39
3. Urug’, qabila yoki xalq nomi (etnomlar) bilan birgalikda kelgan ismlar:
Turumchi turkman, Hofiz qo’ng’irot, Edigey mang’it.
4.
Turli xil mansab, unvon nomlari bilan birga kelgan ismlar: Sherg’ozi
Sulton, Zuhra Xonim, Temur Ko’ragoniy.
5. Kishini ota tomonidan nomlashning arabcha shakli: qozon Sulton bin
Yasur bi o’rak Temur bin Bug’a Temur bin qudag’oy bin Buzay bin Mutokon bin
Chig’atoy, Sottibek xotun binti Sulton Muhammad kabi.
6. Laqablar: Buyruq, Gurxon, Qo’niqqimor, Chingiz, G’oyirxon, Sulton
G’iyosiddin (Barofxon laqabi), Eson Bug’a, Shayx Hasan Buzurg (Shayx Jaloyir
laqabi), Ichon, Xo’jagum tentak va boshqalar.
“Shajarayi turk” tilida turkiy xalqlarning qadimiy tarixidan tortib to XVII
asrgacha bo’lgan ismlarining namunalari mavjud. Bu nomlarni nom egasi bo’lmish
shaxslarning real, tarixiy shaxs ekanligi yoki afsonaviy ekaniga ko’ra
ikkiga
bo’lish mumkin:
1. Tarixiy, ya’ni real shaxslar nomi: Turk, Kuyukxon, Chingizxon, Temur
Malik, Yodgorxon, Jonibekxon, O’zbekxon;
2. Afsonaviy shaxslarning nomlari: Jabroil alayhissalom, Mikoil
alayhissalom, Nuh, Mahloyil, Xom, Som kabilar.
Asar tilidagi antroponimlarni genetik xususiyatiga ko’ra turkiy ismlar,
mo’g’ulcha ismlar, arabcha ismlar,
forscha ismlar, qadimiy yahudiycha ismlarga
tasniflash mumkin.
“Shajarayi turk”dagi nomlarning aksariyati qismini qadimiy turkiy va
mo’g’ulcha nomlar tashkil qiladi. Bu ismlar ikki guruhga ajratiladi: turkiy ismlar
va turkiy hamda mog’ul tillari uchun mushtarak bo’lgan ismlar. Keyingi guruh
ismlar
antik jihatdan ham turkiy, ham mo’g‘ul bo’lgan kishilarning atoqli oti
sifatida uchraydi, ya’ni shaxs mo’g’ul bo’lgani holda ismi turkiydir. Bunday
nomlar Chingiz avlodlarning atoqli otlari orasida mavjud: Kuchluk, Ko’kcha,
Temurtosh, Menglixo’ja, Yulduz, Elxon, Tengizxon, Manglayxon, Oyxon,
Qoraxon, Erkaqora, Boytemir, Temurxon va boshqalar.
40
Sof turkiy ismlar ma’nosi
umuman olganda tushunarli, asos leksemlari
aksariyat holda hozirgi turkiy tillarda funksional bo’lgan lug’aviy birliklardir:
Turk, Sevinchxon, Qoraxon, Kun, Oyxon, Yulduzxon, Ko’kxon, Tog’xon,
Tengizxon, Elxon, Tug’rul, Boytemir,
Mongu qoon, Otsiz, To’ktabegi, Menglik,
Qishliq, Qilichqora, Arslon, Qoracha Hojib, Bormas, Turkon Xotun, Toshtemir,
Qutluqqiyo, Temurbiy, To’xtamishxon, O’rusxon,
Sottibek Xotun, Berdibekxon,
Bayram o’g’lon, Kuntug’or Bahodir, Esh, Chiqibli Pahlavon, Yo’linboy,
Turumchi, Otaboy, Eshimbiy, Sari o’g’lon Tangriberdi, Tursunxon va boshqalar.
“Shajarayi turk”da ba’zi turkiy ismlarning qo’yilish sababi va ma’nosiga doir
Abulg’ozining Bahodirxon talqinlari uchraydi. Ushbu
talqinlarni muallif bergan
izohga ko’ra ikkiga bo’lish mumkin: 1) Nom turkiy ekanligi aniq ko’rsatilgan
ismlar: 2) Nom turkiyligi Abulg’ozi tomonidan aniq ko’rsatilmagan, ammo aslida
turkiy bo’lgan ismlar.
Birinchi turkum, ismlarga Abulg’ozi izohlagan quyidagi nomlar keltirish
mumkin: Uyg’ur “Uyg’ur turkiy tili turur, ma’nosi barcha ma’lum turur,
yopishg’ur ma’nosida turur. Ayturlar sut uyudi. Sut ekaninda bir-biridin ayrilur
erdi. Qattiq bo’lg’ondin so’ng bir-biriga yopish turur”.
Do'stlaringiz bilan baham: