururlar”. Ba’zi asli mo’g’ulcha bo’lgan etnonimlarning
mo’g’ulcha ekani eslatilmaydi, ammo ma’nolari izohlanadi: Ildirkin, badoy,
45
qishliq, sava, tumat, market, toyjut, ungut, kirayt, chayjut, ertegin, uyrat, o’qlon,
inkiros, alqonut, barin, suqut va boshqalar.
Keltirilganlardan tashqari asarda quyidagi etnonimlarga
ham turli darajada
izohlar berilgan: buzuq, uch o’q, to’qqiz uyg’ur, o’n uyg’ur, turqaq, qaloch (xoloj),
niyrun, qayon, qiyot, qo’niqqimar, alqanut, inkiros, qaranut, qurlos, o’rmonvo’t,
qo’ng’irot, buqun, buzqun, arlat, kilgit, uyshun, sulduz va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: